Mavzu: O‘zbekiston Respublikasini qo‘shni Respublikalar bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatari reja


Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo'nalishlari va tarkibiy qismlari


Download 0.54 Mb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1114555
1   2   3
Bog'liq
Slayd

2. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo'nalishlari va tarkibiy qismlari
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofik uning tashqi iqtisodiy siyosatiga asoslangan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish siyosatida ikki yo'nalish o'zaro bog’langan:
1) erkinlashtirish;
2) proteksionizm.
Ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi.
Erkinlashtirish - davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma'muriy to'siqlarni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir.
Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti.
    • Tashqi iqtisodiy siyosat — bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amaiga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisidir.
    • Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati, bojxona siyosati kiradi.

3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita va bevosita usullari
Hozirgi paytda dunyo rnamlakatlarida tashqi iqtisodiy siyosatni yuritishda yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tizimidan samarali foydalanilmoqda va uning tarkibiga kirgan tashkilot va muassasalar faoliyati takomillashtirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari bo'lib tashqi iqtisodiy aloqalarda qatnashuvchilarning iqtisodiy manfaatlari, ularning daromadini taqsimlashga, bitim shartlarini bajarishga ta'sir etuvchi, bojxona tariflari va bojlari, turli soliqlar, valutadan tushgan puldan ajratmalar me'yori, xalqaro operatsiyalarni kreditlash va sug'urtalashning foiz stavkalari kabilar hisoblanib u subyektlarning u yoki bu harakatni tanlash imkonini beradi.
    • Iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bevosita usullari ichida bojxona bojlari va tariflari juda muhim hisoblanadi. Ular yordamida tashqi iqtisodiy aloqalarning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan tashqi savdo tartibga solinadi. Tariflarni o'zgartirish orqali davlat eksport va importni rag'batlantirishi yoki qisqartirishi orqali milliy ishlab chiqarish va iste'mol munosabatlariga ta'sir etishi mumkin.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling