Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili
Download 0.52 Mb.
|
Abdujalilov Alibek essay makroiqtisodiyot
Essay Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili Hozirgi kunga kelib har bir mamlakatlarning o’ziga xos iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish uchun ekspertlar hamda iqtisodchilar asosan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni asos qilib olishayotganini hammamiz bilsak kerak .Lekin bir savol tug’iladi aynan qaysi ko’rsatkichlar bizni bu maqsadimizga yetishligimizga xizmat qiladi? Bugungi kunda ilgor mamlakatlarda ishlab chiqarish natijalarini makroiqtisodiy paramatrlar ( ya’ni yalpi ichki mahsulot , yalpi milliy daromad, milliy daromad , shaxsiy daromad va boshqalar )orqali tahlil etishga kata ahamiyat berib kelinmoqda . Bunday tadqiqotlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki , ularda iqtisodiyotning turli tarmoqlari o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarihaqida statistic ma’lumotlar batasil tahlil qilinishidir Shunday qilib O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil rivojlanayotgan o’z xalqi , millatiga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda . Milliy iqtisodiyot barcha tarmoqlar va sohalardni mikro makro iqtisodlarni funksional iqtisodiyotni ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotni tashkil qiladi Makroiqtisodiy tahlilga keladigan bo’lsak! Biz bu essayimizda makroiqtisodiyotning umumiy barcha ko’rsatkichlar(Yalpi ichki daromad , inflatsiya darajasi , sanoat mahsulotlari , iste’mol tovarlari , qishloq xo’jaligi , asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar , qurilish ishlari , chakana savdo tovarlar aylanmasi , ko’rsatilgan bozor xizmatlari , tashqi savdo aylanmasi , eksport , import , saldo )ni qamrab olib thlil qilishga harakat qilamiz rasm O’zbekiston Respublikasi rivojlanish makroiqtisodiy korsatkichlar (2000-2022) O’zbekiston Respublikasi rivojlanishining makroiqtisodiy tahlilida YaIM hajmini ko’rib chiqadigan bo’lsak 2000 – yilga kelib hajmi 3255.6 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lib basis davrga qarganda 3 % o’sishga erishgan , unga taqqoslash uchun o’tgan yilgi YaIM hajmiga nazar solsak hajm 888341.7 mlrd so’mni tashkil qilgan hisoblanadi o’sish esa 5.7% ni tashkil etgan. Bu ko’rsatkichlarni tahlil qiladuigan bo’lsak 2000 yildan to 2022 gacha o’zgarishlarning katta miqdorini ko’rishimiz mumkin , lekin avvalgi yilga qaraganda o’sish darajasida katta farq ko’rinmayapti Inflatsiya darajasi ko’rsatkichlari 2000 yilda 28.2 % ni tashkil qilingan ammo 2022yilga kelib o’zgarishlar katta ya’ni 12.3 foizni tashkil qilgan. Bundan ko’rinadigan tahlil shundan iboratki mamlakatimiz inflatsiya darajasini foizini tushirish uchun ancha muncha harakat qilgan va erishgan ham Davlatning sanoat mahsulotini ishlab chiqarish bo’yicha ko’rsatkichlari 2000 yilda 1888.9 mlrd so’mda bo’lgan , 2022 yilga kelib esa 551050.9 mlrd so’mgacha erishilgan hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari keskin darajada o’sayotganini hozirgi yilga qaraganda maxsimal dararada ekanligi ko’rinib turibdi. Davlatda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlar XXI asr boshlanishida o’tgan yilga qaraganda 6.2 % tashkil qilgan bo’lib 2022 yilda esa 19.4 foiz miqdorida osganligini ko’rishimiz mumkin. 22 yil davomida 13.2 % ga ko’tarilgan natijaga erishilgan Qishloq, o’rmon xo’jaligi va baliqchilik sohasida 2000-yil 1387.2 mlrd so’mga foyda ko’rilgan , va shu bilan birgalikda 2022 yilga kelisb esa 364522.8 mlrd so’mga yetganini ko’rishimiz mumkin ammo yillar hisobiga tahlil qilsak ortacha umumiy 3 % dan o’sishni boshdan kechirgan Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2000 yilda 744.5 mlrd so’mni tashkil qilgan hamda basis dariga ko’ra esa 1 % ga o’sishga erishgan , 2022 kelib esa 269857.5 mlrd so’mda to’xtagan osish darajasi esa 0.9 foizni tashkil etgan . Eng katta o’sish davri 2008 yilga to’g’ri keladi ya’ni 34.1 5% osha davrda osish eng yuqori choqqisiga chiqqan Respublikada qurilish ishlari 2000 yilda 388.4 mlrd so’mni tashkil qilgan 2022 yilda esa 130767.1 mlrd so’mga yetib kelgan. Eng yuqori o’sish surati qishloq xo’jaligiga monand ravishda 2009 yilda bolib o’tgan bo’lib 34.2 % tashkil qilgan Tashqi savdo aylanmasi mamlakatimizda 6212.1 mln AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lib ajablanarlisi shundaki o’sha davrda basis davrga qaraganda 2.1% tushib ketgan 2022 yilda summa 50008.4 mln AQSH dollarini tashkil qilgan o’sish surati esa farqli ravishda 18.6 % foizga ko’tarilgan. Eksport salohiyatini ko’rib chiqadigan bo’sak 2000 yilda 3264.7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lib o’sish surati 0.9 % ni tashkil qilgan hamda 2022 yilda bu ko’rsatkich 19309.1 mln AQSH dollarigacha osishga erishgan o’sish darajasi esa 15.9 foiz ko’satkichida yil yakunlandan. Eng sermahsul yil 2007 yilga to’g’ri kelgan bo’lib 40.5 % ni tashkil qilgan Import darajasini kamaytirish uchun olib borilgan ishlarni ko’rib chiqadigan bo’lsak 200 yilda 2947.4 mln AQSH dollarida xarajat qilingan hamda oldingi yilga qaraganda 5.2 % ga pasaygan. Ammo o’tgan yilgi sarhisoblarga ko’ra bizning import hajmimiz 30699.3 mln AQSH dollaridagi ko’stakich qayd etilgan hamda o’sish surati 20.4 foizga oshgan. Bu ko’rsatkichlarni tahlil qiladigan bolsak import darajasini tushishi biz uchun “yashil chiroq”ni yonganini anglatadi shuning uchun import ko’rsatkichi osishi emas pasayishi bizni mamlakatimizda aholi ehtiyojlarini qondira olayotganiz aks etadi Abdujalilov Alibek [Grab your reader’s attention with a great quote from the document or use this space to emphasize a key point. To place this text box anywhere on the page, just drag it.] Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki makroiqtisodiy ko’rsatkichlar har qanday davrda o’sishga erishganligi va bu process davomiy rtavishda tashkil qilinayotganligi ko’rishimiz mumkin. To’g’ri ma’lum bir yil davomida o’sish surati pasaygan bo’lishi mumklin ammo nagativ tomonga o’tib ketmagan. Bu ko’rsatkichlar iqtisodiyotning asosi hisoblanadi. Bunday ko’rsatkichlarning osib borishi tabiiy o’sish deb ataladi. Bu ko’rsatkichlar doimiy ravishda o’sib borsa aholining turmush tarzi ham bunga parallel ravishda o’sib boradi hamda iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari rivojlanib boradi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning muntazam ravishda o’rganilib borishi rivojlanish qay darajada bo’layotganligi hamda zaif sohalarni topib uni bartaraf etishimizga yordam beradi. Va kelajak avlod uchun sharoitlarni yaxshilash hamda kelgusi prognozlarni ishlab chiqishimiz uchun basis ma’lumotlar jamlanmasi hisoblanadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling