Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida byudjet-soliq siyosatining rivojlanish bosqichlari va asosiy yo‘nalishlari Reja: Kirish. Asosiy qism
Download 46.4 Kb.
|
byudjet soliq (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida byudjet-soliq siyosatining rivojlanish bosqichlari va asosiy yo‘nalishlari Reja: Kirish. Asosiy qism 1. Byudjet-soliq siyosati haqida umumiy tushuncha 2. O‘zbеkiston rеspublikasi davlat va mahalliy byudjеt holatini takomillashtirish yo’nalishlari 3.Soliq siyosati va uning huquqiy asoslari. 4.O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining xususiyatlari va yo‘nalishlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bizga ma’lumki, o‘tgan yillar mobaynida olib borilgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi qay darajada ekanligini ko‘rsatib berdi. Bu borada, davlat moliyasi tizimining puxta ishlab chiqilganligi o‘z natijalarini berdi. Xususan, muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev “O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig’i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi” 1 – deya ta’kidlab o‘tdilar. Ayniqsa, o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda zamonaviy Davlat byudjetining barpo etilganligi, byudjet tizimi faoliyatini ta’minlashda byudjet loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga tegishli bo‘lgan davlat hokimiyat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda byudjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyati samarali tashkil qilinganligi byudjet jarayoni munosabatlarini ta’minlab berdi. Biroq, byudjet jarayonini tashkil qilishda ko‘zga ko‘rinarli natijalarga erishgan bo‘lsada, shu bilan birga byudjet jarayonini tashkil qilishda ayrim muammolar ham mavjud. Mavjud muammolarni echimini topish, byudjet jarayonini tashkil qilishda ishtirok etuvchi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet jarayoni ijrosida o‘rnini o‘rgangan holda, Moliya vazirligi faoliyatini yanada samaradorligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Shu bois, byudjet jarayonini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining o‘rnini va ahamiyatini oshirish mavzuning dolzarbligini o‘zida aks ettiradi. Bugungi kunda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida huquqiy demokratik davlatni qurish belgilab olingan ekan, fuqarolik jamiyati bu bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy budjetga, jamoat tuzimlariga va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosichma-bosqich topshirishni ko’zda tutadi. Bu esa o’z anvbatida mahalliy byudjetlar moliyaviy resurslarini asosiy manbai bo’lgan mahalliy soliqlar va yig’imlar ahamiyatini oshib borishini bildiradi. Soliq siyosatiga qat’iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish – ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir. Bu borada faqat byudjet profitsiti haqida so‘z borishi mumkin va zarur. Bu muhokama qilishni emas, balki so‘zsiz bajarishni talab etadigan strategik vazifadir. Davlatimiz xazinasini moliyaviy resurslar bilan to’ldiruvchi asosiy manba soliq bo’lgani sababli, u jamiyatimiz oldida turgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy va boshqa ko’pgina vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan miqdordagi pul mablag’i bilan ta’minlanishi lozim. Soliqlar davlat budjetini to’ldiruvchi asosiy elementlardan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun soliqlarga davlat budjetining daromad qismini shakllantiruvchi, eng muhim bo’lgan umumdavlat vazifalarini hal etish uchun zarur miqdordagi mablag’ni jamlantiruvchi dastak sifatida qarash lozimdir. Download 46.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling