Mavzu: “O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’grisidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan ta’lim tizimida o’tkazilayotgan islohotlar” Reja Kirish


Download 39.53 Kb.
bet2/6
Sana10.02.2023
Hajmi39.53 Kb.
#1183394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va ta’limga oid islohotlarning shakl va metodlari.
Kurs ishining vazifalari:

  1. O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng ta’lim tizimidagi islohatlar.

  2. O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi".

  3. Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari: milliy pedagogik merosga tayanish, yangi maqsad va vazifalarni aniq belgilab olish, bosichma-bosich amalga oshirish, tadrijiylik

  4. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yobga chiqarish bosqichlari

  5. Kadrlar tayyorlash dasturida ilm-fan va ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari.

Kurs ishining tarkibi: Kirish, 5 bo’lim, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1 O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng ta’lim tizimidagi islohatlar.
Birinchi Prezidentimiz "O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li" asarida O`zbekistonni yangilash va rivojlanishning ma’naviy-axloqiy negizlarini ham ko`rsatib beradi. Bular:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon etilishi;
-  vatanparvarlik".
"Ustoz", Umid", "Kamolot", "Ulug`bek" va boshqa jamg`armalar tashkil etildi. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni alohida o`qitish va tayyorlash, ularni xorijiy davlatlarga yuborib, bilim va malakalarini yanada oshirishga e’tibor berilmoqda.
Istiqloldan so`ng barcha sohada bo`lgani kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham islohatlar boshlandi. Pedagogika fani ham qaytadan mustaqilligimiz asosida qurila boshlandi. Avvalo, pedagoglarimiz kommunistik mafkura changalidan xolos bo`ldi. Pedagog olimlarimiz Qur’oni Karim, Hadis, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Qubro, Az-Zamaxshariy va boshqa allomalarimiz jadid ma’rifatparvarlari-ning ilmiy meroslaridan foydalangan holda, ularni keng tadqiq etgan holda yangicha yo`nalishda tadqiqotlar olib bora boshladilar.
O`zbek olimlari yaratgan "Pedagogika", "Pedagogika tarixi" qo`llanmalari muqobillik asosida chop etila boshlandi.
1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishiga e’tibor
qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi Ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, 12 yillik ta’limni takomillashtirish yo‘lidagi tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Yig‘ilib qolgan muammolar sohani tub isloh qilishni, dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasidan foydalanish zarurligini taqazo qildi.
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida
tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma
natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan
9+3, ya’ni 12 yillik majburiy ta’limdan 11 yillik ta’limga o‘tildi.
2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11 yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.
2016/2017-o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan
ortiq o‘quvchining 288 mingi 10-sinfda o‘qishni davom ettirdilar.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy
bo‘g‘inidir. Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida
va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy
xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot
va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois,
bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk salohiyatli kadrlar bo‘lib voyaga
yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha
ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2017-yil 30-sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.

Download 39.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling