Mavzu: O'zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi reja


Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi


Download 69.5 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1210687
1   2   3   4
Bog'liq
4 MAVZU

Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi.

O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimini bayon etish uchun biz umumiy inqilobgacha bo’lgan davrdan so’ng Ulug’ Oktyabr inqilobining g’alabasi bilan sobiq Sovet Ittifoqida Davlat tizimini rivojlanishi xaqida gapirishimiz lozim.
Jismoniy tarbiya tizimi deganda biz jismoniy tarbiyaning ilmiy metodik va ideologik asoslarini tushunamiz. Bizning mamlakatda yagona jismoniy tarbiya tizimi yaratilgan, bu tizimning yaratilishi xalqimizning jismoniy tarbiya sohasida olib borgan ishlarning samarasidir. Nazariya orqali erishilgan va amaliyotda tasdiqlangan hamma qimmatbaho ma’lumotlar jismoniy tarbiyaning tizimi orqali amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya tizimi deganda biz zvenolari bo’yicha jismoniy tarbiya vazifalarini, vositalarini, ish shakllarini, hamda oiladagi jismoniy tarbiyani, kadrlar tayyorlashni va sport inshootlari qurilishini tushunamiz.
Jismoniy tarbiyaning zvenolariga:
1.Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar jismoniy tarbiyasi.
2.Maktab yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya.
3.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlardagi jismoniy tarbiya.
4.Oliy o’quv yurtlardagi (VUZ) jismoniy tarbiya.
5.Uzbekiston armiyasi (va harbiy flot) jismoniy tarbiyasi.
6.Ko’ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlaridagi jismoniy tarbiya kiradi.
Ulug’ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyagacha bo’lgan davrda Rossiyada yagona jismoniy tarbiya tizimi bo’lmagan. Ulug’ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyadan keyin P.F.Lesgaft va o’quvchisi V.V.Gorinevskiyning tashabbusi bilan va ularni rahbarligida yagona jismoniy tarbiya tizimi tashkil etildi.
Mazkur tizimda g’oyaviy va ilmiy metodika asoslari, shuningdek mamlakatda fuqoralarning jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat qilishga qaratilgan tashkilotlar va muassasalar mujassallashgandir.
Inqilobgacha Rossiyada yagona jismoniy tarbiya davlat tizimi bo’lgan. Chor hukumati P.F.Lesgaft tomonidan yaratilgan jismoniy ta’limotga uncha e’tibor bermasdan hukumdor sinflarning jismoniy tarbiyasi uchun turli chet el tizimidan foydalanganlar.
Ulug’ Oktyabr revolyutsiyasining g’alabasi bilan sobiq sovet Ittifoqida halq qiziqishiga javob beruvchi jismoniy tarbiyaning yagona davlat tizimini ishlab chiљish sharoitlari yaratilgan.
Rossiyada jismoniy tarbiya tizimi turli oqimi ta’sirlari bilan kurashda shakllanib bordi. Ayrim olimlar jismoniy tarbiya sohasidagi ish mazmunini qisqa biologik vazifalar bilan cheklanishga urindilar. Bu bilan ular kishini psixik va jismoniy tomonlarini birligini, shaxsni tarbiyalashda ijtimoiy xayot sharoitini yetakchi rol o’ynashini, jismoniy mashq mashg’uloti jarayonida shaxsni birligini inkor etmoqchi bo’ldilar. Sobiq Sovet jismoniy tarbiya madaniyatigacha yaratilgan hamma jismoniy tarbiya vositalarini yo’qotib, o’rniga yangi mashqlarni va sport asboblarini yaratish kerakligini isbotlamoqchi bo’ldilar. Ularning fikricha futbol o’yinini o’ynash mumkin emas, chunki u burjuaziya tomonidan yaratilgan va h.k.
Boshqalari bo’lsa g’arb oldida bo’yin egib, sovet jismoniy tarbiya tizimini shakllanish jarayonini, har xil g’arb tizimiga mostlashtirishni taklif etdilar.
Kommunistik tarbiya rahbarligida bu hato va yo’nalishlar yo’qola bordi. Mamlakatda xalqni jismoniy tarbiyalash tizimi ilmiy asoslangan holda vujudga keldi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning masalalarini asoslashda va mutaxassislar tayyorlashda P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiy, Ye.A.Arkin kabi buyuk olimlarning xissasi katta.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimining kelajakdagi ravnaљiga, pedogogika fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari A.N.Bikova, L.Gorinevskaya, D.V.Xuxlayeva (1950-60y.y) sobiq sovet akademiyasining xodimlari M.Yu.Kistyakovskiy, N.T.Terexova, T.N.Osokina, Ye.L.Timofeeva, B.Ch.Vavilova, A.A.Udyalova va boshqalarni (1960y.), pediatriya ITI hodimi Z.S.Uvarova, bolalar va o’smirlar gigienasi ITI hodimi G.P.Yurko va boshqalar, jismoniy tarbiya institutlari, maktabgacha pedogogik kafedralarning o’qituvchilari o’z xissalarini qo’shganlar.
Sobiq sovet davrida jismoniy madaniyatning rivojlanishiga O’zbekiston jismoniy tarbiya sport ko’mitasi xodimlari va ustozlari R.I.Ismailov rahbarligida, O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining yetakchi professor-o’qituvchilari O.A.Rixsieva, A.I.Yarotskiy, X.T.Rafieva, O.M.Jigallo va boshqa ko’pchilik olimlar o’z xissalarini qo’shganlar.
Ayniqsa O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo’lgandan keyin jismoniy tarbiya masalalariga, qadriyatlarni tiklashga va uni rivojlanishiga katta e’tibor beriladi.
O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonunida (29 avgust 1997y.) bolalar jismoniy tarbiyasini yanada yaxshilash zarurligi yana bir bor ta’kidlandi. Jamiyat yosh avlodni jismoniy jihatdan sog’lom, baquvvat, xushchaqchaq bo’lib, mehnatga, hayotga va Vatanni himoya qilishga tayyor bo’lib o’stirishdan juda manfaatdordir.
Ushbu hujjatda jismoniy tarbiya uchun sharoit yaratish vazifasi ham qo’yilgan: sport zallari, maydonchalarni qurish, ularni uskunalar, anjomlar bilan jihozlash va boshqalar.
Olimlar va amaliyotchilarning birgalikdagi g’ayrat-shijoat natijasida jismoniy tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari /maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta’lim maktablari hamda akademik litseylar, kollejlar va o’quv yurtlari/ uchun ilmiy asoslangan yagona dasturlar yaratildi. Kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi pedogogik kollejlar, Jismoniy tarbiya instituti, pedogogika institutlarining jismoniiy tarbiya fakulьtetlari uchun maxsus dasturlar va qo’llanmalar, darsliklar ishlab chiqilayapti. Ilmiy tekshirish institutlarida jismoniy tarbiyani takomillashtirish borasida tadqiqotlar olib borilmoqda.


Glossariy
Jismoniy rivojlanish – bu sog’lomlashtiruvchi jarayon bo’lib, inson organizmining vazifalari va shakllari o’zgarishining asta-sekin qaror topishidir.
Jismoniy tarbiya - bu insonni irodaviy, ahloqiy, funksional, morfologik takomillashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, uning maqsadi o’quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko’nikma, malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.
Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling