Mavzu: O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo'lga qo'yilishi reja


Download 27.07 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi27.07 Kb.
#1015818
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasida ta\'lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar (2)


MAVZU: O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo'lga qo'yilishi

REJA:

1 O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar
2 Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar istiqboli.

3 Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismi

1 Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish islohoti. Bu islohot 11 yillik ta`lim tizimi bilan bog`liq.
Ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko'rish;
maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o'rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug'ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob'ektlarini, bolalar musiqa va san'at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim va o'qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta'lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko'paytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini, manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi qarori (5.06.18) ham ana shu islohotlarning bir bo’g’ini sifatida qalbimizni g’ururga to’ldiradi.Ayniqsa, qarorning 7-bandidagi “oliy ta’lim muassasalariga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul kilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov dvrsi o’tkazish natijalari bo’yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko’ra amalga oshirilishi” belgilab berilgani e’tiborlidir. Bu yoshlarning mas’uliyatini oshirish bilan birga ilmga tasodifan kirib kelish,savodsizlikning oldini olishag yordam beradi. “Ustoz-shogird”tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining faol ishtiroki ta’lim sifatini oshirishga, jahon xamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallayotgan mustaqil O’zbekistonimizning buyuk kelajagini qurishda, shubhasiz, zarur deb o’ylayman.

2 O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta‘lim sohasini rivojlantirish, yosh avlodni har ma‘nan ham jismonan yetuk kadrlar etib voyaga yetkazishga alohida e‘tibor qaratilib kelinmoqda. SHu maqsadda 1992 yilda ta‘lim to‘g‘risida qonun qabul qilindi va 1997 yil 29 avgustda ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖ning yangi tahriri va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ qabul qilinishi ta‘lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni yaratdi. O‘zbekistonda olib borilayotgan ta‘lim sohasidagi tub islohatlar o‘ziga xos demokratik umummilliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil topgan. Bu xaqda to‘xtalib, Prezidentimiz I.Karimov: ―Ta‘lim tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo‘nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘limini ko‘rgan shaxslar kerak. Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizdagi ijobiy ma‘nodagi ―portlash efekti‖ga ya‘ni uning samarasiga erishamiz‖, deb ta‘kidlagan edi. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston bugun yoshlar ta‘limini rivojlantirish sohasida bu yo‘ldan dadil bormoqda. O‘zbekiston mustaqilligining yigirma ikki yilligiga respublikamiz xalq ta‘limi ulug‘ muvaffaqiyatlar bilan kelmoqda. Zero, istiqlol shunday tarixiy g‘alabaki, u ijtimoiy, jamiyatning ham, unda yashayotgan kishilarning ham siyosiy taqdirini, mavqeini o‘zgartirib yubordi. O‘zbekiston mustaqilligi – bu nafaqat siyosat, balki ma‘naviyat hamdir. O‘zbekiston mustaqilligi millatning tamoman yangi sifatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy istiqbolini belgilab berdi. Bunda respublika xalq ta‘limida amalga oshirilgan islohotlar vabu borada erishilgan muvaffaqiyatlar muhim tarixiy ahamiyat kasb etadi. Muhtaram prezidentimiz I.Karimov alohida ta‘kidlaganidek, “o’z – o’zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi murakkab va keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchiahamiyatga ega”. Demak, konstitutsiya – kadrlar tayyorlash milliy dasturining huquqiy asosi. Har bir davlatning kuch – qudrati, taraqqiyoti ijtimoiy – iqtisodiy faktorlari bilan bir qatorda aholisining, xususan, ziyoli qatlamining intellektual imkoniyatlariga, tafakkur darajasiga bog‘liq. SHuning uchun ham davlat mustaqilligining dastlabki yilidanoq yangicha, istiqloliy taffakurga ega bo‘lgan milliy kadrlar tayyorlash masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Milliy, ijtimoiy – siyosiy faol, yuksak aql – zakovatli ziyolilar masalasi har bir jamiyatda, har bir zamonda dolzarb vazifa bo‘lib kelgan.Lekin O‘zbekiston mustaqilligi uni tamoman yangicha sifat, mazmun darajasida talab qildi. Zero, sovetcha ma‘muriybuyruqbozlik andozasidagi kadrlar nomenklaturasi O‘zbekiston mustaqilligining ham, milliy davlatchiligimizning ham ijtimoiy tabiatiga, maqsad mohiyatiga zid edi. Totalitarizmga, ulug‘ davlatchilikka asoslangan tuzum hech qachon kadrlar siyosatini milliy manfaatlari yo‘nalishida qo‘ymasligi endi har bir ziyoliga ma‘lum.
Ana shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligi milliy kadr masalasini davlat siyosati darajasida hal qilish vazifasini qo‘ydi. SHu munosabat bilan prezident I.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997) “jamiyatni ma’naviy jihatdan yangilamay turibrespublika fuqarolarining yangi avlodini voyaga yetkazmay turib, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalamay turib, farovon, qudratli demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyat sari ildamlab bo’lmaydi”


3 Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o'choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarining soni 125 taga etdi.Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Aholi fikrini o'rgangan holda, sirtqi va kechki ta'lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta'limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi.Professor-o'qituvchilarning xorijdagi oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o'tashini ta'minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori
2018 yilga nisbatan o'rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta'lim muassasasi o'zini-o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazildi.Oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko'paytirib, 2 mingtaga etkazilishi oliy ta'limga qamrab olish ko'lamini yanada kengaytirdi.Ta'lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo'g'inlari o'rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o'quv yurtlari tasarrufiga o'tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o'z yo'nalishi bo'yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo'ldi.Xulosa qiladigan bo'lsak, ta'lim sohasida amalg aoshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. CHunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir.

ADABIYOTLAR:

WWW.ZIYONET.UZ

WWW.BUXDU.UZ

WWW.TIIAMI.UZ
Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling