Mavzu: O’zbekiston Respublikasida kichik biznesni rivojlantirishning asosiy yónalishlari Bajardi: S44-19 guruh talabasi Murodjonov Dilshodbek Rahbar: Nabieva H. M farg`ona – 2022


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat dasturi to’g’risida


Download 483.75 Kb.
bet7/8
Sana21.06.2023
Hajmi483.75 Kb.
#1643425
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat dasturi to’g’risida.

O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta o‘zgartirishlari qat’iy va izchil amalga oshirilmoqda.
Davlatga tegishli turar joy to‘liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln kvartira aniq egalari qo‘liga tegdi. Kichik xususiylashtirish tugallandi. Savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, uncha katta bo‘lmagan korxonalar amalda to‘liq xususiy mulk qo‘liga o‘tdi. Agrofirmalar, dehqon xo‘jaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xo‘jalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xo‘jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko‘lamda olib borilmoqda. Xususiy tadbirkorlik subyektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortig‘i yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari bilan ishlamoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln so‘mlik 342,1 ming aksiya sotildi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug‘urta kompaniyalari respublikada o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda.
Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o‘zgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo‘nalishlarini belgilaydi.
Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug‘ullanish istagi “kasalligini” yuqtirish

qishloq xo‘jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish bilan ta’minlash maqsadida qishloqda yangi ish o‘rinlari tashkil etish



Dastur davlatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, tashabbusli, yaratuvchi bozor jarayoni asosida O‘zbekiston aholisining keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur to‘rtta qismni — kichik biznesni rivojlantirish, ayniqsa qishloqda faol rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatishi uchun bozor infrastrukturasi va shart-sharoitlar yaratish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, moliyaviy ta’minot va tashkiliy tadbirlar qismlarini o‘z ichiga oladi.
Bozor infrastrukturasini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish2
1. Qishloqda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish infrastrukturasini ustuvor rivojlantirish amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor melioratsiya, gidrotexnika, elektr energiyasi inshootlari va tarmoqlarini rivojlantirishga, yerlarni sug‘orishga, eroziyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishga, ko‘p yillik ko‘chatlar ekish, sanoatning qayta ishlovchi korxonalarini qurish va texnika bilan qayta uskunalashga qaratiladi. Qishloq joylarda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muhandislik va ishlab chiqarish infrastrukturasi obyektlari, vodoprovodlar, kanalizatsiya tizimi va inshootlari, gaz va elektr ta’minoti tarmoqlari, yo‘llar, telekommunikatsiya tizimlari ustuvor ko‘riladi. Qishloqda ishlab chiqarish infrastrukturasini shakllantirish davlat dasturi va mahalliy dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Qishloqda bozor infrastrukturasini tashkil etish va uni jadal yaratish jarayonlarini boshqarish, uni jahon iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida respublika viloyatlarida bozor qayta o‘zgartirishlarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga, bozor infrastrukturasini rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirishga, respublika ichki va tashqi iqtisodiy xo‘jalik aloqalarini muvofiqlashtirish va rivojlantirishga da’vat etilgan Tadbirkorlik departamentlari tashkil etiladi.
Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fondining xususiy tadbirkorlarga va kichik biznesga kreditlar berish, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashni, ularning ustav sarmoyalarida ishtirok etishni, maslahat va axborot xizmatlari shaklida texnik yordam ko‘rsatishni amalga oshiruvchi hududiy tarmoqlari rivojlanadi. Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni sug‘urta yo‘li bilan himoya qilish bo‘yicha hududiy agentliklar tashkil etiladi. Bu agentliklar tadbirkorlik tavakkalchiliklarini imtiyozli shartlarda sug‘urta yo‘li bilan himoya qilgan, to‘lanmagan qarzlar uchun qarzdorlarning javobgarligini sug‘urta qilgan, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan chet el investitsiyalari sug‘urta yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlagan holda kichik va xususiy korxonalarning kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olishlari uchun investitsiya loyihalarini baholaydilar va ekspertizadan o‘tkazadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa fondlar, sug‘urta muassasalari tashkil etiladi.
Respublika mintaqalarida davlat organlarida tadbirkorlik tuzilmalari manfaatlarini ifodalaydigan, bozor konyunkturasini o‘rganishda, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va tarqatishda, korxonalarni ro‘yxatga olishda, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar ta’sis hujjatlarini tayyorlashda, yuridik va texnik maslahatlar berishda ko‘maklashadigan “Tadbirkorlar palatasi” tashkil etiladi.
Qishloqda qishloq joylardagi kichik va xususiy korxonalarga resurs ta’minotida, mahsulotni sotishda va transport xizmati ko‘rsatishda yordam beradigan, mahsulotni saqlash, qayta ishlash va sotishni amalga oshiradigan, aholiga kommunal, maishiy, tuzatish-qurilish xizmatlari ko‘rsatadigan, jamoa, dehqon xo‘jaliklari a’zolari, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarini o‘qitadigan, axborot ta’minoti va yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatadigan Biznes markazlar tashkil etilmoqda.
Xususiy qo‘yilmalarga asoslangan, ilg‘or texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun butlovchi buyumlarni sotib olish uchun mablag‘larni birinchi navbatda maqsadli ayirboshlash huquqiga ega bo‘lgan agroinvestitsiya firmalari tashkil etilmoqda, kontraktlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi organlarida ruxsat beruvchi tartiblarsiz ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Faoliyat turlari bo‘yicha mayda ishlab chiqaruvchilarning uyushmalarini tashkil etishga yordam berilmoqda, bu uyushmalar o‘z manfaatlarini jamoa yo‘li bilan himoya qilishi, xo‘jalik yuritishning ilg‘or usullarini yeyishi lozim.

Kredit muassasalarini rivojlantirish, ixtisoslashgan tijorat banklari tarmog‘ini, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy sarmoya ishtirok etgan tijorat banklari tarmog‘ini kengaytirish davom etmoqda. Savdo uylari, investitsiya kompaniyalari, investitsiya vositachilari, fond do‘konlari, kliring va agentlik tarmoqlari faoliyati kengaytirilmoqda. Kichik va xususiy korxonalarni axborot bilan ta’minlashda, bozor konyunkturasini o‘rganayotgan, bozor imkoniyatlariga axborot xizmati ko‘rsatishni taklif etayotgan xususiy korxonalar ishida, tarmoqlararo ma’lumotlar bankini yaratishda yordam berilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosili nobudgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, uning to‘siqsiz qabul qilinishi, saqlanishi va keyinchalik iste’mol tarmog‘ida tahsimlanishini ta’minlash maqsadida kichik va xususiy ulgurji-vositachilik tuzilmalari, ixtisoslashgan bozorlar, ulgurji do‘konlar, bazalar, saqlash joylari, omborxonalar jadallik bilan rivojlantirilmoqda. Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori nav urug‘lari va ekish materiallari bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun qishloq joylarda urug‘ yetishtiradigan hamda ularni sotadigan urug‘chilik korxonalari tashkil etilmoqda. Qishloqdagi tadbirkorlarga tuzatish-tiklash, agrokimyo, zooveterinariya va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatadigan agroservis korxonalari tashkil etilmoqda.

3. Davlat migratsiya jarayonlarini qishloq foydasiga o‘zgartirishga demografiya siyosati o‘tkazilishini, oilani har tomonlama rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilishini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash va uni rag‘batlantirish yo‘li bilan aholini ish bilan ta’minlashni amalga oshiradi. Aholining qishloqda o‘rnashib qolish jarayonini rag‘batlantirish va uni kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sohasidagi ishga jalb qilish maqsadida qishloq joylarda shaharga nisbatan (aholi jon boshi hisobiga) turar joy, ta’lim, madaniyat va sport, sog‘liqni saqlash obyektlarini qurishda, gazlashtirish, suv va elektr ta’minotida, telefonlashtirishda, aloqada, kommunal obyektlarni qurishda, radio va televideniye xizmatlarida afzalliklar yaratish nazarda tutiladi.


Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida ijtimoiy sohani rivojlantirishga investitsiyalar ulushini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ijtimoiy soha obyektlarini aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berish yo‘li bilan ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Normativ hujjatlar ishlab chiqilmoqda va mulkda davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni boshqarish huquqini nodavlat tuzilmalariga (xo‘jalik uyushmalariga) berish tizimidan davlat mulkini boshqarishning trast shartnomalari tizimiga o‘tish amalga oshirilmoqda. Turli mulkchilik va tashkiliy shakllarga ega bo‘lgan korxonalar namunaviy ta’sis hujjatlari paketlari tasdiqlanmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini yagona talqin qiluvchi sharhlar tayyorlanmoqda. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tarmoq va mintaqa dasturlarini ishlab chiqish, korxonalarning davlat bilan mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarini tuzishlariga oid tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik materiallar tayyorlanmoqda.
2. Davlat boshqaruvi organlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlashda, texnoparklar, lizing korxonalari, biznes-inkubatorlar, ishlab chiqarish-texnologiya markazlari tarmoqlarini va infrastrukturaning boshqa obyektlarini yaratishda yordam berishga oid chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni amalga oshirmoqdalar.
Davlat organlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ishlab chiqarishni joylashtirish hamda ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalar va boshqa mahsulot turlarini yetkazib berishga oid tadbirlarni amalga oshiradilar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ulgurji bozorlar, yarmarkalarni uyushtirish va ular faoliyatlarini tashkil qilishda, shu jumladan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarish va yordamchi binolarni, davlat mulki bo‘lgan boshqa mol-mulkni berish yo‘li bilan ko‘maklashadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini ishlab chiqarish-texnologiya jihatdan qo‘llab-quvvatlash imtiyozli shartlarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ishlab chiqarish-texnologik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.
Qishloq joylarda raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishni, eksport hajmini ko‘paytirishni, ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirishni, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilashni, qishloqda qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etishni ta’minlaydigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalariga birinchi navbatda yordam beriladi. Iqtisodiyotning ustuvor sohalarida va eng avvalo qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda qayta ishlash, oziq-ovqat, sanoat tovarlari, xalq iste’mol tovarlari, dori-darmonlar va tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, kommunal va maishiy xizmatlar ko‘rsatish, turar joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarni qurish, innovatsiya faoliyati va ilm-fanni ko‘p talab qiladigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida kichik biznes va xususiy korxonalarga imtiyozlar va afzalliklar beriladi. Qishloq xo‘jaligi xomashyosi va mahalliy xomashyoni qayta ishlash uchun zamonaviy texnologik asbob-uskunalar to‘plamlarini yetkazib berish tashkil etiladi, kooperatsiyalashgan servis xizmati tizimi tashkil etiladi. Mini zavodlar va mini texnologiyalarni tayyorlovchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi.
Ilmiy-texnika va ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash, standartlar va mahsulotlar sifati sohasidagi tartibga solishlar yo‘li bilan kichik biznes va xususiy korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlarning raqobatga bardoshliligini oshirish chora-tadbirlari tizimi ishlab chiqilmoqda. Kichik va xususiy korxonalarni jadal texnik qayta jihozlash rag‘batlantiriladi. Texnologik inkubatorlar modellari, qayta ishlovchi va mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar namunaviy loyihalari yaratilmoqda, ularni keng joriy qilish va yangi texnologiyalar sharoitlarida yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish tashkil etiladi. Keyinchalik kichik va xususiy tadbirkorlarga sotish uchun tamoman yangi mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi litsenziyalarini sotib olish amalga oshiriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanilmayotgan binolar belgilangan tartibda ijaraga beriladi, tugallanmagan qurilishning ishlab chiqarish obyektlari va foydalanilmayotgan asbob-uskunalari kimoshdi savdolari va tanlovlar orqali sotiladi. Qishloqdagi davlat mulki obyektlarini mahalliy aholiga tegishli bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ustuvor berish maqsadida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida davlat mulkini sotish bo‘yicha yopiq tanlovlar o‘tkaziladi. To‘xtatib qo‘yilgan va foydalanilayotgan asosiy fondlarni va ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek ijtimoiy infrastruktura obyektlarini kichik va xususiy tadbirkorlarga sotish tashkil etiladi.
Korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini baholashni, bozor talablarini hisobga olgan holda ularni texnik, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy qayta o‘zgartirish rejalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi xususiylashtirishdan keyingi davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xo‘jalik yurituvchi subyektlari barqarorligini ta’minlash uchun korxonalarni qayta tuzish va qayta ta’mirlashni mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlash tartibi joriy etiladi. Keyinchalik ishlab chiqarishda joriy etish uchun asbob-uskunalar va mini texnologiyalarning, shu jumladan chet el asbob-uskunalari va mini texnologiyalarining doimiy ishlovchi ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
3. Davlat organlari yangi ilmiy-texnika infrastrukturasi, shu jumladan fanga va ilmiy ishlab chiqarishga, kichik va xususiy firmalarga, kompaniyalarga, markazlarga xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi, funksional, ilmiy ishlab chiqarish infrastrukturasi barpo etilishiga ko‘maklashadi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmati ko‘rsatish imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi. Kredit muassasalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining ahvoli va aksiyalar kotirovkasi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ehtimol tutilgan sheriklar haqidagi axborot e’lon qilinadi. Marketing, boshqaruv maslahati, audit, reklama, kontrolling, tashqi iqtisodiy operatsiyalar sohasida ixtisoslashtirilgan kichik va xususiy korxonalar tizimi yanada rivojlanadi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash muammolari bo‘yicha ilmiy, ma’lumotnoma va o‘quv adabiyoti, har chorakda chiqadigan “Xususiylashtirish” byulleteni, komplekt asbob-uskunalar kataloglari, biznes-kataloglar nashr etiladi.
4. Ijtimoiy himoya qilish tizimidan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini aniq farqlashni nazarda tutuvchi prinsipial yangi tizimga o‘tish maqsadida amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda darajalar (korxona, hudud, respublika) bo‘yicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy kafolatlar barcha fuqarolarga, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga zarur minimumda berilishi belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlar tarkibi, tuzilmasi va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Darajalar bo‘yicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, birinchidan, muayyan muddatga beriladi, ikkinchidan, tegishli budjetning ahvoli bilan to‘liq bog‘lik bo‘ladi, uchinchidan, iqtisodiy islohotning u yoki bu bosqichida shakllangan shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash qonun hujjatlari bilan ham, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining, korxonalarning egalari va rahbarlarining qarorlari bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
5. Davlat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishni ta’minlaydi. Aholini ish bilan ta’minlash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan kadrlarni qayta tayyorlash tizimi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ehtiyojlarini ko‘zlab qayta yo‘naltiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar. Kasbga yo‘llash tizimi tashkil etiladi, biznes-inkubatorlar barpo etiladi.
Barcha oliy va o‘rta o‘quv yurtlarida bajarilishi majburiy bo‘lgan qishloq yoshlarini o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kvota belgilanadi. Kvotalash tartibi va shartlari, kadrlar tayyorlash va bitiruvchilardan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimida foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat o‘quv yurtlarida tadbirkorlik tuzilmalari uchun mutaxassislar va kichik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika va mahalliy budjetlar hisobidan, shuningdek o‘quv yurtlari bilan korxonalar o‘rtasida tuziladigan kontrakt asosida amalga oshiriladi. Mutaxassislar va ishchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish majburiy hisoblanadi hamda davlat organlari tomonidan ko‘rsatilgan muddatlarda vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladi. Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnomalari bajarilmagan taqdirda kichik va xususiy korxonalar moddiy xarajatlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli budjetga to‘laydilar.
6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport-import operatsiyalarida qatnashishini kengaytirish, shuningdek ushbu subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy sarmoya investitsiya loyihalari, chet elda reklama tashkil etish asosida jalb etiladi. Chet el investitsiyalari ochiq tender asosida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida hamda maxsus investitsiya savdolari orqali, shuningdek boshqa usullar va mexanizmlar vositasida jalb etiladi. Chet el investorlari jalb qilingan holda texnikaviy yordam dasturlari doirasida pilot loyihalari amalga oshiriladi, yangi ilmiy-texnika infrastrukturasi fanga va firmalar, kompaniyalar, markazlarning ilmiy ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi, funksional, ilmiy-ishlab chiqarish infrastrukturasi tashkil etiladi. Tarifli bojxona boshqaruvi takomillashtiriladi.
Davlat dasturini amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash3
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash iqtisodiyotning normal mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani barpo etish qismi bo‘yicha budjet mablag‘lari hisobidan, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida olingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar berishda paydo bo‘ladigan budjetning, kredit, sug‘urta muassasalari va korxonalarining yo‘qotishlarini kompensatsiya qilishga, kreditlarga kafolat berishga va tadbirkorlar faoliyatini sug‘urta qilishga da’vat etilgan Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond) tashkil etildi.

XULOSA
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi lozim. Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bo`lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshi-rishga ko`maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobi-liyati va mahoratini namoyon qilish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko`paytirishga va jahon integrastiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirishga va uning huquqiy bazasi-ni mustahkamlashga davlat tomonidan katta e`tibor berilmoqda. O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya va maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikning yakka tar-tibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat ko`rsatadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o`z ifodasini topa-di. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko`p. Ularni - xususiy firmalarga; - shirkat firmalariga; - davlat korxonalariga; - aralash firmalarga ajratish mumkin. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar kichik biznes sub`ektlari bo`lib hisoblanadilar. Ulardagi xodimlarning o`rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmasligi kerak. Kichik korxonalar fuqarolar, oila a`zolari va boshqa shaxslar tomonidan, davlat, ijara, jamoa, qo`shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, xo`jalik uyushmalari, jamoat tashkilotlari tomonidan yoki mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi asosida amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi. Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilovchi mezon-lar bo`lib, xodimlar soni, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, sotish hajmi va asosiy kapitalning balans qiymati hisoblanadi. O`zbekistonda esa kichik biznesni belgilovchi mezon bo`lib, unda ishlovchi xodimlarning o`rtacha soni hisoblanadi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda.

Mazkur kurs ishi quyidagilarni xulosa qilib aytish mumkin:
1. Bugungi kunda iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlardagi o‘zgarishlarning bosh yo‘nalashlarini belgilovchi tub iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratadi. Bu islohotlar mohiyatini, tuzilmasini, davomiyligini va samarasini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati qonuniyatlari o‘zida ifoda etadi. Bu qonuniyatlar tizimi nazariya va amaliyotdagi sifatiy o‘zgarishlarning o‘zaro aloqadorligida, ularning samaradorligida, tadbirkorning jamiyatdagi bosh ―ichki kuchi‖ bo‘la olishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishdagi roli, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda, rivojlanishda demokratik tamoyillarning mustahkamlanishida o‘zini namoyon qiladi.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga marketingni qo‘llanilishining xos qonuniyatlar tizimini bilish shuning uchun ham zarurki, ulardan foydalanishning samarali mexanizmini ishlab chiqish orqali bu faoliyatni rivojlantirish bilan bog‘liq tub iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bunday mexanizmni shakllanib borishida asosiy yo‘nalishlar sifatida quyidagilarni kiritish mumkin: yuqori saviyadagi xizmatini tashkil etish, sanoatni afzal yo‘nalishlar bo‘yicha o‘sishini davlat tomonidan rag‘batlantirish va innovasion jarayonlarni, jumladan, kichik ishlab chiqarish loyihalariga investisiya 90 ulushini ko‘paytirish, soliqqa tortish tizimidagi siyosatni yumshatish, aholi mablag‘larini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishni rag‘batlantirish, tovar, moliyaviy va axborot texnologiyalari bozorlarini, tashqi iqtisodiy faoliyatni yengillashtiruvchi shart-sharoitlar yaratish va hakozalardir.
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish miqyosi jamiyatda amal qilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiysiyosiy xususiyatlarga bog‘liq ravishda olib borilishi lozim. Shu bilan birga, iqtisodiyotdagi modernizasiyalash sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning umumiy qonuniyatlari quyidagicha belgilanishi lozim: - iqtisodiy hayotda davlatning ishtiroki shunday me‘yorda olib borilishi zarurki, bu holat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ustunlikka erishib borishiga yordam bersin; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini istiqbolda rivojlantirish uchun davlatning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga bevosita aralashuvi qisqarib borishi lozim;
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bu jarayonni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishda bosh harakatlanuvchi kuch- bu tadbirkor shaxs hisoblanadi. Shuning uchun, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosan inson omilini faollashtirishdan, tadbirkorlik qonuniyatlarini chuqur anglagan va ulardan tub islohotlar uchun mohirona foydalana oladigan, jamiyatda tadbirkorlik ruhi bilan yangi sifatlar bag‘ishlay oladigan shaxslarning shakllanishi bilan bog‘liqdir.
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hamma qonuniyatlari va unsurlari kashf etib bo‘lindi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yuritishga xos usullar o‘zlashtirildi va bu qonuniyatlardan ongli ravishda foydalanishning bakamu-ko‘st mexanizm yaratilgan deb xulosaga kelishga hali barvaqtdir. Mamlakatimiz iqtisodiyoti bu yo‘lning boshlanishida turibdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati qonuniyatlarini yaxlit bir tizim sifatida tadqiq etish lozim



Download 483.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling