Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining bmtga a’zo bo‘lishi hamda jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini ortib borishi


Download 163.86 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi163.86 Kb.
#1353614
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi

Mavzu:O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi hamda jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini ortib borishi


2 mart - O'zbekistonning BMTga a’zo bo’lgan kuni

O’zbekistonning BMT ga a’zo bo’lishi

Mustaqillik sharofati tufayli O’zbekiston jahon hamjamiyatida o’zinig munosib o’mini topdi. 1992- yil 2-martda Vatanimiz tarixida unutil mas quvonchli voqea ro’y berdi, ya’ni O ’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’ldi. O ’sha kundan boshlab BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida O’zbekiston Respublikasi bayrog’I paydo bo’ldi.

Joriy o’n yillikni (1995-2005-yillar) kurramizda insob huquqlari o’n yilligi deb e’lon qilib, BMT insoniyat tarixida vaqtningyangi hisobini boshladi. Inson huquqlari va erkinliklari yangi dunyoqarash asosi, jahon xalqlari taraqqiyot yo’lini anglash manbaasi bo’lib qolmoqdalar.

O’zbekistonning BMTga a’zo bo’lishi mamlakatimizning milliy xavfsizligini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Endilikda O’zbekiston o’z xavfsizligini ta’minlashning ishonchli tayanchiga ega bo’ldi. Uning tinchligi va xavfsizligiga qarshi biron-bir kuch tahdid solishi hollari ro’y bergan taqdirda, u BMTga murojaat qilishi, uning yordami va qo’llab-quvvatlashiga haqlidir.O’zbeksiton bu nuluzli tashkilolda ishtiroki faqat mamlakatimizdagina emas, shuning bilan birga Markaziy osiyoda ham tinchlik va barqarorlikni saqlash garovidir.

BMTning asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:


1. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish.
2. Tinchlikka tahdidga barham berish hamda uning oldini olish, shuningdek, agressiya yoki boshqa tinchlikni buzuvchi xatti-harakatlar-ni bartaraf etish uchun samarali jamoaviy chora-tadbirlar qo'llash.
3. Xalqaro nizolarga yoki tinchlik buzilishiga olib kelishi mumkin boigan vaziyatlarni tinch vositalar yordamida hal etish.
4. Xalqlar o'rtasida do'stona munosabatlarni rivojlantirish.
5. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar mazmundagi xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
6. Inson huquqlarini hamda irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, barchaga taalluqli bo'lgan asosiy erkinliklarni rag'batlantirish va rivojlantirish.
7. Tashkilot oldida turgan maqsadlarga erishish yo'lida davlatlar sa'y-harakatlarini birlashtiradigan markaz bo'lish.

BMT Bosh kotibi Orol dengizi akvatoriyasida, Mo‘ynoq tumanidagi “Kemalar qabristoni”da ham bo‘lib, BMT tomonidan hududda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘rgan edi. BMT Bosh kotibining mamlakatimizga tashrifi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan 2017-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan BMT hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" va BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qabul qilingan maxsus dastur Orolbo‘yi mintaqasidagi vaziyatni yaxshilash borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Davlatimiz rahbarining 2017-yil 27-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashqi siyosiy sheriklar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda dasturilamal bo‘lmoqda.

Prezidentimizning dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, BMTning xalqaro munosabatlardagi rolini oshirish borasidagi fikrlari ham dolzarb ahamiyatga molikdir. BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslar, ayniqsa, tarixiy voqeadir. Ushbu takliflar sammit davomida xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun kun mavzusi bo‘ldi, davlat rahbarlarining uchrashuvlarida, turli doiradagi tadbirlarda qizg‘in muhokama etildi.

Mamlakatimiz ushbu tarixiy voqeadan keyin o‘tgan vaqt mobaynida BMT va uning turli sohalardagi ixtisoslashgan muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xavfsizlikka qarshi zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, Afg‘onistonda barqarorlikka erishish va mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, ekologik muammolarni hal qilish, xususan, Orol inqirozi oqibatlarini yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish, turizmni rivojlantirish kabi ustuvor masalalar ko‘p qirrali hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining umumiy muhokamasi chog‘ida ilgari surgan tashabbusga binoan, 2018 yilda BMT shafe’ligida Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi o‘z faoliyatini boshladi. Jamg‘arma taqdimoti chog‘ida BMT Bosh kotibi ta’kidlaganidek, “Ushbu tuzilma mahalliy aholining yashash sharoitini sezilarli darajada yaxshilaydi va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi. Maqsadli fond tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan dasturlar mintaqada yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam bermoqda. Xususan, ushbu ish o‘rinlarida 45 foiz xotin-qizlar band. Ish bilan ta’minlash ularning imkoniyatlarini kengaytirib, tibbiy xizmatlardan foydalanish sharoitini yaxshiladi va farovonligini oshirdi”.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 163.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling