Mavzu: O'zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi reja


Jismoniy madaniyat tizimining xususiyatlari


Download 69.5 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1210687
1   2   3   4
Bog'liq
4 MAVZU

Jismoniy madaniyat tizimining xususiyatlari. Ular uning xalqchilligi, ilmiyligi va amaliyligidir. Qayd qilingan xususiyatlaridan biri uning xalqchilligidir. Mamlakatimiz ko’p millatli xalq. Ular yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligidan qatьiy nazar tizimimiz tarkibidagi jismoniy tarbiya vositalarining barcha turlaridan foydalanish xuquqiga ega.
Xalq o’yinlari, milliy sport turlaridan ommaviy foydalanishda ularning millati, irqi, dini va boshqa etnik kelib chiqishidek jihatlari e’tiborga olinmasligi konstittsiyamizda qayd qilingan.
Ommalashtirilayotgan, ular opasida keng tarqalayotgan jismoniy mashqlar, milliy sport turlari, ommaviy sport, olimpiadalar dasturidan o’rin olgan “katta sport”ning turlari bilan ko’p millatli respublikamiz xalqlarining shug’ullanishi uchun barchaga bir hil imkoniyatlarni yuzaga keltirish davlatimiz siyosatiga aylangan.
Jismoniy tarbiyaning xalqchilligi,
birinchidan, uning maqsadlari xalqning hayotiy manfaatlariga, mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorgarlik manfaatlariga mos kelishidan,
ikkinchidan, bolalarni yoshligidan boshlab gimnastika mashg’ulotlariga, o’yinlarga, sportga, turizmga muntazam ravishda izchillik bilan ommaviy jalb etishdan; jismoniy madaniyat va sportning har bir kishi turmushiga singib borishidan;
uchinchidan, jismoniy mashqlarning ko’pchilik orasida keng tarqalgan, xalq-milliy sport turlari va o’yinlari bilan bir qatorda jismoniy tarbiya vositalaridan keng foydalanishidan iboratdir.
Mamlakat jismoniy tarbiya tizimining xususiyatlaridan yana biri uning ilmiyligidir. Jismoniy tarbiya sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarining ko’lamini kengligi va uni amaliyot bilan bog’lab olib borilayogganligi, jismoniy tarbiya tizimining yetakchi fani - jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotining ilmiy fanlari pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport metrologiyasi, sport tibbiyoti, jismoniy madaniyat orqali davolash, sport pedagogikasi fanlari - gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari, suzish, yakka kurashlar va boshqa fanlarga tayanganligi, ularning ilmiy yutuqlari xalqimiz hayotiy extiyojini qondirishga yo’naltirilgan.
Sohaga oid tizimlarning (amaliyligi) eng amaliyrog’i biz o’rganayoggan jismoniy tarbiya tizimi bo’lib, sohaga oid yangi amaliy texnologiyalar to’g’ridan-to’g’ri ta’lim yoki sport trenirovkasi jarayoniga, ilmiy tadqiqotlarning natijapari esa amaliyotga, soha mutaxassislarining faoliyatida qo’llash uchun tavsiya qilinadi. Yanga ilg’or tajribalar, ilmiy izlanishlarning tavsiyalari o’zining qo’llanish vaqtini kutib yotmaydi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyat madaniyatining bir qismi sifatida, kishilarning jamiyat qurilishida faol ishtirok etishi, uning talablarini qondiruvchi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishning ob'ektiv zarurati bo’lib hisoblanadi.
Jismoniy madaniyatning shu maqsadi respublikada jismoniy madaniyatni amalga oshiradigan barcha muassasalar va tashkilotlarga tegishlidir.
Bu maqsadni amalga oshirishda shaxsni har tomonlama kamol toptirish tamoyilining amaliy va sog’lomlashtirish yo’nalishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling