Mavzu: Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligini boshqaruv chizmasini ishlab chiqish. Mundarija Kirish i-bob
Ta’lim tizimli tahlil va modellashtirish ob’ekti sifatida
Download 188.35 Kb.
|
Xurshida
2.2.Ta’lim tizimli tahlil va modellashtirish ob’ekti sifatida.
Davlat ta’lim standarti eng kam majburiy talablar darajasida belgilangani bois, o‘qitishning maqsadli ko‘rsatmalariga yondashuvlar, o‘quvchining huquq va majburiyatlariga qarashlar o‘zgaradi, bu esa jamuljam holda talablarga muvofiq keladigan, ancha moslashuvchan standartlarni, o‘quv-ta’lim jarayonlarini boshqarish shakli va uslublarini oldindan belgilab beradi. Bunday boshqaruv eng asosiy narsani — o‘quvchi standartda rejalashtirilgan darajada bilim va mahoratga qo‘yiladigan talabni o‘zlashtirishi shart bo‘lgan barcha narsa uning shaxsiy boyligiga aylanishini, ongli ravishda va mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlashi darkor. Har bir TMning bunday natijalarga erishishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim dasturlarining bajarilishi asosini, har bir o‘quvchi esa jamiyat va mamlakat oldidagi o‘z axloqiy burchini ko‘ra bilishi zarur. Shunday qilib, Davlat ta’lim standartida bayon etilgan majburiy talablarni bajarish o‘quvchi (talaba)ning majburiyatiga aylanib boradi, bu esa uning ijobiy baholanishiga imkon beradi. Shu bilan birga tashkiliy-boshqaruv harakatlari ayni mahalda shaxsning yanada yuqoriroq darajada rivojlanishi uchun sharoit yaratishga qaratilishi darkor. Biroq, o‘quvchi eng kam zarur talablar darajasi bilan cheklansa bo‘ladimi yoki harakatni davom ettirishi kerakmi, degan masalani mustaqil hal etish huquqiga ega bo‘ladi. Bunday ahvol o‘quv-ta’lim jarayonini boshqarishga ham, ta’lim texnologiyasini belgilashga ham an’anaviy yondashuvlarni tubdan o‘zgartiradi. Bu hol o‘quvchi so‘zda emas, balki amalda ta’lim sub’ektiga, ta’lim jarayonining yetakchi ishtirokchisiga aylanishi sababli yuz beradi. Shunday qilib, Davlat ta’lim standartining joriy etilishi o‘quvchilarga tabaqalashtirib yondashish zarurligini taqozo etadi, bu esa tegishli ravishda boshqaruv faoliyatiga ham tuzatish kiritadi. Chunki tabaqalashtirish mohiyatan yo davlat ta’lim standartida qayd etilgan ta’lim talablari darajasini yoki TM Davlat ta’lim standartiga nisbatan ta’minlashi mumkin bo‘lgan ta’lim natijalarining yanada yuqori sifatini tanlash bosqichida boshlanadi. Bu holatda boshqaruv funksiyasi o‘quvchilarga majburiy o‘zlashtirish uchun talab etiladiganga qaraganda ko‘proq taklif qilish mumkin bo‘lgan holatni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Davlat ta’lim standarti o‘quv-ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar ochiq bo‘lishini taqozo etadi. O‘quvchilar uchun ham mazmunan, ham shaklan tushunarli bo‘lgan talqinda ifodalangan ushbu talablar o‘quvchilarga ham, ularning ota-onalariga ham ma’lum bo‘lishi lozim, bu TM pedagoglar jamoasining boshqaruv bilan bog‘liq xatti-harakatlarini muayyan darajada yengillashtiradi. Talablarning ochiqligigina o‘quvchilarning bilish faolligini, ularning o‘z o‘quv mehnati natijalaridan manfaatdorligini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’limning ijobiy sabablarini shakllantirishga, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga ongli munosabatiga ko‘maklashadi. Davlat ta’lim standartlaridan foydalanish va ularga xos bo‘lgan boshqaruv funksiyalarini bajarish ta’lim natijalari sifatini nazorat qilish va baholashning mavjud tizimini tubdan qayta qurish imkoniyatini yaratadi. Davlat ta’lim standartlarini joriy etish o‘quvchilarni tayyorlash sifatining o‘lchagichlari tizimini ishlab chiqishdagi volyuntarizmni istisno qilish, nazoratning ob’ektivligi va axborotliligini oshirish, bilim, mahoratni baholashni bir xillashtirish imkonini beradi. Ularning bari, tabiiyki, turli ta’lim tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishning tuzilishi va mazmuniga o‘nlab yillar davomida ildiz otgan eskicha yondashuvlarni buzadi. Bizning fikrimizcha, Davlat ta’lim standartlarini joriy etish ta’lim tizimining har bir TMdagi ishning haqiqiy ahvoli to‘g‘risida ishonchli axborot olishni ta’minlaydi. Olingan va yuksak professional darajada tushunib yetilgan ishonchli axborot jamuljam holda ierarxiyaning barcha «pillapoyalarida»: o‘qituvchidan tortib (maqbul uslublarni tanlash, o‘qitish jarayonini o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish, o‘qitish, ta’limlash hamda rivojlantirishning o‘rinli tabaqalashtirilishi va boshqalar), ta’lim rahbarlarigacha (ta’lim ahvolini yaxshilash bo‘yicha mintaqaviy chora-tadbirlar ko‘rish, o‘quv rejalari, dasturlari va darsliklariga o‘zgartirishlar kiritish, pedagog kadrlar tayyorlash, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimida ularning kasb mahoratini oshirish va boshqalar) asosli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sharoit yaratadi. Download 188.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling