Mavzu: O'zbekiston respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo'yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati reja


O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaror va davlat dasturi Konsepsiyasi


Download 83.5 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1211458
1   2   3
Bog'liq
6 MAVZU

O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaror va davlat dasturi Konsepsiyasi
1999 yil 27 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror va O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturi konsepsiyasi qabul qilindi3.
Ushbu qaror jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi Farmonini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturi konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dasturda jismoniy tarbiya va sportga millatning umumiy madaniyatining ajralmas qismi, mamlakatning har bir fuqarosining jismoniy va axloqiy kamolotga etishini, kasalliklarning oldini olish va ularni bartaraf etishni ta’minlashning asosi sifatida qaraladi.
Quyidagilar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari etib belgilandi:
xalqning salomatligini mustahkamlash, mehnat samaradorligini oshirish va ijodiy faollikni uzaytirish, odamlarning kasallanishi darajasini pasaytirish;
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
aholining o‘z jismoniy rivoji masalalariga bo‘lgan dunyoqarashini o‘zgartirish;
“Sog‘lom avlod uchun” dasturini amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining rolini ko‘tarish;
jinsi va yoshiga ko‘ra aholining jismoniy tayyorligi darajasining maqsadli dasturlari va me’yoriy talablarini ishlab chiqish;
qishloqda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, kasalliklarning oldini olish va sport ishlarini yaxshilash;
milliy o‘yinlarni, sport musobaqalari va turlarini aholini jismoniy tarbiyalash tizimiga joriy etishni, muvofiqlashtirilgan jismoniy tarbiyani rivojlantirishni ta’minlash;
qishloq joylarda yoshlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida milliy sport turlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimida jismoniy tarbiya-sport omilini yangi pog‘onaga ko‘tarish;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport klublari, shu jumladan ularning aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi shoxobchalarini shakllantirish;
jismoniy tarbiya va sportni ilmiy jihatdan ta’minlash tizimini yaratish;
o‘quv-mashq jarayonining zamonaviy usullarini joriy etish;
sport zaxiralarini tayyorlash shoxobchalarini kengaytirish;
sport mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlikni, marketingni hamda jismoniy tarbiya-sport xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish;
jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ularning texnologik, ilmiy-texnikaviy va axborot bilan ta’minlanish darajasini oshirish;
tarmoqni isloh qilishning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
aholida olimpiya harakati to‘g‘risidagi bilimlarni, kichik yoshidan boshlab keksaygunigacha jismoniy mukammallikka bo‘lgan ongli ehtiyojni shakllantirish;
mamlakat sportchilarini Olimpiya o‘yinlariga, Osiyo o‘yinlariga, Markaziy Osiyo va Butunjahon o‘smirlar o‘yinlariga tayyorlashni hamda ularning mazkur o‘yinlarda muvaffaqiyatli qatnashishlarini ta’minlash.



  1. Download 83.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling