Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi, uning mazmuni, tarkibi, byudjet munosabatlarini tartibga solishdagi ahamiyati
Download 95.45 Kb.
|
23m
Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi, uning mazmuni, tarkibi, byudjet munosabatlarini tartibga solishdagi ahamiyati Reja: Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Byudjet Kodeksining mazmuni va ahamiyati Byudjet munosabatlarini tartibga solish Mustaqil O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta‘siri davlat moliyasini boshqarishning mazmuni va sifatiga butunlay yangicha talablarni qo’ymoqda. O’z navbatida, davlat iqtisodiy tizimining holatini belgilab berishda davlat moliyasi muhim o’rin egallaydi. Dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga qo’ygan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bir qator mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta‘siri byudjet-soliq siyosatining imkoniyatlariga kompleks baho berish, barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va o’rta muddatli kelajakda ularning samaradorligiga erishish maqsadida davlat byudjetining imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish, uning iqtisodiyot taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan, oshkoralik, barqarorlik va unumdorlik tamoyillariga asoslangan, xalqaro amaliyotning eng sara andozalariga mos keladigan ishonchli usullarini ishlab chiqish va ulardan maqsadli foydalanish vazifalarini hal qilishni talab etadi. Davlatning qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o’z vaqtida va to’liq bajarish ma‘lum moliyaviy asosni talab etadi, ushbu asosning markaziy bo’g’inini davlat byudjeti tashkil etadi. Bu borada byudjet islohotlari doirasida amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar, xususan, byudjet qonunchiligini takomillashtirish doirasida yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining va mutlaqo yangi Byudjet Kodeksining qabul qilinishi, davlat byudjeti g’azna ijrosi mexanizmlarining bosqichma-bosqich byudjet amaliyotiga tatbiq etilishi, davlat xaridi tizimining tashkil etilishi va byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni ta‘minlaydigan samarali mexanizmlarining ishlab chiqilishi, byudjetni o’rta muddatli rejalashtirish va byudjet mablag’larini maqsadli sarflashda natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish elementlarining joriy qilinayotganligi kabilar davlat byudjetining mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida muhim o’rin egallab turganligidan dalolat beradi. Shu sababli davlat moliyasi nazariyasi va amaliyoti to’g’risidagi ilmiy tadqiqotlar bugungi kunda har qachongidan ham ko’proq dolzarblik kasb etmoqda va ilmiy doiralarda qizg’in munozaralarning mavzusiga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiya-lash va yangilash, iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va liberallashtirish sharoitida davlat moliyasi va uning muhim tarkibiy qismi bo’lgan davlat byudjeti alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjeti davlatning qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va boshqa funksiyalarini amalga oshirishning moddiy-moliyaviy asosini tashkil etadi va mamlakat moliya tizimining barcha bo’g’inlari bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o’rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o’sishni ta‘minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to’liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o’rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasini boshqarish tizimida faoliyat yurituvchi mutaxassislardan byudjet munosabatlarini to’g’ri va samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta bilish va ularni amaliyotda to’g’ri qo’llay olish talab etiladi. Shu sababli bakalavriatning bir qator ta‘lim yo’nalishlari o’quv rejasiga ―Davlat byudjeti‖ nomli fan kiritilgan bo’lib, ushbu fan dasturida davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solish va davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishdagi ahamiyati, byudjet tizimi va byudjetlararo munosabatlar tamoyillari, byudjet daromadlari va xarajatlari tizimining amal qilish mexanizmlari, byudjet jarayoni va byudjet nazoratini tashkil qilish, xorijiy davlatlar byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish masalalari qamrab olingan. Davlat byudjeti davlat moliya tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi, uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni, ijtimoiy sohalar va tarmoqlar faoliyatini moliyaviy mablag’lar bilan ta‘minlashda davlat byudjeti asosiy moliyaviy manba bo’lib xizmat qiladi. Davlat byudjetini boshqarish va taribga solishda, mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy dastaklari qatori davlat byudjeti ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat byudjeti amal qilishining tegishli mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo’llash bilan ta‘minlanadi. Ma‘lumki, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. 2000 yil 14 dekabrda ―Byudjet tizimi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri o’tgan davr mobaynida byudjet tizimi amaliyotida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi, ular: davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimining joriy etilishi; bir qator davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa nobyudjet fondlarining tuzilishi va amal qilishi; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo’shimcha mablag’larni jalb qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi; byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi; yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog’liq bo’lib, byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi. Natijada amaldagi ―Byudjet tizimi to’g’risidagi hamda ―Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet Kodeksida o’z aksini topdi. Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014 yildan boshlab amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling