Sport metrologiyasi usullari


Download 321.5 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi321.5 Kb.
#1567979
  1   2   3   4   5
Bog'liq
SPORT METROLOGIYASI USULLARI

SPORT METROLOGIYASI USULLARI



Reja:
Kirish

  1. Sport metrologiya fani va uning vazifalari

  2. Sport metrologiyasining tuzilish

  3. Sport metrologiyasidagi o‘lchashlar va ko‘rsatkichlarning o‘lchov birliklari










Kirish


O‘zbekiston Respublikasida aholisining moddiy va ma’naviy hayot darajasi oshib bormoqda, jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy–texnik bazasini mustahkamlash borasidagi sa’y harakatlar amalga oshirilmoqda va yuqori malakali pedagog va murabbiy kadrlar mavjud, ayniqsa, bolalar va ayollar sportini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari asosida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz aholisi uchun, jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishlari uchun yoshi, jinsi, kasbi, tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barcha imkoniyatlar mavjud.


Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish odamning hayotiy kuchi zahirasini, uni toliqishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshiradi va bu esa, kam xastalanish bilan birga ishchanlik qobiliyati va ish unumdorligini oshishiga ko‘maklashadi, demak, juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy mashqlarni umumiy mustahkamlovchi sog‘lomlashtiruvchi ta’siri nafaqat jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, balki yuqori natijalarga erishish uchun katta jismoniy yuklamalarni qo‘llash bilan bog‘liq sport trenirovkalariga ham taalluqli. Bu haqda, turli malakaga ega sportchilarning salomatligini qiyosiy o‘rganish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yetakchi sportchilarni ko‘p yillik dinamik kuzatishlar dalolat beradi.
Organizmni me’yorida funksiya qilishining muhim mezoni, unga yuqori talablar qo‘yilgan paytda, o‘zining biologik imkoniyatlarini eng samarali ishlatishi qobiliyati hisoblanadi. Bunda, organizm yuklamalarga, o‘z faoliyati darajasini patalogiyasiz tez va adekvat qayta qurish bilan javob berishi hamda boshqaruvning dastlabki darajasiga tez qaytishi kerak. Aynan shu, organizmning barqarorligini, hayotiy kuchlari zahirasini, ya’ni odam salomatligining darajasini, demak, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari zahirasini belgilaydi va katta ijtimoiy ahamiyatga ega.
Sport murabbiylari, pedagoglar va sohaning boshqa mutaxassislari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishlarida, sportchi va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar to‘g‘risida doimiy axborot bo‘lgan taqdirdagina o‘z faoliyatlarining samarasini oshirishlari mumkin. Bunday ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash, trenirovka mashg‘ulotlarining asosiy yo‘nalishlarini tanlash, tayyorgarlik ishlarini sifatli rejalashtirish va dasturlash imkoniyatini beradi.
Hozirgi vaqtda sport metrologiyasi ham ilmiy, ham o‘quv fani sifatida rivojlanishda davom etmoqda. Shuning uchun, o‘quvchilar – odamning harakat imkoniyatlarini testlashning nazariy asoslarini, sport–pedagogik o‘lchashlarning nazariyasini hamda sport–pedagogik o‘lchashlarni tahlil qilishning matematik statistika usullarini va baholash nazariyasini, jismoniy tarbiya va sportda qo‘llaniladigan ma’lumotlarini o‘lchash va tahlil qilish tizimlari va usullarini, texnik prinsiplarini pedagogik nazorat masalalarini bilishlari va amaliy ishlarida qo‘llashlari zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqib uslubiy qo‘llanma “Sport ta’limi muassasalari maxsus fani o‘qituvchisi” yo‘nalishi bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab -internati hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati maxsus fan o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari va 5112000 jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishlaridagi bakalavr talabalariga uchun mo‘ljallangan.
Ulubiy qo‘llanmani tayyorlashda mualliflar zamonaviy adabiyotlardagi ma’lumotlardan foydalangan bo‘lib, ularning ro‘yxati keltirilgan. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikr va mulohazalar mualliflar tomonidan minnatdorchilik bilan qabul qilinadi hamda kelgusida, albatta hisobga olinadi.



Download 321.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling