Mavzu: O’zbekiston Respublikasida turizmni boshqarishda jamoat tashkilotlarining o’rni Mundarija: Kirish I bob. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllari


I bob. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllari


Download 189 Kb.
bet3/11
Sana12.11.2023
Hajmi189 Kb.
#1767497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turizm

I bob. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllari
O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat manzillariga har xil ―yurishlar‖ uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Narkomprosi‖da va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya byurolari va uyushmasi‖ tashkil etildi va bu ―byurolar‖ asosan o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan shug’ullandilar. XX asrning 30 yillarida O’zbekistonda turizmga bo’lgan qiziqish yanada kuchayib bordi. Turistik-ekskursiyali ishlarining tashkiliy-uslubiy rahbarligi Xalq Maorifi Komissar‖ligining ―Bosh siyosiy Oqartuv komiteti‖ga topshirildi. Turizm tashkilotchilarini maxsus markazini tashkil etish to’g’risida masala qo’yildi va ekskursiyali markaz hisoblangan ―stansiya‖lar ekskursovodlarni tayyorlay boshladilar. Mavjud bo’lgan turizm va ekskursiya tarmoqlarining tuzilmalarini kengaytirish boshlandi va yaqin hamda uzoq joylarga yuboradigan ekskursiya bo’limlari ochila boshlandi. Moskvada VAO Inturist‖ ochildi. Sovet turisti‖ jamiyati tuzilib u ―proletar jamiyati‖ bilan qo’shildi. Bu jamiyat faoliyati davlat boshqaruvi asosida olib borildi, ya’ni uning tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining Territorial tamoyili bo’yicha tuzildi. Proletar turizmi va ekskursiya‖ jamiyati tugatilib, uning moddiy-texnikabazasi Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) ga olib berildi va uning qoshida ―Turistik-ekskursiyali boshqarma tuzildi.
Samarqand viloyatidagi shahar va qishloqlarida ham ―Rossiya hissadorlik jamiyati, ―Proletar turizmi firmalari va keyinchalik ―Sovet turizmi shahobchalari turistik faoliyatlarini olib bordilar.
Mamlakatimizda turizm industriyasi masalalari ―davlat siyosati‖ darajasiga ko’tarilgan va turizm industriyasi muammolari bilan bevosita shug’ullanish Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) qoshida ―Turistik-ekskursiyali uyushmasi‖ (TEU) tuzildi va bu tashkilot turistik marshrutlar tuzish bilan shug’ullandi. Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Shahrisabz shaharlari o’rtasida temiryo’l va avtomobil hamda havo yo’llari turistik marshrutlari tashkil qilindi. Turistik hududlarda turizm industriyasi va uning infratuzilmalari tuzila boshlandi. Turistik markazlarda Sovet va mahalliy turistlar uchun kommunal xo’jaligi‖ mehmonxonalari va umumiy ovqatlanish shaxobchalari qurila boshlandi.
Sovet imperiyasining ―Temir parda‖lari o’tgan XX asrning 50-yillar oxirlarida ochila boshlagan. Dunyo hamjamiyati o’rtasidagi yoshlarni o’zaro birligini mustahkamlash maqsadida Sputnik‖ Xalqaro yoshlar turizmi byurosi tuzildi. Bu tashkilot nafaqat chet el yoshlari guruhlarini qabul qilish va Sovet turizmini chet el mamlakatlariga targ’ibot qilish bilan ham shug’ullandi.
Shu yili ilk bor 4 kishidan iborat Xalqaro turistlar Angliyadan O’zbekistonga kelgan. Ular Toshkentdagi ―Toshkent‖, Samarqanddagi ―Zarafshon‖ mehmonxonalarida to’xtaganlar. Bu sayyohlar Samarqand tarixiy arxitektura yodgorliklarini ko’rib, mahliyo bo’lib va O’zbekistondan olgan taasurotlarini Angliya fuqarolariga tashviqot etganlar. Rossiya Federasiyasida faoliyat ko’rsatib kelayotgan ―VAO INTURIST‖ tomonidan Toshkent, keyinchalik Samarqand (―Zarafshon‖ mehmonxonasida) vaBuxoro shahrida agentliklari ochildi. Xalqaro turistlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlariga kela boshladilar. SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSni ―Mamlakatda ekskursiyalarni yanada yaxshilash to’g’risida‖gi qo’shma qarori e’lon qilindi. Bu qarorga muvofiq Respublika hududida turistik ekskursiya tashkilotlarini daromadli, aholiga xizmat qila oladigan yirik tarmoqqa aylantirish maqsadida Turizm va ekskursiyalar bo’yicha Kengashlar‖ faoliyat boshladi. Respublikada 29 ta, shu jumladan Samarqandda 4 ta ―Turizm va ekskursiya byurolari‖ tuzildi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi to’g’risida‖gi farmoniga muvofiq eski ―Sovet turizmi‖ tizimi o’rniga ―O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi tuzildi va ungacha turistik faoliyat ko’rsatib kelgan ―VAO Inturist‖, ―Turizm va ekskursiya bo’yicha Respublika Kengashi‖, ―Sputnik‖ kabi turistik tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi uning ixtiyoriga berildi. Respublikada davlatning turistik yagona siyosatini olib boruvchi turistik respublika tashkiloti tuzildi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati shakllandi.
Turizm industriyasi sohasida boshlangan iqtisodiy islohotlar davom etdi. Bu davrda turizm industriyasida iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi va turizm rivojlanishining ―milliy modeli‖ tuzildi. Dunyo turistik andozalariga javob bera oladigan milliy turizm shakllandi, xizmat ko’rsatish infratuzilmalari isloh qilindi: Chegara, bojxona, aeroport va transport vositalari xizmatlari yanda soddalashtirildi va yaxshilandi.
Respublika turizm industriyasining boshqaruvi tarmoq miqyosidagi ko’p mulkchilik hozirgi holati va unda xususiy mulkning ustuvorlik tamoyili, xususiy turistik biznesning ulushini yalpi ichki mahsulotda tobora ortib borishi, Xalqaro turistik andozalari darajasiga ko’tarish masalalarida xususiy biznesni va tadbirkorlar miqdorini yanada ortib borishi, xususiy mulkdorlar foydasiga qaytadan rasmiy ravishda ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunqi tarmoq miqyosida nohukumat ijtimoiy turistik firma va korxonalar, eng avvalo, milliy xususiy turistik korxonalar, tashkilotlar shaklida ko’payib, bu sohada ular o’z mazmun va ahamiyatiga ega bo’lib bormoqdalar, Xalqaro turistik firmalar darajasiga chiqishga harakat qilmoqdalar. Hozir Respublikada xususiy turistik firma va tashkilotlarning soni 900 ga yaqinlashib qoldi. Samarqandda esa 150 dan oshiqdir. Shunday qilib, Respublikada turizm industriyasi vujudga keldi va mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga egadir. Turizm industriyasida har yili 95 mlrd.so’mga yaqin turistik mahsulot yaratilmoqda va bir millionga yaqin chet el va mahalliy turistlarga xizmat ko’rsatilmoqda. Turizm-bir butun falsafiy tushuncha bo’lib, odamning hayoti va faoliyatining ma’lum tomonlarini aks ettiradi. Bu - dam olish, sust yoki faol sayr-tomosha, o’yin-kulgi, ermak qilish, sport, fan, o’rab olgan muhitni o’rganish va bilish, savdo, davolanish, qimor o’ynash va odamni qiziqtiruvchi boshqa narsalar bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Ammo, turizm insonning faoliyatlaridan tubdan farq qiladigan soha bo’lib insonning boshqa yurtlarga, mamlakatlarga, kontinentga, o’zining yashab turgan muhitidan farq qiladigan joyga vaqtincha o’zgartirishni tavsiflaydigan harakatdir.
Turizm bu:
a) turizm aniq maqsadlarga ega bo’lgan maxsus ommaviy
sayohatlar turidir, ya’ni turistik faoliyatdir;
b) turistik sayohatni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha turistik firma va tashkilotlar faoliyatidir. Bunday faoliyat turizm sanoatining har-xil korxonalari va tashkilotlari orqali o’zaro aloqasi bo’lgan tarmoqlar orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon turizm industriyasi shakli va holati XIX-XX asrda haqiqatdan tez rivojlanishi, texnika va texnologiya ijtimoiy munosabatlarini taraqqiy etgan davrda vujudga keldi va dunyoga tarqaldi. Bugun turizm qudratli dunyo sanoati bo’lib jahon yalpi mahsulotining 10-12 %ni tashkil etgan yirik kapital va asosiy vositalarni, millionlab xizmatchilarni o’z domiga tortgan ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. 2010-2017 yillar davomida sayohatchilarning yillik miqdori 10%ni tashkil etgan bo’lsa, Butunjahon Xalqaro Turistik tashkilotining bergan ma’lumotiga qaraganda 2012 yilda turistlar soni 194 ming. 2013 yilda 616 ming, 2015 yilda 900 ming., 2017 yilda 1 mln. 800ming kishini tashkil etdi. Turizm industrisidan kelayotgan umumiy daromad 2018 yilda 1 trillionga yaqin bo’ladi. Turizm industriyasi yirik biznes, mo’l-ko’l boylik va dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan iqtisodiy siyosatdir.
Bunday katta miqdorda bo’lgan turistlar xizmatini olib borishga dunyo bo’yicha ko’p millionli mutaxassis va xodimlar bir-biriga bog’liq bo’lgan tarmoqlar band bo’ladi. Hozirgi vaqtda dunyoda ishlaydigan har 15 kishidan biri turizm industriyasi sohasida ishlaydi. Demak, o’zining tutgan o’rni va mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqsak, turizm – bu iqtisodiy, siyosiy va sosial tushunchadir. Boshqacha aytganda turizm – bu kishilarning bo’sh vaqtida o’zining doimiy yashab va ishlab turgan joyidan o’zga mamlakatlarga, joylarga, mamlakat chegarasidan tashqariga yoki mamlakat bo’ylab ko’ngil ochish, dam olish, davolanish, mehmonnavozlik, dunyoni bilish, diniy yoki kasb-hunar maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, lekin borgan joyida haq to’lanadigan ishni band etmasligi turizm industriyasi faoliyati bilan bog’liq tushunchadir. Shunday qilib turizm industriyasi deganda mehmonxonalar va boshqa joylashish vositalari, transport xizmatlari, umumovqatlanish ob’yektlari, ko’ngil ochish, bilish, o’rganish, davolanish, din va boshqa ob’yektlar va vositalar, turoperatorlik, turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi hamda turistik ekskursiya, gid-tarjimonlik xizmatlarini ko’rsatadigan tashkilotlar va korxonalar majmuiga tushunamiz. Turizm industriyasi sohasidagi ikki sub’yekt: turoperatorlik va turagentlik bo’lib, ular turistik xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va realiazasiya qiluvchilar o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. O’z navbatida ularning faoliyati ham turistik mahsulot tarkibiga kiradi.
Jahon xalqaro turizmi sohasidagi barcha mutaxassislar turizm industriyasi rivojlanishi asosida iqtisodiy va ijtimoiy progress yotganini, shu bilan birgalikda turizm industriyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ham mavjudligini tasdiqlaydilar. Ular quyidagilardan iborat:

Download 189 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling