Mavzu: O’zbekiston respublikasi mahalla va nuroniylarni qullab quvvatlash vazirligi. Kirish. Reja
Download 28.35 Kb.
|
1 2
Bog'liqO’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAHALLA VA NURONIYLARNI QULLAB QUVVATLASH VAZIRLIGI1
Asosiy qism
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. 2. Vazirlik nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, mahallalar bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) bo‘ysunadi. 3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 4. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 6. Vazirlik, uning tizimiga kiradigan hududiy bo‘linmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi. 7. Vazirlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, qisqartirilgan nomi — Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Ministerstvo po podderjke maxalli i starshego pokoleniya Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministerstvo po podderjke maxalli i starshego pokoleniya; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Ministry of Support of Mahalla and older generation of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministry of Support of Mahalla and older generation. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: Vazirlikning markaziy apparati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar); tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) bo‘limlari); “Mahalla” va “Nuroniy” gazetalari tahririyati; “Mahalla ko‘zgusi” va “Keksalik gashti” jurnallari. 10. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradi. Tuman (shahar) bo‘limlari tegishli hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradi. “Mahalla” va “Nuroniy” gazetalari, “Mahalla ko‘zgusi” va “Keksalik gashti” jurnallari Vazirlikka hisobot beradi. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; mahallalarning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish; nuroniy va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish; nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan, hududlarda, ayniqsa, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtirib borish; o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish; fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish. 12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida: jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mahallalarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bo‘yicha mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashadi; mahallalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, sudlarga ularning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizalari, davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) to‘g‘risida shikoyatlar taqdim etadi; mahallalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mahallalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlashga ko‘maklashadi; mahalla xodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilish va tadbirlarga jalb qilish, faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash taqiqlanganligi haqidagi talabning amalda ijro etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi; mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va tadbirkorlikka ixtisoslashuvidan kelib chiqib aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi; mahalla instituti sohasida amaliyotni o‘rganish hamda tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi; idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini tahlil qiladi, muvofiqlashtiradi, mazkur tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ularning samarali ishlashini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda o‘z tashabbusiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi; faoliyatning belgilangan sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi; idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga mahalla instituti bilan bog‘liq normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi; vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruv organlari mahalla instituti bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, rivojlantirish dasturlari loyihalarini kelishadi; o‘z vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishiga har tomonlama ko‘maklashadi, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahallalar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatadi; b) mahallalarning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish sohasida: jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar mustahkamligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazishda, fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; mahallalar tomonidan tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, ekin maydonlaridan samarali foydalanilishi va yerlarni muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga metodik va amaliy yordam beradi; mahallalarning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mahallaning ilg‘or tajribasini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish choralarini ko‘radi; aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” prinsipi asosidagi hamkorlik tizimini samarali joriy qilish va takomillashtirib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mahallaning joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan, mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritishning samarali mexanizmlari yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashadi; har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining mahallalar faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish, mahallalarning fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar to‘g‘risidagi bayonnomalarini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish, ular tomonidan bu bayonnomalarning hisobini yuritish, mahallalarning qarorlari va murojaatlari ko‘rib chiqilishi yuzasidan nazoratning amalga oshirilishini ta’minlaydi; har chorakda kamida bir marta mahalla raisining, uning maslahatchilarining, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislarining, shuningdek, hududdagi ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini, tegishlicha oilaviy poliklinikalarning, oilaviy shifokor punkti rahbarlarining axborotlarini eshitish tizimini ta’minlashga ko‘maklashadi; mahallalar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda ularning natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bevosita yordamlashadi; mahallalar tomonidan jamoatchilik nazoratining qonunchilik hujjatlarida belgilangan shakllarda amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, murojaatlar yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘radi; joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahallalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillarini “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi; ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda mahallalarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqib moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; mahallalar bilan yaqin hamkorlikda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlaydi; v) nuroniy va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish sohasida: jamiyatda milliy qadriyatlarni rivojlantirish, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka, marosimlar o‘tkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va an’analarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etishda mahallalarga ko‘maklashadi; keksalarning hayot darajasini yuksaltirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi va davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi; yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish borasida mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash choralarini ko‘radi; mahallalarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlaydi; vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlardagi “Faxriylar kengashlari”, mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi ishtirokini kengaytiradi; keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi; mahalla raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi; nuroniylar tashabbusi va tajribasidan keng foydalangan holda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mahallalarning dasturlari qabul qilinishini ta’minlaydi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mahallalarda keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy va sog‘lomlashtirish tadbirlari, maxsus sport musobaqalari, shuningdek, yozuvchilar, san’atkorlar, rassomlar va boshqa ijod ahli vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar, “uch avlod uchrashuvlari”ni tashkil etadi; mahallalarda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini ta’minlashga keksa avlod vakillarini jalb etish ishlarini tashkil etadi; ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalardagi keksa avlod vakillari uchun mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etilishiga ko‘maklashadi; 1941-1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini, zarur kiyim-kechak va poyabzallarni xarid qilish va yetkazib berish ishlarini amalga oshiradi; O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlash, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy faoliyatida faol ishtirok etayotgan keksalarni I, II va III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi; g) nuroniy va keksalarni ho‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan, hududlarda, ayniqsa, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtirib borish sohasida: ijtimoiy hamjihatlik va adolatlilik tamoyillari asosida keksa avlod vakillarining hayot sifati va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chora-tadbirlar ishlab chiqadi; nuroniy va keksalarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, keksa avlod vakillarining faol uzoq umr ko‘rishini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshirishga ko‘maklashadi; keksa avlod vakillarining tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirishga ko‘maklashadi; keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida mahallalarning davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash choralarini ko‘radi; “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qiladi; keksa avlod vakillariga o‘z vaqtida, manzilli va samarali ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, ularga sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, ta’lim, madaniyat va transport tizimlaridan keng foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi; olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi monitoringini yuritadi va bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib boradi; keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosining nazoratini, ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash sohasida tegishli davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini ko‘radi; keksa avlod vakillarining kafolatli ijtimoiy va moddiy ta’minotini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiradi; zamonaviy iqtisodiyotda keksa avlod vakillarining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirib borishga sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; d) o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarni ijtimoiy va moddiy ho‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish sohasida: mahallalar bilan birgalikda oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, yolg‘iz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi; o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga nisbatan g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratadi, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘taradi; yolg‘iz keksalarni aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga ko‘rsatiladigan uy-joy-maishiy hamda boshqa yashash sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan moddiy yordamni kengaytiradi; yolg‘iz keksalarni davolash, tizimli sog‘lomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish, ularga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirishga ko‘maklashadi; o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarni sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini oshiradi, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini ko‘radi; e) fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ma’muriy binolarini namunaviy loyihalar va ularga qo‘yilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash), shuningdek, ular zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet jahon axborot tarmog‘i bilan jihozlanishini ta’minlash choralarini ko‘radi; “Mahalla elektron ma’lumotlar bazasi”ni takomillashtirish hamda tegishli idora va tashkilotlarning mavjud axborot tizimlari bilan integratsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarida, shuningdek, mahallalarda hujjatlarni elektron boshqarish axborot tizimini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi; mahalla tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va bu borada aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: Vazirlikka yuklangan vazifalar respublika miqyosida samarali bajarilishini ta’minlash; mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, mahallalar hamda nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash; Vazirlik hay’ati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining (keyingi o‘rinlarda — Vazir) buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-axloq hamda ma’naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi ilg‘or xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni o‘rganishni tashkil etish, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlashni yanada rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish; jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini samarali ta’minlash, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish; mahalla va nuroniylarning qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli dasturlar, dasturiy-metodik va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish; mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish hamda ilg‘or xorijiy tajriba va ilmiy-texnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni o‘rganish, sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish hamda xalqaro seminarlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar o‘tkazilishini tashkil etish; hududlarda mahalla raislari tomonidan aniqlangan aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolar muhokamasini tashkil etishga, tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining bu borada mahalla kengashida axborotini eshitish va ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Vazirlik rahbariyati va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash sohasida xalqaro seminarlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar o‘tkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar o‘tkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash; mahalla raislarining davlat organlari va tashkilotlarining mahallada amalga oshirilgan ishlar natijalari va mavjud muammolar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga ma’lumotlar kiritib borishini tashkil qilish; mahalla raislarining vazifa va funksiyalarini, shuningdek, huquqlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish. 14. Vazirlik markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatidan ta’minlaydi; Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy hamda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi; Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; Vazirlik faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi; Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishning so‘zsiz ta’minlanishi bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etadi; mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mahallalarning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi; manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda mahallalarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash choralarini ko‘radi; mahalla institutini rivojlantirishning mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etish choralarini ko‘radi; mahallalarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi; mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi ishtirokini kengaytiradi; “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qiladi; keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi; mahalla raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi; “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida nuroniylar tashabbusi va tajribasidan keng foydalangan holda mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishni va bajarilishini tashkil etadi; respublika hududida va uning tashqarisida mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash sohasida anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi; Xulosa mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, mahalla tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘radi, ichki audit xizmatini yo‘lga qo‘yadi; nuroniylar va faxriylarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish choralarini ko‘radi; yoshlar ta’lim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash yuzasidan rejalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Foydalanilgan manba: www.lex.uz Www.Tadqiqot.uz www.norma.uz www.Daryo.uz Download 28.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling