Mavzu: O`zbekiston respublikasining asosiy ekalogik muammolari. Reja
O`zbekistonning sanoatlashgan zonalari sanoat tarmoqlari va ularni atrof muhitga tasiri
Download 32.85 Kb.
|
15 talik
O`zbekistonning sanoatlashgan zonalari sanoat tarmoqlari va ularni atrof muhitga tasiri
1.Respublikada sanoatning shakllanishi va uning tarmoqlar tarkibi. Ba’zi olimlarning fikricha, jamiyat asosan uch bosqichda rivojlanib borgan: sanoatgacha, sanoat va sanoatdan keyingi (“postindustrial”) davr yoki jamiyat. Respublikamiz iqtisodiyoti, umuman olganda, ikkinchi, ya’ni sanoat bosqichida turibdi. Shu bois, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish ko’p jihatdan ayni ishlab chiqarish jarayonining sanoatlashuviga bog’liq. Sanoat, qisqacha aytganda, asosan tabiatdan olingan xom ashyoga qayta ishlov berish natijasida o’zining dastlabki holatini o’zgartirgan mahsulot turlarini o’z ichiga oladi. Dastlabki sanoat tarmoqlari bevosita tabiat va uning resurslari bilan bog’liq bo’lgan. Masalan, tog’-kon sanoati, o’rmon, qurilish materiallari sanoati shular jumlasidandir. Hozirgi davrda sanoat korxonalari va ular yaratadigan mahsulot nihoyatda xilma-xil. Ularning turlari innovatsiya jarayonida va o’zgaruvchan (egiluvchan) iste’mol extiyoji ta’sirida yanada ortib bormoqda. Binobarin, bunday murakkab tarkibga ega bo’lgan sanoat ishlab chiqarishini boshqarish va o’rganish uchun sanoat korxonalari turli guruhlarga ajratiladi. Ularning eng asosiysi sanoat tarmoqlaridir. Sanoat tarmoqlari ma’lum mezonlarga asoslanadi. Tarmoqlar xom ashyo birligi, mahsulotni qaysi maqsadda yaratilganligi hamda texnologik jarayonning umumiyligiga ko’ra asoslanadi. Sanoat tarmoqlari, o’z navbatida, og’ir va yengil, ishlab chiqarish vositalari va xalq iste’mol mollarini ishlab chiqaruvchi yirik guruhlarga ajratiladi. Bozor munosabatlariga o’tgan davlatlarda esa, sanoat korxonalari mulkchilik shakliga qarab davlat va nodavlat tasarrufidagi korxonalarga bo’linadi. Sanoat korxonalari va tarmoqlari qator omillar ta’sirida joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarning asosiylari xom ashyo, elektr energiya, transport, mehnat resurslari, iqtisodiy geografik o’rin va boshqalar hisoblanadi Shu bilan birga,hozirgi davrda ilmiy-texnika, iste’mol, ekologiya, bozor iqtisodiyoti kabi omillarning ahamiyati ham oshib bormoqda. Umumiy jarayon shundan iboratki, sanoat ishlab chiqarishining xom ashyo, energiya va mexnat talabligi tobora kamayib bormoqda. Bu esa mazkur soha iqtisodiy samaradorligini oshirishning eng muhim omilidir. Ayni vaqtda sanoat tarmoqlarining ilmtalab, kam metal, xom ashyo va ishchi kuchi talab qiluvchi xususiyatlari kuchayib bormoqda. O’zbekiston hududida qadimdan ba’zi sanoat turlari mavjud bo’lgan (tog’-kon sanoati, metal eritish, to’qimachilik va b.). Ular bu yer uchun an’anaviy sanalgan hunarmandchilik asosida rivojlanib borgan. Hozirgi zamon sanoatining dastlabki korxonalari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan. Download 32.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling