Mavzu: O’zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari Mundarija


Download 77.43 Kb.
bet1/8
Sana24.04.2023
Hajmi77.43 Kb.
#1394929
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qurilishda Menejment Humoyun


Mavzu: O’zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari

Mundarija


Kirish 1
I BOB. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mazmuni, mohiyati va shakllari 4
1.1.Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tushunchasi, zarurati va mohiyati 4
1.2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari 8
1.3.Davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish subyektlari va obyektlari 15
II BOB. Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xa xususiylashtishni amalga oshirish 18
2.1.Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlari 18
2.2.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari 21
2.3.Davlat mulkini xususiylashtirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi 31
Xulosa 35
Foydalanilgan adabiyotlar 37

Kirish


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida Oʻzbekiston iqtisodiyoti ham turli mulkchilik (davlat, jamoa, fuqarolar mulki va xususiy mulk)ka va xoʻjalik shakllariga tayanadi. Oʻzbekistondagi koʻp ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat sektori, jamoa-kooperativ sektor, individual sektor, xususiy sektor, aralash sektor va xorijiy sektorlar bor. Davlat sektoriga davlat korxonalari, jamoa sektoriga har xil kooperativlar va shirkat xoʻjaliklari, individual sektorga tomorqa xoʻjaligi, yakka tartibda ishlovchilar, yakka dehqon xoʻjaliklari kiradi.
Xususiy sektorga ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga fonda beruvchi korxonalar karaydi. Aralash sektor davlat-aksiyadorlik, qoʻshma korxonalar, xorijiy sektor chet mamlakatlarga qarashli boʻlib, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarni oʻz ichiga oladi Mulkchilik tizimiga oid tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek: ― O‘tgan 2018-yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor.
Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriyhuquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma‘lum, albatta.
Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo’lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lmda amalga oshirilayotgan islohatlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor
Jamiyatning iqtisodiy negizlari deganda, jamiyatdagi mavjud iqtisodiy hayot, ishlab chiqarish vositalariga nisbatan mulkchilik shakllari, ijtimoiy yo’nalishga qaratilgan ishlab chiqarish maqsadi, jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning adolat prinsipi asosida taqsimlanish, xo’jalikni boshqarishda bozor iqtisodiyoti prinsiplariga asoslanganlik tushuniladi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Jamiyatning iqtisodiy negizini asosan mulkiy munosabatlar tashkil etadi. Kishilar tomonidan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o’ziga xos tarzda taqdim etilgan boyliklar doim mulk bo’lib kelgan. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmasligiga qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei va o’rni bevosita o’lchanib boradi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik munosabatlarini tubdan qayta ko’rib chiqishga olib keladi. Insonlarning mulkka bo’lgan huquqlarini kengayishiga bevosita asos bo’ladi. Ayniqsa, mulkni xususiylashtirish masalasi davlat oldida turgan muhim masalalaridan biri bo’lib qoldi. Bu qonun bo’yicha yer, yer osti boyliklari, ichki suv, havo havzasi, o’simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy zahiralar,madaniyat boyliklari va tarixiy boyliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi. Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar va mol-mulklarning turlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taklifiga muvofiq, Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilanadi. Demak, har qanday mulk har doim ham xususiylashtirilmas ekan.
Mamlakatimiz Oliy Majlisi tomonidan mulkchilik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular jumlasiga; mulkchilik to’g’risidagi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidagi, ijara to’g’risidagi, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risidagi va boshqa qonunlarni kiritish mumkin.
Mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib turmush sharoiti yaratib berish borasida o’z oldimizga qo’ygan maqsad va vazifalarimiz hamda mintaqa va jahon bozorlarida ro’y berayotgan o’zgarishlar, kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo’ymoqda4.
Hozirgi rivojlanish davrida xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va o’z mahsulotini sotish uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha boshlangan ishlarni davom ettirish, birja va auksion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi va hajmini kengaytirishga qaratilgan qat'iy chora-tadbirlar ko’rish, markazlashtirilgan taqsimot tizimiga qaytishga bo’lgan har qanday urinishlarga barham berish ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bo’lgani kabi, bizda ham tekshirishlar natijalari bo’yicha moliyaviy va ma'muriy jazolarni (misol uchun, xo’jalik subyekti faoliyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatadigan katta miqdorda jarima olish, korxona faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hisob raqamidan foydalanishni taqiqlash va hakozalarni) faqat sud tomonidan tayinlash tizimiga o’tish vaqti yetdi.
Ishlab chiqarishning jadal modernizatsiya qilinishi, zamonaviy quvvatlarning ishga tushirilishi iste'mol bozorini sifatli va raqobatga bardoshli mahsulotlar bilan to’ldirish imkonini bermoqda.


Download 77.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling