Mavzu: “O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’grisidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan ta’lim tizimida o’tkazilayotgan islohotlar” Reja Kirish


O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"


Download 39.53 Kb.
bet3/6
Sana10.02.2023
Hajmi39.53 Kb.
#1183394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

2. O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi".
1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi qonuni qabul qilindi. Shu qonun va shu yili tasdiqlangan "umumiy ta’lim maktablari to`g`risida muvoqqat Nizom" asosida ta’lim islohatlari olib borila boshlandi. Oldingi qabul qilingan Qonunlardan (1930, 1949, 1958, 1973, 1984) farqli xalq ta’limi tizimi tuzilishining yangi tamoyillari joriy etildi: ta’lim-tarbiyaning insonparvarligi va xalqchilligi; ta’lim tizimining uzluksiz va izchilligi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, tayanch ta’lim (9 sinf)ning majburiyligi; ta’lim standartlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv; chet tillar, din ta rixi va xalqimiz tarixi chuqur o`rganish; ta’lim muassasalarining turli partiya, siyosiy harakatlardan holiligi kabi.
Qonunga ko`ra ta’lim 3 bosqichdan iborat bo`ldi:
- boshlang`ich ta’lim (I - IV), - tayanch ta’lim (V - IX), - o`rta ta’lim (X - XI - XII).
Milliy maktab bo`lishi uchun unga milliy ruh singdirilishi kerak. Bu narsa tarbiyaviy tadbirlar, aniq, tabiiy, ijtimoiy va hatto chet tillar ham milliy zaminga asoslanib o`rgatilgandagina vujudga keladi.
Milliy maktablarda al - Termiziy, al - Buxoriy, Naqshbandlar ta’limotini, Sharqning buyuk mutafakkirlari, alloma va olimlari faoliyati va merosini o`rganish maqsadga muvofiqdir.
Xalqimizning milliy qiyofasi, milliy ruhi va milliy g`ururini tiklash uchun xalqning qadimdan shakllangan urf - odatlarini, madaniyati, tarixi, san’ati, axloqiy qarashlarini o`rganish, yosh avlodga singdirish kerak.
Milliy maktabni yaratish uchun quyidagi tamoyil va ustuvor yo`nalishlarni hayotga tadbiq etish lozim:
- Har bir fan o`qituvchisi o`z sohasi bo`yicha madaniy va tarixiy merosni chuqur bilishiga e’tiborni kuchaytirish, ularning malakasini oshirish;
- darsliklardagi milliy zamin, xalq turmushi bilan bog`lanmagan materiallarni chiqarib, ular o`rniga xalq pedagogikasi, tarixiy hikoyatlardan kiritish;
- maktabda milliy kasb-hunarni o`rgatadigan tugaraklar tuzish;
- maktablarda "Meros muzeyi"ni tashkil etish;
- sinfdan tashqari tadbirlarda milliy urf-odat, an’analarga e’tiborni kuchaytirish;
- maktab binosini, zalini milliy, madaniy va tarixiy merosni aks ettiruvchi ko`rgazmali materiallar bilan bezash.
Milliy tarbiya berish ishini avvalo oilada, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va undan keyingi tarbiya maskanlarida ham olib borish maqsadga muvofiqdir.
1997 yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga yangi zamon talabi darajasiga ko`tarishga dahldor bo`lgan qonunlar ham qabul qilindi. Shu masalalar yuzasidan birinchi prezidentimiz I.A.Karimov "Barkamol avlod -O`zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusida nutq so`zladi. Bunda yangi qonunlar qabul qilishning zarurligini ko`rsatib berdi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning hozirgi kun talabiga javob bermayotganligi ta’kidlab, kamchiliklarni ko`rsatdi:
"Avvalo shuni ta’kidlashimiz kerakki, biz eski, sho`rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan hali beri to`liq qutilganimiz yo`q.
Ikkinchidan, barcha amaldagi o`zgarishlar... uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bergan emas.
Uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimizbugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko`p joylarda yaqqol ko`rinmoqda.
Yurtboshimiz maktab moddiy bazasi nochorligi, tarbiyachilarning o`zi zamonaviy bilimga ega emasligi, 11 yillik ta’limning ilmiy asoslanmaganligi, boshlang`ich ta’limga past nazar bilan qarab kelinganligi, darsliklarning talabga javob bermayotganligi, o`quvchilar mustaqil, erkin fikrlashga o`rgatilmayotganligi kabi ta’lim-tarbiyamizdagi kamchiliklarni ko`rsatib o`tdi.
Shu sessiyada "Ta’lim to`g`risida"gi yangi qonun qabul qilindi.
Bu qonun 5 bob, 34 moddadan iborat. Qonunning 1 bobi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi, uning 1 -moddasida qonunning maqsadi ko`rsatiladi: "Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Norma yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha:
birinchidan, ta'lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);

  • nazariy - ta'lim tashkiloti negizida, amaliy - ta'lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta'lim;

  • oilada ta'lim olish va mustaqil ta'lim olish;

  • katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta'lim berish;

  • jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta'lim;

  • eksternat tartibidagi ta'lim - o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta'lim oluvchilardan davlat ta'lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tish;

  • mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta'lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.

uchinchidan, ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga ko‘proq e'tibor qaratilgan:



  • ta'lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;

  • pedagogik xodimlar, ta'lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar bo‘yicha. Ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.

to‘rtinchidan, davlat ta'lim standartlari va talablari, o‘quv jarayoniga o‘quv rejalari va dasturlarini, ta'lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta'limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar tartibga solingan. O‘qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etilgan;

beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:


a) birinchilarga quyidagilar kiradi:

  • nodavlat ta'lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta'lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta'lim turi uchun alohida beriladi;

  • ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish – Ta'lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta'lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e'tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan tashkilotlar maxsus reyestrga kiritiladi, bu haqdagi ma'lumotlar Ta'lim inspeksiyasining saytiga joylashtiriladi;

  • xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta'lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish, shuningdek ta'lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish. Tan olish va apostil qo‘yish ham Ta'lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi;

b) Ta'lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli:

  • nodavlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda;

  • ta'lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta'limning mazmuni va sifati ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda - ta'lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatini bekor qilish.

Qonun 24.09.2020 yildan kuchga kirdi.

1997 yil 29 avgustdagi Qonun bilan birga yana bir muhim hujjat "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ham qabul qilindi. Bu dasturning qabul qilinishi ta’lim-tarbiya sohasida yangi bir o`zgarish, yuksalish davrini boshlab berdi.


"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" umumiy qoidalar va 5 bobdan tashkil topgan. Umumiy qoidalarda bu dastur "Ta’lim to`g`risida"gi qonun qoidalarga muvofiq tayyorlanganligi aytiladi.
1-bob muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh kilish omillarini yoritishga bag`ishlangan.
2-bobda dasturning maqsad, vazifalari va uni ruyobga chiqarish bosqichlari ko`rsatib beriladi.
Dasturni ruyobga chiqarishning bosqichlari (1. 1997-2001, 2. 2001-2005, 3. 2005 va undan keyin), ularda amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar belgilab berilgan.
3-bobda Kadrlar tayyorlashning milliy modeli (shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish) tahlil etib beriladi.
4-bobda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning 15 ta asosiy yo`nalishlari belgilab berilgan.
5-bob esa dasturni ruyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgan.
Ta’lim to`g`risidagi Qonun va milliy dasturni amalga oshirish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Tajriba- sinovlar o`tkazilmoqda. Ta’limning davlat standartlari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etila boshlandi. Yangi o`quv dastur, darsliklar yaratilmoqda. Ayniqsa, akademik litsey va kollejlarga katta e’tibor berilmoqda. O`quv yurtlarimizda milliy o`zligimizni anglashga olib keladigan masalalarni o`rgatishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Oliy ta’limda ham milliy dastur talablari asosida ishlar olib borilmoqda. Bakalavrlik va magistrlik bo`yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Test asosida o`qitishga e’tibor kuchaymoqda. Biz o`ylaymizki, milliy dasturning amalga oshib borishi bilan jahon standartlariga javob bera oladigan ta’lim-tarbiya tizimimizga erisha olamiz.


3. Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari: milliy pedagogik merosga tayanish, yangi maqsad va vazifalarni aniq belgilab olish, bosichma-bosich amalga oshirish, tadrijiylik


TA’LIM -bilim berish, malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.

Ta’lim tor mahnoda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o’quv yurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham mahlumot o’zlashtirish jarayonidir.


Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o’ziga qamrab olib, respublikaning aql zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o’z mashuliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. SHuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi.
Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) mahlum bir tajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarni o’zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo’ladi); v) ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va usul tanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan axborotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli – malakadan iborat bo’ladi).
Insonning mahlum bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishida ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo’ladi.
Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy mahlumotga bo’lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g’oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib boradi.
Ta’lim mohiyatiga ko’ra bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir. Ta’lim jarayonida shaxsning dunyoqarashi, qobiliyati, fazilat (xislat)lari o’zgaradi. Ta’lim jarayonida kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtiriladi va shu yo’l bilan u avlodlar orasidagi mahnaviy-madaniy, ijtimoiy, ijtimoiy vorislikni taminlaydi.
Ta’limning metodologik asosini dealektik bilish nazariyasi tashkil etadi.



Download 39.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling