Mavzu: O`zbekiston respublikasining asosiy ekalogik muammolari. Reja


O`zbekiston respublikasining tabbiy hududlaridan yig`iladigan dorivor o`simliklar turlari va ularning hozirgi kundagi tabbiy populatsiyasi ahvoli


Download 32.85 Kb.
bet7/13
Sana17.06.2023
Hajmi32.85 Kb.
#1524719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
15 talik

O`zbekiston respublikasining tabbiy hududlaridan yig`iladigan dorivor o`simliklar turlari va ularning hozirgi kundagi tabbiy populatsiyasi ahvoli
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti an'anaviy tibbiyotning asosiy tarkibiy qismlarini quyidagicha aniqlaydi: o‘simlik dori darmonlari va boshqa tabiiy vositalar bilan davolash; akupunktur va manual terapiya. Sog‘liqni saqlash tizimidagi an'anaviy tibbiyot allaqachon dunyoning bir qator mamlakatlarida, ayniqsa Osiyo mamlakatlarida muhim rol o‘ynaydi. Xalq tabobatimizda Abu Ali ibn Sino davriga borib taqaladigan chuqur dunyoviy ildizlar mavjud. Bugungi kunda Respublikamizda xalq tabobati tizimi qonuniylashtirilgan.Bizning yurtimiz dorivor o‘simliklarga boy. Mahalliy floraga mansub 4.3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 turi farmatsevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda.2019 yilda 48 mln AQSh dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor o‘simliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan.Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori juda dolzarbdir.Ushbu Qarorda dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ushbu sohada ta'lim, fan va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtirish zarurati belgilab qo‘yilgan. 2020 yil 1 maydan boshlab dorivor o‘simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash uchun klasterlar yaratish, shuningdek, dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha hududlarni ixtisoslashtirish ishlari belgilab berilgan.

Sabzavot -poliz ekinlari hosildorligini oshirishning ekalogik xavfsiz yo`llar
Sabzavot ekinlarini ahamiyati, kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik
xususiyatlari kelib chiqishi va tarqalish tarixiSabzavotlar biokimyoviy
tarkibining xususiyati shundan iboratki, ular tarkibida suv ko’p (65 - 96 %), oziq
moddalar (oqsil, moy, uglevodlar) esa kam. Bundan tashqari ularning kaloriyasi
ham yuqori emas.Lekin, odam organizmi uchun zarur bo’lgan biologik aktiv moddalar,vitaminlar, fermentlar, mineral tuzlar kabilarga g’oyat boy.
Ba’zi sabzavotlar (boshpiyoz, sarimsoq, shivit, petrushka, xren, turp)
tarkibida fitontsidlar saqlaydi. Shu tufayli fungitsid va bakteritsid xususiyatiga ega bo’lib, inson organizmini infektsiyalardan tozalaydi.
ko’pchilik sabzavotlar limon, olma, vino kislota, efir moylar, aromatik
(xushbo’y) moddalar saqlab ishtahani ochadi, ovqat hazm bo’lishiga yaxshi
yordam beradi.Sabzavot mahsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar kraxmal, shakar, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil etadi Azotli moddalar asosan oqsillardan iborat. Sabzavotda azotli moddalar juda kam - 0,4-2,5 % atrofida bo’ladi. Sarimsoq va dukkakli sabzavotlar bundan mustasnodir, zero dukkakli o’simliklarning ko’k mevalari (qo’zoqlari) tarkibida 6- 7 % ga qadar azotli moddalar bo’ladi. Boshqa sabzavot o’simliklaridan ismaloq azotli moddalarga ayniqsa boy. Glyukozidlar - tarkibida azot saqlovchi moddalar bor, ta’mi achchiq va ko’pincha zaharli xossalarga ega. Bular orasida solanin moddasi eng ko’p tarqalgan bo’lib, u kartoshka va boshqa tomatdosh o’simliklarda ko’p to’planadi. Moylar - sabzavotlar tarkibida juda kam miqdorda (0,1-0,4%), asosan ularning urug’larida bo’ladi. Qovoqdoshlarga mansub o’simlik urug’i moylarga ayniqsa boy. Organik kislotalar. Sabzavot mahsulotlari tarkibida limon kislota, olma kislota, oksalat (shavel) kislota va ba’zi boshqa xil kislotalar bo’ladi. Kislotalar sabzavot mahsulotlarining ta’m sifatlarini yaxshilaydi va ovqatning yaxshi o’zlashtirilishiga yordam beradi. Biroq, otquloq, rovoch o’simligi va ba’zi boshqa sabzavotlar tarkibida uchraydigan oksalat kislotani ortiqcha iste’mol qilish zararlidir.



Download 32.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling