Mavzu: O'zbekiston respublikasining bankrotlik sanatsiya togrisidagi qonunlarning korxonalar moliyaviy sog'lomlashtrishdagi ahamiyati
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'zbekiston respublikasining bankrotlik sanatsiya togrisidagi qonunlarning korxonalar moliyaviy sog\'lomlashtrishdagi ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
- 3-modda. Asosiy tushunchalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
• Ushbu Qonunning maqsadi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarning bankrotligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. • (1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30- dekabrdagi O‘RQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son) • 2-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari • Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. • Ushbu Qonun budjetdan ta’minlanadigan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. • Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. • 3-modda. Asosiy tushunchalar • Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: • Oldingi tahrirga qarang. • bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi; • (3-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) • kelishuv bitimi – taraflarning sud nizosini o‘zaro yon berish asosida tugatish to‘g‘risidagi bitimi; • kreditorlar – qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha va (yoki) majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarish bo‘yicha qaysi yuridik yoki jismoniy shaxs oldida javobgar bo‘lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar (qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o‘z ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno); • kreditorlar yig‘ilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili – bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs; • kuzatuv – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladigan bankrotlik taomili; • (3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) • majburiy to‘lovlar – davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; • (3-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda) • moratoriy – qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar majburiyati bajarilishini to‘xtatib turish; • pul majburiyati – qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo‘yicha hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan pul summasini to‘lash majburiyati; • sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) – bankrotlik taomillarini o‘tkazish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan shaxs; • (3-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) • sudgacha sanatsiya qilish – qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol- mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar; • sud sanatsiyasi – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomili; [SPiT: 1.Tugatish. Bankrotlik (Sanatsiya) / Tashqaridan boshqarish] • tashqi boshqaruv – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomili; • tugatishga doir ish yuritish – iqtisodiy sud tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan bankrotlik taomili; • (3-moddaning o‘n ikkinchi, o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978- modda) • qarzdor – pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor; • qarzdor — pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs, agar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa; • (3-moddaning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 30-dekabrdagi O‘RQ-455-sonli — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son) • qarzdor xodimlarining vakili – bankrotlik taomili o‘tkazilayotganda o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun qarzdorning xodimlari vakolat bergan shaxs; • qishloq xo‘jaligi korxonasi – qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishdan iborat bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling