Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi, uning mazmuni, tarkibi, byudjet munosabatlarini tartibga solishdagi ahamiyati


Download 95.45 Kb.
bet4/4
Sana04.04.2023
Hajmi95.45 Kb.
#1323622
1   2   3   4
Bog'liq
23m

Byudjetlararo munosabatlar turli darajadagi byudjetlar (masalan, respublika byudjeti bilan viloyat byudjeti) o’rtasidagi, shuningdek, davlat byudjeti bilan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari o’rtasidagi tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir.

Davlat byudjetining mablag’lari turli darajadagi byudjetlar o’rtasida byudjet transfertlari shakllari asosida qayta taqsimlanadi. Byudjet transfertlarining Byudjet Kodeksi bilan belgilab berilgan quyidagi shakllari amalda qo’llaniladi:


subvensiyalar - muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari;
o’tkazib beriladigan daromadlar – tegishli ma‘muriy-hududiy birlikda (masalan, biror tuman, shahar yoki viloyat hududida) shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga o’tkaziladigan, keyinchalik ular qayerda shakllangan bo’lsa, o’sha ma‘muriy-hududiy birlik byudjetiga o’tkazib beriladigan daromadlar;
dotatsiyalar – byudjet tizimi byudjetlariga ularning o’z daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o’rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari;
byudjet ssudalari – qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga ajratiladigan pul mablag’lari;
o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar – moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari o’zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro pul munosabatlari;
maqsadli ijtimoiy transfertlar – yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga ta‘lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to’lovlar bo’yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan pul mablag’lari.
Respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladi-gan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet Kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog’liq:

  1. hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o’z daromad bazalarining mustahkamligiga;

  2. hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekolo-gik, demografik va boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko’lamiga;

  3. hududlar bo’yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga;

  4. hududlardagi aholi soniga;

  5. ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo’lgan ehtiyojiga;

  6. hududlar o’rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun hisobga olinadigan boshqa omillarga.

Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy byudjetlar rioya qilishi lozim bo’lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko’ra balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo’lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo’l qo’yilmasligi lozim.
Bundan tashqari Byudjet Kodeksi bilan mahalliy byudjetlar uchun quyidagi cheklovlar o’rnatilgan, ya‘ni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda quyidagilarga yo’l qo’yilmaydi:

  1. mablag’lar jalb qilishni amalga oshirish (yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno);

  2. tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag’lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirish;

  3. tegishli byudjetlar mablag’lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berish;

  4. yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari berish va kredit liniyalari taqdim etish.

Shunday qilib, ―Byudjetlararo munosabatlar – byudjet mexanizmining muhim ajralmas elementi bo’lib, mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o’rtasida markaziy boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydi va bundan tashqari, markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni o’zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida jamlangan pul mablag’larining bir qismini ushbu subyektlar o’rtasida qayta taqsimlanishini o’z ichiga oluvchi munosabatlarni anglatadi.
Download 95.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling