Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ekologik siyosatida


Download 29.87 Kb.
bet1/5
Sana15.11.2023
Hajmi29.87 Kb.
#1776691
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-AMALIY

  1. AMALIY MASHG’ULOT


Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ekologik siyosatida o’rmon xo’jaliklarini rivojlantirish masalalari.
O’zbekiston Respublikasining ekologik siyosatida o’rmon xo’jaliklarini rivojlantirish masalalari bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.10.2020 yildagi PQ-4850-sonli “O‘zbekiston respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq
- O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon fondini muhofaza qilish, ko‘paytirish, undan oqilona foydalanish, uning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, sohaga bozor mexanizmlarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hisobiga ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda o‘rmon xo‘jaligini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonlarni muhofaza qilish, saqlab qolish, qayta tiklash, ko‘paytirish hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan ijara va davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillarini joriy etish;
-cho‘llanishga qarshi kurashish, Orol va Orolbo‘yi mintaqasi cho‘llanishining oldini olish maqsadida o‘rmonzorlar barpo etish;
-sohaga chet el investitsiyalarini keng jalb etish orqali o‘rmonlarda ekologiyaga zararsiz, chiqindilardan holi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
-o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
-o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil etish va boshqarishda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini joriy etish orqali ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi ta’minlash amaliyotiga o‘tkazish;
-o‘rmonlarning turistik salohiyatini oshirish.
o‘rmonga oid davlat siyosatini rivojlantirish va o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
-o‘rmon fondi resurslaridan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
-o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, o‘rmonlar ekish va ularni qo‘riqlash ishlarini amalga oshirish;
-o‘rmonlardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ihotazorlar va o‘rmon plantatsiyalarini barpo etishni jadallashtirish;
-o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish, ulardan samarali va oqilona foydalanishda davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillarini keng qo‘llash;
-o‘rmonlarni barqaror boshqarish uchun moliyaviy mexanizmlarni maqbullashtirish, o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
-sohaga mahalliy va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, shu jumladan
grantlarini jalb etish ishlarini jadallashtirish va ekologik turizmni keng ko‘lamda rivojlantirish;
-o‘rmon fondi, uning fauna va florasini o‘rganish, hisobini yuritish, ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-o‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunanda va kasalliklar, noqonuniy daraxt kesilishlaridan va boshqa o‘rmon xo‘jaligiga oid qonun hujjatlarining buzilishlaridan muhofaza qilish;
-o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish;
-o‘rmonlarda ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklar to‘plash, chorvachilik, baliqchilik va asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni qayta ishlash ishlarini tashkil etish;
-qo‘mita tizimida yangi qo‘yilayotgan talab va vazifalarni hisobga olgan holda ish jarayonlarini takomillashtirish (mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ma’lumotlardan foydalangan holda raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yishni);
-o‘rmon xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish.
Shu bilan bir qatorda O‘rmon xo‘jaligi tizimining joriy holati bo'yicha ham muammolar mavjud. Jumladan -o‘rmonlarni saqlash, qayta tiklash va ko‘paytirish bo‘yicha jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilmagan;
-sohada yer turlari bo‘yicha hisobni yuritish hamda monitoring qilish yuzasidan elektron tizim yaratilmaganligi o‘rmon tuzish ishlarini sifat va miqdor jihatidan yetarli darajada olib borish imkonini bermayapti;
-dorivor va ozuqabop o‘simliklarning tabiiy zaxiralari ilmiy asoslangan xatlovdan o‘tkazilmagan;
-o‘rmon xo‘jaligida yog‘och ishlab chiqarish sohasi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli aholining yog‘ochga bo‘lgan ehtiyoji asosan import hisobiga qondirilmoqda;
-‘rmon xo‘jaliklarida ovchilik, ekoturizm, xalq iste’moli mollari va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash tizimlari samarali tashkil etilmagan;
-o‘rmonlarda o‘rmonchilar uchun tunash joylari mavjud emasligi ular tomonidan kuzatuv va muhofaza ishlarini sifatli tashkil etish imkonini bermayapti;
-sohada ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun zamonaviy laboratoriya va shart-sharoitlarning mavjud emasligi xorijiy davlatlardan olib kirilayotgan noyob turdagi o‘simliklarni iqlimlashtirish (introduksiya), yo‘qolib borayotgan o‘simliklarning biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish imkoniyatini cheklamoqda;
- O‘rmonchilik sohasida malakali va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish zarurati mavjud.

Download 29.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling