Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ekologik siyosatida


Download 29.87 Kb.
bet3/5
Sana15.11.2023
Hajmi29.87 Kb.
#1776691
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-AMALIY

Ikkinchidan, o’rmon huquqi O’zbekiston huquq fanining mustaqil sohasidir.
Uchinchidan, o’rmon huquqi maxsus o’quv kursi sifatida tan olinishi mumkin bo’lgan huquqdir. Uning o’quv kursi sifatidagi hajmi, mazmuni va maksadlari turli o’quv muassasalarida turli xil bo’lishi mumkin. SHunday qilib, o’rmon huquqi o’z tartibga solish predmetiga ega. Bunda huquq normalari tartibga solishi kerak bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning markazida o’rmon turadi. O’rmonlar tabiat boyligining eng muhim tarkibiy qismi bo’lib, umumiy boylik hisoblinadi. O’zbekistonda o’rmonlarning iqtisodiy ahamiyatiga ko’ra ekologik ahamiyati ustivor hisoblanadi.
O’rmon huquqi huquq tizimining mustaqil va alohida tarmog’i sifatida maxsus tartibga solish uslubiga ega. Bu uslubining qo’llanilishi o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlash, ulardan oqilona foydalanish, ularni takroriy ko’paytirish o’rmondan foydalanuvchi sub’ektlarning o’rmonlarga bo’lgan huquqini himoya qilishni ta’minlaydi.
O’rmon huquqi tartibga solish uchun xizmat qiladigan normativ-huquqiy bazaga ega. Unga O’zbekiston Konstitutsiyasi, “O’rmon to’g’risida”gi Qonun, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonun hamda o’rmon munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar kiradi. O’rmon huquqining predmetini o’rmondan foydalanish va muhofaza qilish tufayli vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Ammo, shuni aytish kerakki, o’rmondan foydalanish va muhofaza qilish tufayli vujudga keladigan barcha ijtimoiy munosabatlarning hammasi ham o’rmon huquqining predmetiga kiravermaydi. O’rmon huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar bo’lib, o’rmonga nisbatin mulkchilik, o’rmonlardan foydalanish, muhofaza etish, o’rmonlarni takror ko’paytirish bilan bog’lik munosabatlar hisoblanadi. O’rmon munosabatlari ba’zan juda keng bo’lib, ularni tartibga solish birgina o’rmon huquqi normalari bilan amalga oshirilmaydi. Ayrim hollarda o’rmon munosabatlari yer huquqi, ekologiya huquqi , jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi, ma’muriy huquq, konstituvttsiyaviy huquq va boshqa huquq sohalari normalari bilan ham tartibga solinadi.
O’rmon fondiga kirmaydigan butazorlar, daraxtlar, shaxarlar va boshqa aholi ko’paytiradigan daraxtlar, ko’kalamzorlashtirish uchun ekilgan o’simliklar o’rmon huquqi normalari bilan tartibga solinmaydi. Bu munosabatlar esa, o’simliklar dunyosi to’g’risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
SHunday qilib, yuqorida aytilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib o’rmon huquqi predmetini tashkil etuvchi o’rmon munosabatidagi o’rmondan foydalanish, qayta ko’paytirish, muhofaza qilish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida kelib chiqadigan erkin ijtimoiy iqtisodiy munosabatlardir, deyish mumkin.
Demak, o’rmon huquqining predmeti deb, o’rmon huquqi vazifalariga javob beradigan, bevosita o’rmonlarga nisbatan mulkchilik, undan foydalanish, qayta ko’paytirish va muhofaza qilish borasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarga (o’rmon munosabatlariga) aytiladi.

Download 29.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling