Mavzu: Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligini boshqaruv chizmasini ishlab chiqish. Mundarija Kirish i-bob


Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini boshqarishning me’yoriy asosi


Download 188.35 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi188.35 Kb.
#1503406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xurshida

2.3. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini boshqarishning me’yoriy asosi.


Masofadan turib test o‘tkazish tizimi variantlar ishlab chiqiladigan hamda ochqichlar turadigan DTMdagi asosiy server bilan bog‘langan.
Viloyatlar va oliy o‘quv yurtlaridagi kompyuter sinflari bosh server bilan bog‘langan, unda robot-avtomat kompyuter dasturi test topshiriqlari variantlarini ishlab chiqadi va aloqa yo‘li orqali jo‘natadi, so‘ng test natijalarini olib, ularga ishlov beradi va 2—3 daqiqadan so‘ng har bir bitiruvchi test o‘tkazilgan fanlardan olingan ballar bo‘yicha ko‘chirma oladi.
Amalda test seansi va uning natijasi o‘quvchilarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlari darajasini operativ baholash imkonini beradi hamda abiturientlarga o‘tgan yillardagi o‘tish ballarini hisobga olgan holda ixtisos va oliy o‘quv yurtini tanlash imkoniyatini yaratadi.
Test natijalari e’lon qilinganidan so‘ng DTM oliy o‘quv yurtlariga kirolmagan abiturientlarga javob varag‘i, savollar kitobi bilan hamda har bir test bloki bo‘yicha test topshiriqlarini bajarishdagi xatolar bilan tanishish imkoniyatini berib, ular bilan katta ish olib boradi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinishicha, test joriy etilgandan buyon o‘tgan davr ichida DTMning asosiy e’tibori testning maxfiyligini ta’minlashga, test topshiriqlarining variativligini oshirishga va mazmunini takomillashtirishga, butun test jarayonining tashkiliy tartibga keltirilishini, texnika va zaxiralar bilan ta’minlanishini yaxshilashga yo‘naltirildi. DTMning o‘rta maxsus va oliy ta’lim tashkilotlariga abiturient tanlashda test metodidan foydalanishi tegishli bosqichda to‘g‘ri bo‘lgan va o‘zini oqlagandi.
Biroq, kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va modeliga muvofiq isloh qilishning hozirgi bosqichi test sinovlaridan foydalanish metodologiyasi, metodikasi va amaliyotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish uni takomillashtirishni qat’iyan zarurligini taqozo etmoqda.
Test texnologiyasidan foydalanishda oliy ta’lim muassasasiga abiturientlarni tanlash jarayonini takomillashtirish yo‘llari, bizningcha, qanday?
Birinchidan, test sinovlaridan ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilimini baholashning ob’ektiv mezoni va abiturientlarni tanlash metodi sifatida so‘zsiz foydalanish darkor. Biroq, testlarning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurati yetildi. Test topshiriqlarining bir, xildaligi tor yo‘nalishdaliligi savol tug‘diradi, ularning ko‘pi respondentlarning xabardorligiga, xotirasiga mo‘ljallangan. Mantiqiy fikrlash, umumiy intellektual qobiliyatlar orqali javob topishga erishish bo‘yicha topshiriqlar salmog‘i ko‘payishi darkor.
Bundan kelib chiqadiki, test sinovlarini takomillashtirish yo‘llaridan biri — ularning mazmunini tubdan qayta ishlash, materialni taqdim qilishni yangi metodologiya va mantiq bilan to‘ldirish, xotirani baholashga emas, balki mustaqil fikrlashga, individiumning umumta’lim tayyorgarligini baholashga, o‘z nuqtai nazarini ifodalash va himoya qilish imkoniyatiga yo‘naltirilganligi va h.k.
Ikkinchidan, abiturientlar hozirgi tanlash tartibida jarayonlar va hodisalarga o‘z qarashlarini, ular borasidagi fikrlarini (yozma yoki og‘zaki) izhor etish imkoniyatidan mahrumdirlar, bu hol yozma va og‘zaki nutqning, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish qobiliya­tining, fikrlarini bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning, mustaqil ijodiy fikrlashning rivojlanishini jiddiy pasaytiradi.
Shuning uchun (abiturientlarni tanlashning asosiy, biroq yagona bo‘lmagan mezoni bo‘lmish) test sinovlaridan tashqari, ulardan keyin majburiy yozma imtihonni (bayon, insho, diktant tarzida — bu muhokama qilinadigan masala) joriy etish zarur, deb hisoblaymiz.
Bu, bir tomondan, muayyan oliy o‘quv yurtiga abiturientlarni kasbiy yo‘naltirilgan holda tanlashni amalga oshirish, boshqa tomondan esa — ularning tegishli bilim sohalaridagi qobiliyatlarini (bilimlari, malakalari, ko‘nikmalarini) to‘liq ochish imkonini yaratbdi.
Uchinchidan, abiturientlarni faqat test sinovlari natijalari bo‘yicha tanlashning cheklanganligi va TM, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilarining «o‘zlashtirish reytingi» hisobga olinmasligi umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quvchilarni umumta’lim, yaxlit tayyorlashning ahamiya­tini pasaytiradi.
Shu munosabat bilan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish to‘g‘risidagi masalani qo‘yish qonuniy bo‘ladi. O‘quvchilarning bilimlarini «soha fanlari bo‘yicha» takomillashtirishga yo‘naltirilganlik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va modelida belgilangan hamda Davlat ta’lim standartlari bilan qat’iy tartibga solingan «Fanlar asoslari bo‘yicha tizimli bilim olish, bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish, tayanch o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar, mehnat ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash, atrof olamga va kasb tanlashga anglab munosabatda bo‘lishni shakllantirish» to‘g‘risidagi bosh maqsadli ko‘rsatmasini amalda susaytiradi.
Shuning uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishda o‘quvchilarning reytingini hisobga olish amaliyotini qo‘llashni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu muayyan darajada va tegishli shart­larga rioya qilinganda, o‘quvchilar ta’lim dasturlarining yaxlit mazmunini o‘zlashtirishini, Davlat ta’lim standarti bajarilishini ta’minlash imkonini yaratishini alohida ta’kidlaymiz.
To‘rtinchidan, test o‘tkazishni TM, kollej va litseylarga ko‘chirish, ularni yakuniy attestatsiya sinovlari tartibiga kiritish, natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga ularning umumta’lim reytingini ko‘rsatgan holda sertifikat berish masalasini muhokama qilish maqsadga muvofiq. Bu oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishda test o‘tkazish, uni tashkil qilish tartibini, reyting mazmuni va uning natijalarini hisobga olish istiqbolini batafsil ishlab chiqishni talab etishi mutlaqo tabiiydir.
Quyidagilarni reytingdan foydalanish va uni hisobga olishning mumkin bo‘lgan varianti, deb hisoblash mumkin. Oliy ta’lim tashkilotlari marketing tadqiqotlari, attestatsiya natijalari, o‘tgan qabul kampaniyasi tajribalari hamda davlat va jamiyatning istiqbol ehtiyojlarini o‘rganish asosida muayyan oliy o‘quv yurtiga (bakalavriat va magistratura ixtisoslari yo‘nalishlari bo‘yicha) qabul reytinglarini e’lon qiladiki, reytingi bundan past bo‘lganlarning hujjatlarini ushbu oliy o‘quv yurtiga qabul qilish imkoni bo‘lmay qolishi mumkin. Abiturientlar o‘zlarining (sertifikatlarda qayd etilgan) reytinglarini hisobga olgan holda bundan buyongi ta’lim yo‘lini maqsadni ko‘zlab tanlaydilar va tanlashning qolgan tartibotlarini bevosita oliy ta’lim tashkilotlarida o‘taydilar.
Shunday qilib, test sinovlarini takomillashtirib hamda ularning natijalarini oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun asos deb hisoblab, TM, kasb-hunar kollejlari yoki akademik litseylar bitiruvchisining yozma (og‘zaki) imtihoni va DTS o‘zlashtirilishi natijalarining reytingini ham hisobga olish maqsadga muvofiq. Mutaxassislar tomonidan abiturientlar tanlash jarayoni va tartibini takomillashtirishga doir yondashuvlar, ularning mexanizmlari taklif qilinishi mumkin va lozim.
Xususan, yuqorida keltirilgan takliflar, bundan keyin ham shu kabi taklif va tavsiyalarning bildirilishi tabiiy holdir. Maqsad, barcha harakatlarning pirovard natijasi TMga eng loyiq, bilimli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish hamda shu orqali yetuk mutaxassis, barkamol avlodni ta’limlashdan iborat bo‘lishi lozim.
Fan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni, qay yo‘sinda hal etishi kerak, turli ichki va tashqi sharoitlarda boshqaruv samaradorligi ta’minlanishi uchun u qanday tuzilgan bo‘lishi lozim, degan savollarga javob berishi zarur. Shu boisdan boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruv vazifasini shu yo‘sinda tushunish uni boshqaruvga eskicha yondashish nuqtai nazaridan uni tad¬qiq qilish mumkin emasligidan dalolat beradi.
Ta’limni boshqarish fani qanday xususiy predmetlarni o‘rganadi?
Bunda, shubhasiz, o‘quv-ta’lim jarayoni boshqaruvning markaziy ob’ekti hisoblanadi. Boshqaruv fani u qay yo‘sinda amalga oshirilishi kerakligi va vazifalari nimalardan iborat ekanligini o‘rganmaydi — bu pedagogikaning vazifasidir. Ammo hozirning o‘zidayoq ta’lim vazifalarini turlicha tushunish, turli pedagogik texnologiyalar mavjud. Umumiy boshqaruv nazariyasiga muvofiq, turli texnologiyalar turlicha tashkil etishni, rejalashtirish, nazorat qilishning xilma-xil usullarini talab etadi va h. k.
O‘quv-ta’lim jarayoni texnologiyasi xususiyatlariga bog‘liq ravishda boshqaruv qanday amalga oshirilishi lozim, degan masala esa boshqaruv faniga taalluqlidir.
Ammo o‘qitish va ta’lim natijalari nafaqat pedagogik texnologiyaga, balki pedagoglarning malakasiga, ularning eng yaxshi natijalarga erishishdan manfaatdorligiga, jamoadagi munosabatlarga bog‘liq dir. Kadrlarni qanday tanlash kerak, ularni qay yo‘sinda baholash, unumli ishlashga qanday undash kerak, jamoada qulay psixologik muhitni qanday shakllantirish lozim kabi savollar ham boshqaruv tadqiqotchilari oldida turgan muhim savollar sirasiga kiradi.
Ta’lim muassasasi qanchalik yaxshi ishlamasin, u o‘zgarmasligi mumkin emas. Ta’lim muassasasida, o‘quv-ta’lim jarayoni bilan bir qatorda, uning rivojlanish jarayoni eng muhim boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Yangiliklarni o‘zlashtirish ham rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va undashni taqozo etadi. Boshqaruv fani innovatsion jarayonlar qanday sharoitda samarali bo‘lishini va bu sharoit qanday vujudga keltirilishini tadqiq qilishi kerak.
Ta’lim muassasasi, har qanday tashkilot singari ajralgan holda emas, balki muayyan ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Shu boisdan boshqaruv natijalari u qanday sharoitlarda amalga oshirilishiga qay darajada bog‘liq ligini o‘rganishi lozim.
Yuqorida qayd qilingan xususiy tadqiqot predmetlari, shubhasiz, ularning xilma-xilligini qamrab ololmaydi. Ta’lim muassasasining ijtimoiy institut sifatida rivojlanishiga ko‘ra boshqa¬ruvning yangi vazifalari vujudga kelib, tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari dolzarb bo‘lib boradi.
Ta’lim sifatini boshqarishga metodik-amaliy yondashuvlar va uning shart-sharoitlarini ishlab chiqish hamda joriy qilishdan oldin boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalari va tushunchalarini aniqlash hamda belgilash (materialning bir qismi I bobda ko‘rib chiqilgan), menejmentning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va vazifalarini aniqlash zarur.
Boshqaruvda «boshqaruv ob’ekti va sub’ekti», «ular o‘rtasidagi bevosita va teskari aloqalar», «boshqaruv tizimi», «atrof-muhit» kabi kategoriyalar va tushunchalardan foydalaniladi.
Ta’lim tashkilotlari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqishda ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat yuritishining umumiy vazifalarini hisobga olish zarur.
Boshqaruv ob’ekti — bu boshqariladigan ob’ekt, ya’ni, tarmoq, muassasa, tashkilot va hokazo. Boshqaruv ob’ekti sifatida faoliyat sohasi bo‘lmish ta’lim, shuningdek, turli xildagi ta’lim tashkilotlari ko‘rib chiqilishi mumkin. Menejmentda boshqaruv ob’ekti sifatida, odatda, faoliyati muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yo‘naltiriladigan bir guruh odamlar tushuniladi.
Boshqaruv sub’ekti — bu boshqaradigan sub’ekt, ya’ni, tarmoq, muassasa va tashkilotni boshqarish apparati. Ta’limdagi menejment¬ga nisbatan olganda, boshqaruv sub’ekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni bajaruvchi muayyan bo‘Qinlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori bo‘Qin quyi bo‘Qinga nisbatan bosh¬qaruv sub’ekti sifatida yuzaga chiqadi.
Boshqaruv sub’ekti va ob’ekti bevosita va qayta aloqalar tizimi bilan birgalikda boshqaruv tizimini tashkil qiladi. Boshqaruv tizimida boshqaruv ob’ekti ko‘pincha boshqariladigan kichik tizim, sub’ekti esa boshqaruvchi kichik tizim deb nomlanadi. Boshqaruv tizimiga bir qator umumiy shart-sharoit xosdir. Eng avvalo, boshqariladigan kichik tizim boshqaruvchi kichik tizim ostida o‘z parametrlarini (yoki xossalarini) o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Bunda samarali boshqarish uchun boshqaruv ob’ekti faoliyatining eng muhim parametrlarini to‘liq aks ettiradigan mezonlar va ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi. Masalan, ta’lim tashkilotlari uchun: xodimlar soni, o‘quvchilar, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi, ularning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, ana shu xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va boshqalar shunday ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv tizimi ob’ektga belgilangan maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun boshqaruvchi kichik tizim tegishli ta’sirdan keyin boshqaruv ob’ekti holatini aniq tasavvur etishi kerak. Maqsadga aniq yo‘nalganlikni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatishdan oldin va keyin ob’ektning holati haqida boshqaruv sub’ektiga axborot kelib tushishi kerak, ya’ni boshqaruv tizimida bevosita va qayta aloqalar aniq tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Va nihoyat, boshqaruvning har qanday tizimi muayyan moddiy, mehnat va boshqa resurslarga ega bo‘lishi zarur.
Barcha boshqaruv kategoriyalari bir-biri bilan jips bog‘angan va bir-birini taqozo etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda oliy ta’limning maqsadi barcha darajadagi malakali xodimlarni tayyorlash orkali raqobatbardosh maxsulot tayyorlash va xizmatlar ko‘rsatishni yulga kuyishdir.
Raqobatbardoshli mutaxassislarsiz raqobatga chidamli iqtisodni bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekistonda bu muammoni yechishning asosi kadrlar tayyorlashning modelidir.

Xulosa
Ayni shu kamchilikni tez tugatishning uddasidan chiqildi, chunki u DTMni va uning filiallarini texnika bilan yuqori darajada jihozlash, shuningdek, fanlar bo‘yicha mutaxassislarni keng jalb etish bilan bog‘liq edi. Bu davrda test tizimi tuzilmasi yangicha ko‘rinish kasb etish, bir necha kichik tizimlarni: test topshiriqlari bazasi bilan ishlash va variantlarni chop etish; fanlarni joriy etish; variantlarni avtomatik ishlab chiqish; javob varaqlarini test bo‘yicha ishlagandan so‘ng elektron axborot almashish tizimi bo‘yicha belgilangan shakllarda axborot to‘plash; test natijalarini statistik tahlil qilish va hokazolarni o‘z ichiga olgandi.
Shunday qilib, 1998 yilga kelib test texnologiyasining alohida bo‘g‘inlari (o‘qitiladigan ixtisoslar va tillar bo‘yicha variantlardan tortib test natijalarini ishlashgacha) avtomatlashtirildi.
Maxsus kompyuter dasturlari DTMni avtomatlashtirishning integratsiyalashgan tizimi bazasini yaratish imkonini berdi. Jumladan, har bir oliy ta’lim muassasasida mavjud bo‘lgan va DTM bilan modem orqali bog‘langan ABS — abitur uchun tizim va kompyuter dasturlari joriy etildi.
Amalga oshirilgan ishlar qabul komissiyalari faoliyati hamda abiturientlarning asosiy miqdoriy parametrlari to‘g‘risida tizimli ravishda va operativ axborot olish imkonini berdi. ABS — abitur yordamida abiturientlar guruhini biron-bir belgisiga ko‘ra shakllantirish, rahbarlar va kuzatuvchilarni auditoriyalar bo‘yicha taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Test varaqlari (abiturientlar javoblari) hisoblab chiqish uchun avtomatlashtirilgan tizimga kelib tushardi, unda axborot maxsus dastur bo‘yicha, ma’lumotlar bazasi va ochqichlar asosida ko‘p variant­li tizim bo‘yicha ob’ektiv ishlanardi. Bundan tashqari test topshiriqlari sifat ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun maxsus dasturlar ham ishlab chiqilgandi.
Fanni (uning bo‘limlari va boblarini) bilish, uning mustaqilligi mezonlari asosida variantlar sintezi tuzilmasi hamda algoritmi ishlab chiqildi. Ushbu tuzilma negizida ko‘p variantli tizim bo‘yicha test o‘tkazish uchun variantlarni avtomatik ishlab chiqish kompleks dasturi yaratildi. Bunda ma’lumotlar bazasida har bir test topshirig‘i pasportlashtirildi hamda fanlar bo‘limlari (boblari) va testlarning murakkablik darajasiga muvofiq kodlandi.
Shunday qilib, ko‘p variantli tizimda yuqori darajada maxfiylik variantlarni sintezlash bo‘yicha kompyuter texnologiyasi, har bir abiturient uchun variantni ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili, shuningdek, javob varaqlarini boshdan oxirigacha shifrlash va kodlash maxsus dasturlariga muvofiq individuallashtirish ta’minlandi.



Download 188.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling