MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………..…6
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – iqtisodiy faoliyatning tushunchasi, ahamiyati va vazifalari ..……………………………...7
2.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ………13
3. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishlari va istiqbollari. ………………………………………... 18
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat dasturi to’g’risida..................................................24
Xulosa……………………………………………………………….....34
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………….....……37
Kirish
Mavzuning dolzarbliligi: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta'minlash, huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin, deyiladi hujjatda. Shuningdek, farmonda aytilishicha, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab, tadbirkorlik sub'ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi. Nazorat qiluvchi organlarbundan keyin rejadan tashqari tekshirishlar o'tkazishni tashkil qilish huquqiga ega emasligi qayd etiladi.
Ayni vaqtda yuridik shaxslar tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo'yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o'tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa idoralarga farmon yuzasidan mas'uliyatlar yuklatiladi.
Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlarning davlat organlariga bo'lgan ishonchini mustahkamlash, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, korruptsiya ko'rinishidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va "Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun loyihasiga o'zgartirishlar kiritish, xususiy mulk daxlsizligini ta'minlashga, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati to'xtatib qo'yilishiga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan takliflarni kiritish belgilangan tartibda amalga oshirilishi aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |