Kurs ishining maqsadi: Hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarida turizm industriyasi iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i hisoblanadi. O’zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan tarkibiy iqtisodiy islohatlarning asosiy yo’nalishlaridan biri ham shu maqsadga yo’naltirilgan. Mazkur kurs ishida respublikamizda turizm industriyasini paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi, hamda uni takomillashtirish uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib O’zbekistonda zamonaviy turizm industriyasi xarakterini yoritib berishdan iborat. Bu maqsaddan kelib chiqqan holda kusr ishida quyidagi vazifalar belgilandi:
- Turizm industriyasining vujudga kelishi, tarixi va rivojlanish
yo’nalishlarini tahlil etish;
- O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari
va shakllarini amal qilishini tahlil etish;
- Turistik firma va korxonalarning faoliyatini tahli etgan holda turistik
mahsulot ishlab chiqarish va uni sifatini yoritib berish;
- Turizm industriyasini rivojlantirish uchun transport xizmatlarini tashkil
etishning tutgan o’rnini ko’rsatish;
- Turizm industriyasida turlarni tashkil etishda xavfsizlik yo’llari va
ekskursiyalarni tashkil etish jihatlarini yoritib berish;
- Turizm industryasida turistik aloqalarni yo’lda qo’yishda shartnomaviy
munosabatlarni o’rni va rolini ochib berish;
- Turizmni industriyasini tashkil etish va boshqarishda davlatning o’rni va
rolini ko’rsatib berish.
Tadqiqot predmeti bo’lib, O’zbekiston Republikasi turizm sohasi
korxonalari, tashkilotlari va ularning amaldagi faoliyati hisoblanadi.
Tadqiqot ob’ekti bo’lib, turistik tashkilotlar, korxonalar hisoblanadi.
Kurs ishini yozishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Farmonlari, Qarorlari, maxsus ilmiy adabiyotlar, statistik ma’lumotlardan foydalanildi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob uning tarkibiga kiruvchi 4 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |