Mavzu O‘zbekiston Respublikasida aholiga statsionar va ambulator- poliklinik yordamni tashkil kilish
Download 124.21 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- Poliklinikalarning turlari
- Poliklinikaning asosiy tibbiy hujjatlari.
- Bolalar kasalxonasida foydalaniadigan tibbiy-hisob hujjatlar.
Mavzu O‘zbekiston Respublikasida aholiga statsionar va ambulator- poliklinik yordamni tashkil kilish
Mashg’ulot maqsadi. talabalarga davolash- profilaktika muassasalarining turlari xamda ularning ishini tashkil qilish prinsiplarini to‘liq tushuntirish va shu soxa bo‘yicha yetarli darajada ko‘nikmalar hosil qilishdir. Kutilayotgan natijalar:
ma'ruza talabalar ongida davolash profilaktika muassasalarining turlari, aholiga poliklinika va shifoxona tomonidan ko‘rsatishi kerak bo‘lgan tibbiy yordamlarning ahamiyati haqidagi tushunchalarni shakillantirish Reja: • Birinchi tibbiy sanitariya yordamini tashkil etish • Ambulatoriya, poliklinika xizmatini tashkil etish: (kategoriya prinsiplari, tarkibi, vazifalari) • Axoliga statsionar- kasalxona xizmatini tashkil etish: (tarkibi vazifalari,tibbiy xujjatlari)
Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini tashkil etish
Davolash-profilaktika ishlari soglikni saklash tizimining eng muxim bulagi xisoblanadi.
Axoliga davolash profilaktika yordami kuyidagi asosiy prinsiplarga amal kilgan xolda tashkil etiladi:
1.Axolini malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan ta'minlash; 2.Davolash-profilaktika yordamini barcha uchun bir xil darajada kursatilishi; 3.Davolash va profilaktika ishining birligi; 4.Dispanserizatsiya davolash-profilaktika yordamining muxim bulagi; 5.Teritorial-uchastka prinsipida xizmat kursatish; 6.Profilaktika davolash-profilaktika muassasalarining asosiy ustivor faoliyat turi;
7.Sanoat korxonalarining ishchi xizmatchilariga ustivor yerdam kursatish;
Davlat soglikni saklash tizimi muassasalari, ijtimoiy ta'minot xamda jamoa birlashmalari tomonidan kursatiladigan BTSYo tibbiy xizmatning asosiy va bepul turi xisoblanadi va uz ichiga kuyidagilarni oladi:
__Eng kup tarkalgan kasalliklar, jaroxatlanishlar va boshka noxush xolatlarni davolash: __Sanitariya- gigienik, epidemiyaga karshi tibbiy profilaktik tadbirlarni utkazish: __Oilani onalik va bolalikni muxofazalash, yashash joyi buyicha tibbiy sanitariya yordamini kursatish bilan boglik bulgan boshka tadbirlarni utkazish:
BTSYo axoliga ambulatoriya-poliklinika muassasasi sharoitida, shoshilinch tibbiy yordam muassasalarida, tugurukxonalarda va shifoxonalar sharoitida murojat etilganda kursatiladi. BTSYo kursatishning etakchi zvenosi bulib umumiy (oila) amaliyot vrachi xizmati xisoblanadi. Tibbiy xizmatning birinchi zvenosida bemor birinchi marotaba shifokor bilan mulokatda buladi va uzini tibbiy muammalarini bevosita xal etish uchun murojat kiladi. Umumiy amaliyotning asosiy maksadi xar bir insonga, oilaga, shuningdek jamoaga doimiy va xar tomonlama tibbiy yordam kursatishdir.
Ikkinchi yevropa-konferensiyasi karori bilan tuzilgan ekspert guruxining ta'rifiga kura Umumiy amaliyot shifokori-oliy tibbiyot ukuv yurtining bitiruvchisi bulib, ''u aloxida kishi, oila va axoliga yoshi, jinsi va kasalligining turidan kat'iy nazar induvidual birlamchi va uzluksiz tibbiy yordam kursatuvchi shaxsdir''.
Poliklinika - grekcha roliis shaxar, klinika-davolash suzlaridan tashkil topgan bulib, birinchi marta bunday muassasalar shaxarlarda, tuman va viloyat markazlarida tashkil topgan bulib axolining katnab davolanishi va uyda tibbiy yerdam olishi uchun muljallangandir.
Ambulatoriya va poliklinika xizmati soglikni saklash sistemasida muxim urinni egallaydi.
Birinchidan, ambulatoriya va poliklinikalar eng ommaviy va axoli uchun eng yakin tibbiyot muassasalaridan biri bulib, unda yiliga 80% dan ortik axoli tibbiy yordam oladi.
Ikkinchidan, bunday muassasalarda ishlovchi shifokorlarning faoliyati juda katta profilaktik axamiyatga egadir (barvakt tashxis kuyish, yukumli kasalliklarni uz vaktida aniklash va boshkalar)
poliklinikalarning faoliyati boshka tibbiyot muassasalarining ishiga katta ta'sir kursatadi. Poliklinikalarning turlari
Xizmat kursatayotgan axoli guruxiga karab kattalar va bolalar poliklinikalariga bulinadi.
Joylashgan joyiga karab shaxar va tuman poliklinikasiga bulinadi.
Ixtisosligi buyicha esa umumiy va aloxida ixtisoslik buyicha bulishi mumkin.
Ixtisoslashgan poliklinikalarga: stomatologik, fizioterapevtik, sanatoriya-kurort poliklinikalari xamda dispanserlarning poliklinika bulimlari misol bula oladi.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining ishini yanada yaxshilash uchun kuyidagilarga katta axamiyat berilishi lozim
1.Kasallikni uz vaktida aniklash va davolash.
2.Axoliga kerakli davolash-soglomlashtirish yordamini kursatish; ularni dispanserizatsiyadan utkazish
3.Ambulatoriya va poliklinikalarning moddiy texnik bazasini mustaxkamlash;
4.Dispanser ishlarini amalga oshirish uchun shanba kunlaridan keng foydalanish;
5.Tibbiyot sanitariya kismlarining ishlarini korxonalarning ish rejimlariga monand ravishda tashkil etish;
6.Axoliga dam olish va bayram kunlari kerakli tibbiy yordamni olish imkoniyatini yaratish maksadida umumiy amaliyot shifokorlarining va pediatrlarning ish tartibini tugri tuzish;
7.Vrachlar maslaxat komissiyasining ishini ertalabki va kechkurungi soatlarda va shanba kunlari xam tashkil kilish va kasallik varakalarini uz vaktida yopilishini nazorat kilish;
8.Ilgor tajriba maktablariga ega bulgan ambulatoriya va poliklinikalarning ishini urganish, mexnatni ilmiy asosida tashkil kilishni kengkulamda kullash.
Ambulatoriya va poliklinikalarning ishini yanada takomillashtirish, ish sifatini uning samaradorligini oshirish maksadida kuyidagi chora- tadbirlarni amalga oshirish lozim:
-Katta shaxarlarda maslaxat-diognostik yordam kursatuvchi poliklinikalar ochish. Bu poliklinikalrda ixtisoslashgan kardiologiya, pulmonologiya, gastroentrologiya, urologiya, onkologiya, nevrologiya, endokrinologiya, gemotologiya, allergologiya, artrologiya bulimlarini ochishni kuzda tutish.
-Kursatilgan poliklinikalarda tibbiyot institutlarining va fakultetlarining professorlari, dotsentlari, assistentlari, ilmiy xodimlarining kabul maslaxatlarini amalga oshirish. Bunday poliklinikalarni kup ixtisosli kasalxonalarning tarkibida, tibbiyot oliygoxlarining klinikalari, klinik ixtisosga ega bulgan ilmiy tekshirish institutlarining klinikalari koshida tashkil kilinish maksadga muvofik buladi.
-Katta shaxarlarda, ozik-ovkat, kommunal obektlarda, boshka obektlarda va muassasalarda ishlovchi xodimlarni uz vaktida tibbiyot kuriklaridan utkazish uchun xujalik xisobida ishlovchi shaxar poliklinikalari yeki bulimlarini ochish. -Poliklinikalar faoliyatida soglom turmush tarzini targib kilishga, kasallik xavf xatarlarini keltirib chikaruvchi omillar guruxlarini tuzishga katta axamiyat berish.
-Ambulatoriya-poliklinika xizmatini yanada yaxshilash va ishini takomillashtirish maksadida poliklinika va kasalxonalar urtasidagi uzviy boglanishni yanada rivojlantirish.
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari ularning bir smenada shifokorlarga buladigan katnovning soniga karab besh guruxga bulinadi.
1- гурух
2- гурух
3- гурух
4- гурух
5- гурух
1200дан куп катнов
80 000дан ортик ахоли
751- 1200
50-79 минг
501- 750
33-49 минг
251- 500
17-32 минг
250гача
17мингг ача
1-гурух
2-гурух 3-гурух
4-гурух 5-гурух
1200дан куп катнов 80 000 дан ортик ахоли
751-1200 50-79минг
501-750 33-49 минг
251-500 17-32 минг
250гача 17минггача
Poliklinikaning tarkibi.
—ruyxatxona — davolash-profilaktika bulimlari (terapiya bulimi, usmirlarni kabul kilish xonasi, uchastka sex-terapiya xonasi, jarroxlik, travmatologiya, stamotologiya, oftalmologiya, otoloringologiya, nevrologiya, kordiologiya, revmatologiya, endokrinologiya bulimlari (xonalari) va boshka xonalar, shoshilinch tez tibbiy yordam kursatish xonasi yordamchi diagnostika bulimlari (xonalari): (rentgen xonasi, laboratoriya, funksional diagnostika, endoskopik xonalar). — statistika xonasi — ma'muriy-xujalik bulimi
Poliklinikaning asosiy tibbiy hujjatlari. Bolaning rivojlanish tarixi __________________________112/h Bolaning tibbiy kartasi ____________________________ 026/h Dispanser kuzatuvini nazorat qilish kartasi ____________ 030/h Muhofazalovchi emlash kartasi ________________________063/h Muhofazalovchi emlashni hisobga olish jurnali__________064/h Vrach qabuliga talon__________________________________025/h Vrach qabuliga kiruvchilarni oldindan yozib borish kartochkasi__040/h Vrachlarni uyga chaqirishni yozib borish kitobi_______________031/h Ambulatoriya operatsiyalarini yozib borish jurnali___________069/h Bolalar poliklinikasi izolyatoriga, poliklinika bo‘limiga kelib ketuvchilarni qayd etish jurnali___________________________052/h Yuqumli kasalliklarni hisobga olish jurnali _______________060/h Profilaktik emlashlar kartasi___________________________063/h Bolalar va o‘smirlar uchun sanatoriya-kurort kartasi__________ 076/h Bolalar sanatoriyasiga yo‘llanma__________________________ 077/h Sog‘lomlashtirish lagerlariga boruvchi o‘quvchilarga tibbiyot ma'lumotnomasi ________________________________________079/h Xulosalangan (aniqlangan) diagnozlarni qayd etish uchun statistik talon_____ 025-2/h Shu maqsadda ro‘yxatga olingan kasalliklarni jamlab, hisobga olib borish vedomosti__ 071/h
Kelib-ketuvchilarni hisobga olish vedomosti __________039/h Yuqumli kasalliklar, ovqatdan va kasbga oid o‘tkir zaharlanish, emlashga g‘ayrioddiy reaksiya to‘g‘risida shoshilinch habarnoma _________058/h VKK xulosasini yozib borish jurnali___________________ 035/h Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini hisobga olish kitobi ___036/h
Shifoxonaga kelgan bemorni qabul qilingan yoki rad etilganligini hisobga olish jurnali __________________001/h Shifoxonadagi bemorning tibbiy kartasi ______________003/h Shifoxonadan chiqib ketganlarning statistik kartasi ____066/h Bemorlarning kelib-ketishi va shifoxonaning o‘rin fondini hisobga olish varaqasi_______________________________ 007/h Shifoxona, bo‘lim yoki kasalliklar tarmog‘i bo‘yicha o‘rinlar sonini, bemorlarning kelib – ketishini va o‘rinlar fondini hisobga olish axborotnomasi ________________________016/h Patalogoanatomik tadqiqotlar bayoni_________________ 013/h
Bolalar kasalxonasining tibbiy hujjatlarini
A)shifoxonaga kelgan bemorni qabul qilingan yoki rad etilganligi hisobga olish jurnali –-------------------------------- -- 001/h. B)shifoxonadagi bemorning tibbiy kartasi-------------------- -------------------------------003/h. V)shifoxonadan chiqib ketganlarning statistik kartasi------ -------------------066/h. G)bemorlarning kelib ketishi va shifoxonaning o‘rin fondini hisobga olish varaqasi ----------------------------------- 007/h. D)patalogo-anatomlik axborotlar bayoni --------------------- -------------------------------- 013/h.
Poliklinika ishiga bosh vrach raxbarlik kiladi. Agarda poliklinika birlashgan shifoxonaning bulimi xisoblansa- unda shifoxona bosh vrachining - poliklinika ishlari buyicha muovini raxbarlik kiladi.
Poliklinika - kup tarmokli davolash - profilaktika muassasasi xisoblanib u axoliga statsionargacha bulgan tibbiy yordam kursatishga muljallangan tibbiy muassasadir.
Shunday kilib, shaxar poliklinikasi, uziga biriktirilgan xudud axolisiga ularning kasalliklarini kamaytirish buyicha soglom axoli guruxini va bemorlarni dispanser nazoratiga olishga, bemorlarga malakali ixtisoslashgan tibbiy, yordam kursatishga, keng kulamdagi profilaktik chora tadbirlarni olib borishga muljallangan kup tarmokli davolash profilaktika muassasasidir.
Shaxar poliklinikasining asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat
-axoliga poliklinika kabulida va uyida malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam kursatish. -soglikni saklash amaliyotiga xozirgi zamon tibbiyotining eng yaxshi yutuklari va tajribalarini tadbik etish; -uchastka terapevtlarining(umumiy amaliyot shifokorlarining) va boshka ixtisosdagi shifokorlarning asosiy ish usuli bulgan dispanserizatsiyani yanada rivojlantirish va mukammalashtirish; -axoli urtasida kasalanish, nogironlik va ulim kursatkichlarini kamaytirish uchun rejalashtirgan kompleks davolash-profilaktik choralarni tashkil kilish va utkazish; _ davolash-soglomlashtirish choralarini ishlab chikish va amalga oshirish uchun xamma kasalliklar shu jumladan, yukumli kasalliklar kursatkichlarini va kasalliklarning sabablarini izchillik bilan urganib chikish. - poliklinika xududida yashovchi axolini sanitariya-gigienik nuktai nazardan tarbiyalash, soglom turmush tarzini targibot kilish;
7-axolini ish va turmush sharoitini yaxshilash, soglomlashtirish uchun bu ishga keng kulamda xujalik va jamoat vakillari e'tiborini jalb etish; 8-poliklinikada va uyda kursatiladigan davolash-profilaktika ishlarini asosiy mazmuni kuyidagilardan iborat: kasaliklarni barvakt aniklash, uz vaktida tekshirish, ularga yukori malakali va ixtisoslashgan davolash yordamini kursatish; 9-ambulatoriya kasallarini davolashda, kompleks terapevtik davolash usulini (davolash jismoniy tarbiyani va boshka zamonaviy usullarni) keng kullash; 10-amaliyotga profilaktika, tashxislashning va davolashning eng zamonaviy usularini va davolash-profilaktika muassasalarining eng yangi ilgor tajribalarini kullash (dispanserizatsiya, brigada usuli va boshkalar). 11-kasalxonada davolashga muxtoj bulgan bemorlarni aniklash va ularni yotkizishga tayyorlash; 12-sanatoriya-kurortlarda davolanishi, parxez bilan ovkatlanishi lozim bulgan bemorlarni aniklash va ularga uz vaktida yullanma berish; 13-ishchi va xizmatchilarning vaktincha mexnatga kobiliyatsizligini muntazam ravishda ekspertiza kilish, mexnatga layokatsizlik varakasini berish, kasallarni boshka ishlarga utkazishni tavsiya kilish; 14-uzok muddatli va turgun mexnat kobiliyatini yukotgan bemorlarga vrachlik mexnat ekspert xay'atiga yullanma berish; 15-poliklinikaga biriktirilgan shifokor va feldsherlik soglomlashtirish punktlarini ishiga baxo berish. Odatda axoli birinchi marta uchastka terapevtiga (umumiy amaliyot shifokoriga) murojaat kiladi. U uziga biriktirilgan uchastka axolisi uchun kuyidagi ishlarni bajarishi lozim:
- axoliga poliklinikada va uyda uz vaktida malakali terapevtik yordam kursatish; -uzi xizmat kursatayotgan uchastkadan rejali ravishda yotkizilib davolashga muxtoj bemorlarni uz vaktida aniklash, ularni xar tomonlama tekshirib kasalxonalarga yullanma berish;
-extiyojiga karab bemorlarni bulim mudiri va boshka mutaxassis shifokorlar tomonidan konsultatsiya kilinishini ta'minlash;
-vaktincha mexnatga kobiliyatsizligini ekspertiza kilish; -dispanserizatsiya buyicha kompleks choralarni tashkil kilish va utkazish;
-tibbiy kurikdan utganlarga va chet elga ketayotganlarga kurik xulosasini berish; -axoli orasida profilaktik emlashlarni tashkil etish va utkazish va degelmintizatsiya kilishni tashkil etish;
-yukumli kasalliklarni barvakt aniklash, diagnoz kuyish va tegishli DSENMga tezda xabar (shoshilinch varakasini) yuborish.
Xar bir uchastka terapevtiga 1700ta katta yoshdagi axoli biriktiriladi, xar bir vrach pediatrga 800 bola tugri keladi.
Poliklinikada axolini kabul kilish va uyda kuzatish ma'lum tartibda grafik asosida olib boriladi, bu grafik axolining extiyoj va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda kulay kilib tuziladi, bu grafik “sirganuvchan” deb ataladi, ya'ni xaftaning kunlari davomida shifokorlarning kabul kilish soatlari va uyga xizmat kursatish soatlari uzgarib turadi.
Uchastka prinsipi buyicha ishlashda terapevtdan tashkari boshka shifokor mutaxassislar (jarrox, okulist, otoloringolog, nevropatalog, akusher-ginekolog, stomatolog) xam jalb etiladi, ana shu shifokor mutaxassislarning ishini uchastka terapevti oldindan belgilab, boshkarib va taxlil kilib boradi. Shunday kilib, xar bir uchastka axolisi uzining uchastka terapevti boshchiligida shifokor mutaxasislarga ega buladi, bu usulda ishlash brigada usuli deb ataladi.
Brigada usulida ishlovchi shifokorlarning asosiy vazifalari deyarli bir xil bulib, birlamchi profilaktika, kasalliklarning tashxislash, davolash, reablitatsiya kilish, dispanser nazoratiga olish, sanitariya okartuv ishlarini olib borishdan iboratdir.
Xozirgi paytda uchastka prinsipida ishlashdan umumiy amaliyot shifokori, oila shifokori prinsipiga utilmokda. Buning uchun oila shifokorini tayerlashning turli variantlari ishlab chikilgan va bulgusi oila shifokorining asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat:
- Oilani xar tomonlama chukur urganish, ya'ni oila a'zolarining salomatligini genetik analizini taxlil kilib borish;
- Xar bir oila a'zosining jinsi, yeshidan tashkari, shikoyatlarining bor yukligidan kat'iy nazar kuzatib borish;
-bola tugilgunga kadar profilaktik ishlarni xomiladorlik davrida, xamda bola tugilgandan sung uni bokish, tarbiyalash, kasalliklarni oldini olish soxasida muxim chora tadbirlarni utkazish;
-Kasalliklarning oldini olish uchun mutaxassislarning maslaxatini uyushtirish, tashxis kuyish, xamda keng tarkalgan kasalliklarni davolash;
-Soglom turmush tarzini keng targibot kilish. Poliklinikaning ish faoliyatida muxim urinni bulim mudiri egallaydi. Bulim mudiri terapiya bulmida xar 9 shifokor terapevtga, jarroxlik bulimda esa xar 8 jarrox shifokorga tayinlanadi. Agar shifokorning soni yukorida kursatilganidan kam bulsa, unda shifokorlarning biriga bulim mudirining vazifalari yuklatiladi.
Bulim mudirining vazifasiga bulimdagi shifokorlar bilan birgalikda davolash profilaktika ishlarining rejasini va jadvalini tuzish, davolash-tashxislash jarayoniga raxbarlik kilish va uni tekshirib borish, ishning sifatiga va samaradorligiga aloxida axamiyat berish, vaktincha mexnatga kobiliyatsizlik xollarini ekspertiza kilish va boshka vazifalar kiradi.
Poliklinika shifokorlarining asosiy ish usuli dispanser usuli bulib tibbiy xizmatning sifatini, samaradorligini oshirishda muxum omil xisoblanadi.
Dispanser usuli — bu utkazilayotgan davolash-profilaktika chora- tadbirlarining sintezi xisoblanadi.
Dispanserizatsiyaning maksadi soglom shaxslar salomatligini saklash, kasalliklarni oldini olish, kasalliklarni dastlabki boskichlarida aniklash, mexnat kobiliyatini yukotishining oldini olish.
Dispanserizatsiya ikki boskichda olib boriladi:
1.Axolini dispanser kuzatuviga olish; 2.Davolash-profilaktika choralarini amalga oshirish.
Dispanserizatsiyaning asosiy elementlari:
1.Kasalliklarni faol aniklash: -Ularni tibbiyot muassasalariga kundalik murojaati paytida; -Profilaktik tibbiy kuriklar vaktida. Tibbiy kuriklar 555-son buyruklarga binoan utkaziladi va ular uch turli buladi; maksadli, davriy, dastlabki. -kasalxonalarda davolanish vaktida; -uyda tibbiy xizmat kursatish vaktida; -yukumli kasalliklar bilan alokada bulgan shaxslarni kuzatish jarayonida ; -sanatoriya-kurortlarida davolanish vaktida; -axoli kasalligini va ulim sabablarini taxlil kilish 1.Kasalliklarni faol aniklash:
-
2.Faol kuzatish:
-Salomatlik darajasiga karab barcha kurikdan utganlar 3 guruxga bulinadilar:
2.1 Soglomlar — bu guruxga xech kanday shikoyatlari bulmagan, xayot mobaynida (anamnezida) surunkali kasalliklarga chalinmagan va tekshirib kurilganda tana a'zolari va sistemalarining faoliyati me'yorida bulgan shaxslar kiradi ( D1 ):
2.2 Amaliy soglomlar — bu guruxga xaet davomida utkir va surunkali kasalliklarni boshidan kechirgan, lekin bu kasalliklar xaetida muxim bulgan xayot faoliyatiga va xozirgi paytda mexnat kobiliyatiga ta'sir etmagan shaxslar kiradi (D2)
2.3 Bemorlar — surunkali kasalliklari bor bemorlar. Ushbu gurux uz navbatida kasallikni turi, kechishi, mexnat kobilyatini yukotganlik darajasiga karab 3 guruxga bulinadi: Kompensatsiya; subkompensatsiya; dekompensatsiya xolatidagi bemorlar (D3). Kompensatsiya davrining(D3a) kechishi bemorlar xolatiga mexnat kobilyatini yukotish darajasi kamrok ta'sir etishi bilan xarakterlanadi. D3b-guruxiga (subkompensatsiya) kasallikning biroz ogir kechishi va uning tez-tez kaytalanib turishi, mexnat kobiliyatining uzok muddatga yukotilishi bilan xarakterlanadi. D3v- guruxida bemorlar kupincha dekompensatsiya xolatida buladi, bunda kasallik odam organizmida turli patologik uzarishlarni vujudga kelishiga, mexnat kobiliyatini turgun darajada yukotilishiga olib keladi.
Xar bir guruxda ishlab chikarishga, turmushga va genetik xarakterga ega bulgan xatarli omillari bulgan shaxslarni aloxida ajratiladi.
Dispanser kuzatuvlari yukorida kursatilgan dispanser guruxlariga karab belgilanadi, masalan D I guruxdagilar yiliga bir marta , D 2 guruxdagilar ikki marta , D3 guruxidagilar doimiy ravishda kuzatilib borilishlari kerak .
3. FAOL DAVOLASh: kasalxonalarda, poliklinikalarda, uyda, sanatoriyalarda bemorlar faol davolanishi lozim. Davolashni shunday amalga oshirish kerakki, u profilaktik xarakterga ega bulishi lozim .
Kasallikning kuchayshini, kaytalanishini kutmasdan ; uni barvakt chakirib profilaktik ravishda, retsidivga karshi davolashni boshlash kerak . Shunda kutilayotgan kaytalanish, kasallikning kuchayishi yengilrok shaklda utishi yoki bunday xolatlar umuman ruy bermasligi mumkin, bu juda katta iktisodiy va sotsial axamiyatga egadir.
4.Xamshira patronaji — u kuyidagi vazifalarni uz ichiga oladi; - bemor yashayotgan sharoitni yaxshilab urganish; - bemorni genetik jixatidan urgatish ; -bemorlar shifokorlaaar tomonidan belgilangan tadbirlarni uz vaktida bajarilishini nazorat kilib borish; - xar bir oilada soglom turmush tarzini, sanitariya gigiena koidalarini targibot kilish va boshkalar.
5. Jamoatchilik asosida profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish kuyidagi vazifalarni uz ichiga oladi: - xar bir oilada soglom turmush tarzini, sanitariya gigiena koidalarini targibot kilish va boshka ishlar; -korxona va muassasalar sanitariya gigiena koidalariga tulik rioya kilish;
-texnika xavfsizligiga tulik rioya kilish; -ishlab chikarish va turmush bilan boglik bulgan xatarli omillarni oldini olish; -turar joy sharoitlarini yaxshilashga karatilgan muxum choralarni kurish; - salomatlik uchun zararli bulgan zararli odatlarning oldini olish;
Shunday kilib xar bir shaxsni uning salomatliga karab (dispanser guruxlariga karab) “Dispanserizatsiyani xisobga olish kartasi” ni (Sh- 113 U-86) tutmok kerak Bunday karta shu poliklinika xududida yashovchi xar bir kishiga tutiladi, unda pasport ma'lumotlari bilan birgalikda kasalliklar,utkazilgan tekshirishlar va ularning natijalari yozilib borilishi kerak.
Dispanser kuzatuvini uz vaktida va muntazam utkazilayotganligini taxlil kilish uchun kuyidagi kursatkichlar xisoblanadi:
- kasallikni peremorbid davrida dispanser nazoratiga olinganlar (funksional uzgarishlar vujudga kelgan davrda dispanser kuzatuiga olinganlar);
- uz vaktida dispaser kuzatuviga olinganlar kursatkichi (kasallik tashxisi kuyilgandan sung bir oygacha bulgan davrda dispanser kuzatuviga olinganlar);
-dispanserizatsiyaga kech olinganlar (kasallikning tashxisi kuyilgach 6 oydan sung dispanser kuzatuviga olinganlar).
Dispanser nazoratiga baxo berish uchun kuyidagi kursatkichlar xisoblanadi:
-sistematik ravishda kuzatilganlarning foizlardagi mikdori: -epizotik ravishda kuzatilganlarning foizlardagi mikdori:
-fakat bir yilda bir marta kuzatilganlarning foizlardagi mikdori: -yil davomida umuman kuzatilmaganlarning foizlardagi mikdori :
Bosh shifokorning vaktincha mexnatga kobiliyatsizlikni ekspertiza kilish buyicha muovinining asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat:
1.Vaktincha mexnatga kobiliyatsizlikni ekspertiza kilish masalalari buyicha shifokorlarning malakasini oshirish uchun chora-tadbirlarni kurish;
2.Mexnat kobiliyatini aniklash murakkab bulgan kasalliklar xakida maslaxat berish, belgilingan muddatlar chegarasida kasallik varakalarini chuzish;
3.Tanlov yuli bilan kasallik varakalarini tekshirib ,ekspertizaning tugriligini, kasallik varakasining asosli belgilinganligini va chuzilganligini tekshirish (kasallarni ambulatoriya kartalarini urganish, kerak bulgan xollarda shaxsan uzi kasallarni kurikdan utkazish);
4.Xar kvartalda mexnat kobiliyatini vaktincha va turgun yukotishga olib keladigan kasalliklar buyicha shifokorlar konferensiyasini tashkil etib bunda mexnatga vaktincha kobiliyatsizlik xollarini aniklash buyicha yul kuyilgan xatolarni muxokama kilish;
5.Bulimlar buyicha, nozologik shakllar buyicha berilgan kasallik varakalarining davomliligini taxlil kilishni ta'minlash, kasallik varakalarini kiskartirish uchun kasallarning poliklinikada, kasalxonada tekshirish, tashxis kuyish va davolash ishlarining sifatini yaxshilash buyicha chora-tadbirlar utkazish;
6.Korxonalarda, xujaliklarda kasallik va nogironliklarning sabablarini urganish buyicha shifokorlarning ishini tashkil kilish;
7. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari bilan xamkorlikda kasalliklarni kamaytirish va oldini olish choralarini ishlab chikarish;
8.Tegishli vrachlik mexnat ekspertiza xay'atlari bilan doimo mulokotda bulishini ta'minlash, vrachlik maslaxat xay'atlari va vrachlik mexnat ekspertizasi xay'atlari karorlarining nomutanosibliklarini xisobga olish va ularning taxlil kilish, bu ikki tashkilot shifokorlarning konferensiyalarida, shifokorlarning kasalliklarini tashxisidagi, mexnat kobiliyatini ekspertiza kilishdagi xatolarini muxokama kilish;
9.Mexnatkashlarning vaktincha mexnatga kobiliyatsizligini aniklash buyicha utkazilgan ekspertizaga tegishli shikoyatlarni kurib chikish va shikoyatlarga sabab beladigan omillarni bartaraf kilish choralarini kurish;
Shaxar poliklinikasida yuritiladigan asosiy xujjatlar UzRSSV ning 1992 yil 16 apreldagi 231-sonli buyrugi bilan tasdiklangan.
Poliklinikaning asosiy xujjatlaridan tashkari yana bir kancha jaridalar xam tutiladi:
a) shifokorlarning uyga chakirilganligini kayd kiluvchi jurnal; b) bemorlarga berilgan kasallik varakalarini kayd kilish jurnal;
v) yukumli kasalliklarni ruyxatga olish jurnal; g) shifokorlarga yuborilgan bemorlarni ruyxatga olish jurnal;
d) terapevtik uchastkaning pasporti; Маърузанинг таминоти жадваллар: даволаш-профилактика муассасаларининг турлари, принциплари, қабул бўлимининг вазифалари ва таркиби. Talabalarning mustaqil ishlari:
Poliklinika, uning tuzilishi va vazifalari shifoxonaning turlari. Poliklinika, uning tuzilishi va vazifalari shifoxonaning turlari. Nazorat savollari
• 1. Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini tashkil etish nimalarni o‘z ichiga oladi. • 2. Axoliga birlamchi tibbiy sanitariya yordamini ko‘rsatish qaysi tibbiy muassasalarda amalga oshiriladi. • 3. Poliklinikalar qanaqa asosiy turlarga bo‘linadi. • 4. Poliklinikaning asosiy tarkibiy qismi nimalardan iborat • 5. Poliklinikadagi vrach terapevtlarining ish prinsipi va ish uslubi nimalardan iborat • 6. Dispanserizatsiyaning asosiy elementlari nimalardan iborat • 7. Kasalxonalarni xizmat chegarasiga qarab qanaqa turlarga bo‘linadi. • 8. Shifoxonaning asosiy tarkibiy qismilari nimalardan iborat • 9. Shifoxonaning asosiy vazifalariga nimalar kiradi. • 10. Qabul bo‘limining asosiy vazifalari nimalardan iborat. • 11. Kasalxonalarning ixtisoslashuviga qarab qanaqa prfillariga bo‘linadi. • 12. Shifoxonalarda o‘rinlarida to‘liq foydalanish uchun nimalarni amalga oshirish mumkin. Download 124.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling