Mavzu: O'zbekiston respublikasida mehnat bozorining shakllanishi va ishsizlikni o'ziga xos xususiyatlari


Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish mexanizmlari


Download 164 Kb.
bet6/7
Sana12.02.2023
Hajmi164 Kb.
#1190672
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu O\'zbekiston respublikasida mehnat bozorining shakllanishi

2.2 Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish mexanizmlari
Mamalakatimiz birinchi Pezidenti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asarida O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘li sifatida 2009 yilga muljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustvor yo‘nalishi: “mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish” belgilab berilgan.
Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini o‘z ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni bajarilishini ta’minlovchi funksional tuzilmalar tuzish zarur. Bu funksional tuzilmalarning yaratilishi mehnat bozorida samarali davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi bo‘lib hisoblanadi. SHuningdek, funksional tuzilmalar faoliyatining belgilangan masalalar bo‘yicha maqsadidan kelib chiqqan holda o‘zaro birikishi ular o‘rtasida aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar takrorlanishini minimumgacha tushirishni ta’minlaydi.
SHunday qilib, aniq belgilari bo‘yicha bir qancha tashkiliy bloklarning o‘zaro aloqadorligini o‘z ichiga oluvchi tashkiliy tizimlar quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:

  • ishga joylashtirish imkoniyatlarini rivojlantirish, ish bilan bandlik dasturi hamda ishga joylashtirishga kumaklashish bo‘yicha tashkiliy tizim;

  • statistik tadqiqotlar o‘tkazish, mehnat bozorini tahlil qilish va istiqbollashtirish va sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tizim;

  • ish bilan bandlik xizmatining rivojlanishi, personalni boshqarish, ish bilan bandlikka ko‘maklashni moliyalashtirish bo‘yicha tashkiliy tizim;

  • ixtisoslashgan ish bilan bandlik (adminstrativ - boshqaruv xodimlarini ishga joylashtirish masalalari, migrantlar, nogironlar, qishloq aholisi, jamoat ishlari, vaqtinchalik ishga joylashtirish).

YUqorida keltirilgan tuzilmaviy tizimlar, bir tomondan - funksiyalar bajarilishining bir xilligi bo‘yicha, ikkinchi tomondan - aloqa turi bo‘yicha turli darajalardagi aloqalarni yuzaga keltiradi.
Hududiy darajadagi ish bilan bandlik xizmati organlarining ierarxik (pog‘anali) tuzilishi viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi va uning joylardagi mehnat bo‘limlaridan iboratdir.
Bizningcha, hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari alohida yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘limlar ko‘rinishidagi tashkiliy tuzilmalar safatida iborat bo‘lmasligi kerak. CHunki, alohida funksional yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘limlarning mavjudligi ular o‘rtasida tajriba va axborot almashish samaradorligini pasaytiradi.
Shunday ekan, ish bilan bandlik xizmati organlari bir qancha yo‘nalishlarni birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi zarur. Hududiy ish bilan bandlik xizmati va uning joylardagi mehnat bo‘limlari o‘rtasida samarali munosabatlarni ta’minlash hamda mehnat bo‘limlari mutaxassislari ishlarining samaradorligini oshirish uchun joylardagi mehnat bo‘limlari ish faoliyatlarini qayta qurish zarur.
Tuman mehnat bo‘limlarining ishsizlar bilan ishlashi alohida funksional qismlari faoliyati yakka tartibda va aniq izchillikda olib boriladi. Ishsizlar bilan ishlashning birinchi bosqichida mehnat bo‘limiga murojaat qilgan kishi ishsiz sifatida ro‘yxatga olingandan keyin, ishga joylashtirish bo‘yicha inspektor mos ish joyini izlaydi. Inspektorning bu faoliyati 1-1,5 oyni tashkil etadi. Keyingi bosqichda mijozning ish bilan band bo‘lmaganlik (agarda u ishlayotgan bo‘lmasa) sabablari aniqlanadi. Bunda ishsiz fuqaro kasbga yo‘naltirilishi yoki qayta o‘qitishga yuborilishi mumkin. Bu jarayon 1 haftadan 1 oygacha muddatni olishi mumkin. Ishsiz bilan ishlashning keyingi davriga 1,5 dan 2 oygacha vaqt ketishi mumkin. Demak, mijozning ishsiz sifatida ro‘yxatda bo‘lish davri o‘rtacha 5 oy chegarasida tebranib turadi.
Tuman mehnat bo‘limlarida ham ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning ishsizligining davomiyligini qisqartirish maqsadida, bir necha mutaxassislarni birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi kerak.
Biz tuman mehnat bo‘limlarida turli yo‘nalishlardagi ishlar bo‘yicha bir necha mutaxassislarni o‘z ichiga oluvchi komanda yoki qism ko‘rinishidagi tuzilmalarni tashkil etishni taklif etamiz. Masalan:

  1. Ishga joylashtirish bo‘yicha xodim (yoki xodimlar), ular ishsizlarning hujjatlarini dastlabki tekshiruvini o‘tkazish, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha har tomonlama (ish haqi to‘g‘risida, mehnat xarakteri to‘g‘risida) axborotlar to‘plash kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanishlari mumkin;

  2. Ish beruvchilar bilan ishsizlarning uchrashuvlarini tashkillashtiruvchi va ish beruvchilar bilan ish uchun javobgar xodim;

  3. Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatchi xodim va qayta o‘qitish bo‘yicha mutaxassis. Bunday komandalarning funksional majburiyatiga ishchi kuchiga talab haqida axborotlarni to‘plash, korxonalar uchun xodimlar tanlash, mehnatni tashkil etish masalalari bo‘yicha tadbirkorlarga maslahatlar berish va boshqalar kiradi.

Bunda komandalarning samarali ishlashi uchun tuman mehnat bozori segmentlari bo‘yicha ajratish mumkin (hududiy belgilari bo‘yicha, iqtisodiy belgilari bo‘yicha va boshqalar). Mehnat bozorida tarmoq belgilari bo‘yicha segmentlarga ajratilishi natijasida har bir tarmoqda mutaxassis - xodimlarning ixtisoslashishi tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasidagi faoliyatlarining samaradorligini oshiradi. Mehnat bozorida ish bilan bandlik masalalarini echishning bunday shaxsiy yondashuvi tuman ish bilan bandlik xizmati mutaxassislarining javobgarligini oshiradi hamda ish bilan bandlik xizmati organlarining yo‘llanmasi bilan ishsizlarni ishga qabul qilishda ish beruvchilarning rad etishini kamaytiradi.
Huningdek, eng birinchi - ishsizlarga xizmat ko‘rsatish vaqti qisqaradi, bu esa, ishsizlikning o‘rtacha davri qisqarishiga olib keladi
Mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazoratini olib borayotgan shaxslarga va tashkilotlarga nisbatan ma'muriyatning asosiy vazifasi nazorat qiluvchi shaxslarning takliflarini qo'llab-quvvatlash va ularning ishlarini amalga oshirishni tezlatish hamda yordam ko'rsatishdan iborat.
Ma'muriyatning kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda olib borayotgan unumli nazorat usullaridan biri uch bosqichli nazorat usulidir: birinchi bosqich ish joylarida, ikkinchi bosqich sexda va uchinchi bosqich butun zavod bo'yicha. Bu usul kasaba uyushmasi aktivi bilan ma'muriyat o'rtasidagi mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ish joyida tatbiq qilish, mehnat madaniyatini yaxshilash va ish sharoitini sog'lomlashtirish borasidagi tadbirlarni birgalikda olib borish imkoniyatini yaratdi.
Master nazoratning birinchi bosqichini mehnatni muhofaza qilish jamoat inspektori va grafik bo'yicha navbatchi o'z-o'zini na-zorat qiluvchi ishchi bilan birgalikda o'tkazadi. Ular ish boshlan-gunga qadar ishchilar bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida besh minutli suhbat o'tkazadilar, so'ngra ish joylari, ish qurollari, to'siq qurilmalarining borligi va to'g'riligini tekshiradilar. Aniqlan-gan kamchiliklar tuzatiladi. Ish davomida ular ishchilarning tex-nologik hujjatlarga, xavfsizlik texnikasining qo'llanmalariga qanday rioya qilayotganliklarini kuzatib boradilar, shuningdek, ishchilarning ish joylariga, yo'lka va o'tish joylariga, havo muhitining tozaligiga, ish joylarining yoritilishi masalalariga e'tibor beradilar, hamma kuzatilgan kamchiliklar hamda ishchilar tomonidan kiritil-gan taklif va mulohazalar ayrim jurnalga yozib qo'yiladi. Master aniqlangan kamchiliklarni yuqotish chora-tadbirlarini ko'radi. O'zi bartaraf qilishi mumkin bo'lmagan ba'zi bir kamchiliklarni tugatish chora-tadbirlarini ko'rish iltimosi bilan sex boshlig'iga murojaat qiladi. Master tartibbuzarlarning familiyalarini va buzilgan tartibning mohiyatini maxsus tutilgan daftarga yozib qo'yadi va bu haqda tartib buzuvchini ogohlantiradi, har qanday tartibbuzarlik holatlari keyingi smena boshlanishi oldidan o'tkaziladigan yo'riqnomada muhokama qilinishi shart.
Nazoratning ikkinchi bosqichini har haftada javobgar rahbar xodinf kasaba uyushmasi sex qo'mitasi raisi yoki sex qo'mitasining mehnatni muhofaza qilish komissiyasining raisi bilan birga sex texnika xizmati xodimlari ishtirokida amalga oshiradi. Ular sex tarmoqlarini aylanib, sexda mehnatni muhofaza qilish ahvolini ko'zdan kechiradilar, oldingi galda belgilangan va birinchi bosqich nazorati tomonidan aniqlangan chora-tadbirlarning qanday bajarilganligini kuzatadi, aniqlangan barcha kamchiliklar va bajarilmagan chora-tadbirlar, shuningdek, ishchilarning takliflari sex jurnaliga yozib qo'yiladi. Ko'rik o'tkazib bo'lingandan keyin tartib buzish sabablari muhokama qilinadi, aniqlik kiritilgan qo'shimcha chora-tadbirlar, bajaruvchi shaxslar va bajarish mud-dati belgilanadi. Sex komiteti mehnatni muhofaza qilish komissi-yasi va jamoat inspektorlari orqali ko'zda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilib turadi.
Nazoratning uchinchi bosqichini sanoat korxonasining bosh injeneri, zavod kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi, xavfsizlik texni-kasi xizmati boshlig'i (xavfsizlik texnikasi injeneri), bosh mexanik, korxona bosh energetiki, tibbiyot bo'limi boshlig'i, sex tibbiyot xodimi amalga oshiradi. Ular sexlarni maxsus grafik bo'yicha oyiga bir marta aylanib chiqadi, birinchi va ikkinchi bosqich bo'yicha o'tkazilgan nazorat natijalarini tekshiradi, sexda hal qilinmagan xavfsizlik texnikasining jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlarini aniqlaydi. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarni, shuningdek, sexda mehnat madaniyatini yuksaltirish vositalarini belgilaydi.
Tekshirish natijasi majlisda muhokama qilinadi, ishlab chiqarish bo'limlari rahbarlarining kamchiliklarni tugatish borasidagi ish-lari haqida hisobotlar tinglanadi, jamoat inspektorlari mehnatni muhofaza qilishning hal qilinmagan masalalarini o'rtaga tashlaydilar. Majlis xulosasi asosida korxona rahbari tomonidan korxona bo'yicha buyruq chiqariladi.
Katta sanoat korxonalarida uchinchi bosqich nazoratini bosh injener o'rniga tekshirilayotgan sex bo'yicha bosh mutaxassislar boshqarishlari mumkin. Masalan, bosh metallurg quyish, metallarga issiq ishlov berish sexlarini tekshirish komissiyasini boshqarishi mumkin, bosh texnolog metallarga sovuq ishlov berish, yig'ish sexlarining tekshirish komissiyalarini boshqarishi mumkin.
Sanoat korxonalarida mehnat qonunlari buzilmasligining tar-moq nazoratini vazir va birlashmalar bo'ysunish tartibi bilan amalga oshiradi.

XULOSA

  1. Faol siyosat sifatida biz, mehnat bozori tuzilmaviy kamchiliklarini bartaraf etish, ularning faoliyatlari samaradorligini oshirish, xususan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarlarining samaradorligini oshirish tadbirlari va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagilarni taklif etamiz:

  • ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish tartiblarini aniqlovchi, xususan, davlat me’yoriy hujjatlarini yaratilishida doimiy va faol qatnashuvchi bo‘lishi zarur;

  • mehnat bozoridagi holatlarning rivojlanishi tarkibiy ishsizlikni ishlab chiqarishning tarkibiy jihatdan qayta qurish dasturiga muvofiq ravishda qat’iyan jadal hal etishni ko‘rsatmoqda.

  1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining rivojlanishida uning asosiy funksiyalaridan biri, mehnat bozorida samarali tadbirlarini va ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlashi zarur.

Mehnat bozorining samarali shakllanishi uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirish lozim:

  • iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy o‘zgarishlarga muvoffiq ravishda kasbiy-malaka tizimi bo‘yicha uzoq muddatli istiqbollashtirishni amalga oshirish;

  • korxonalar va firmalarda ish joylarining mavjudligi va holatini baholashni tashkil etish, kasbi va malakasi bo‘yicha har bir ish joyi uchun kadrlarga bo‘lgan talabni ob’ektiv hisobini amalga oshirish;

  • statistika organlari bilan birgalikda viloyatdagi jami korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan talabning to‘liq hisobini yuritish;

  1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlari funksiyalarining to‘liq bajarilishi uchun mehnat bozorida raqobatchilik muhitini shakllantiruvchi va uning turli segmentlaridagi faoliyatlar samaradorligini ta’minlovchi ixtisoslashgan va universal davlat mehnat birjalarini yaratish hamda ularning davlat ish bilan bandlik xizmati organlari bilan ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o‘zaro aloqadorliklarini va hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish zarur.

  2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining turli yo‘nalishlardagi samaradorligini har tomonlama baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, uning xo‘jalik faoliyatiga baho berishda aniq xulosalar chiqarish imkonini yuzaga keltiradi.

Biz quyidagi ko‘rsatkichlarni ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning amaldagi kompleks ko‘rsatkichlar tizimiga qo‘shishni taklif etamiz: ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasi; ish bilan bandlik xizmati organlari ko‘magi bilan ishga joylashtirish darajasi; talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi; ish izlovchi fuqarolarni ishga joylashtirish koeffitsienti; ish bilan bandlik xizmati organlarining mehnat bozorini qamrab olish darajasi; murojaat qilish koeffitsienti; ish joylariga talabning qanoatlantirish darajasi; ishchi kuchi taklifi bo‘yicha ish joylarining qanoatlantirish darajasi.

  1. Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatilarining turli darajalarini o‘z ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni bajarilishini ta’minlovchi funksional tuzilmalarining yaratilishi mehnat bozorida samarali davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi bo‘lib hisoblanadi. Funksional tuzilmalar faoliyatining belgilangan masalalar bo‘yicha maqsadidan kelib chiqqan holda o‘zaro birikishi, ular o‘rtasida aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar takrorlanishini minimumga tushirishni ta’minlaydi.

YUqorida qayd etilgan xulosa va tavsiyalardan amalda foydalanish respublikamizda mehnat bozori infratuzilmasining samarali shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bu esa, aholini ish bilan oqilona ta’minlashning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.

Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling