Mavzu: O’zbekiston Respublikasida bozor munsabatlarini shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari


Download 42.37 Kb.
bet20/23
Sana05.01.2022
Hajmi42.37 Kb.
#210774
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2 5220189717840005930

Uchinchi tamoyil.

Bozor iqtisodiyotiga o`tishda qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bo`lishi lozim.

Bozor iqtisodiyoti qonunchilikka tayanadi. Uning qoidalari, mezonlari ming yillar davomida yaratilgan. Bozor iqtisodiyoti huquqiy normalar va qoidalarga tayanishi bilan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan farq qiladi. Yaxlit bozor tizimini vujudga keltirish uchun uning qonunchilik tizimi yaratilishi, ularga rioya qilinishi shart. Qonunchilik buzilgan joyda bozor iqtisodiyotini amalga oshirib bo`lmaydi.

Qonunning ustuvorligi huquqiy davlat barpo etish zaruriyatidan ham kelib chiqadi. Qonun oldida hamma barobardir. Barcha ijtimoiy, va iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo`ladi. Huquqiy davlatning mohiyati ma'lum qonunlar tizimi borligi bilan emas, balki ommaning shu qonunlarni bilishi, o`z faoliyatida ularga bo`ysunishi bilan belgilanadi.




Download 42.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling