7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish 7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish 52-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi. 8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish 8-bob. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. 9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 9-bob. Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 62-modda. Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish Davlat ta’lim muassasalarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan, kadrlar buyurtmachilarining mablag‘lari hisobidan, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Nodavlat ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish muassislarning, kadrlar buyurtmachilarining pul va moddiy mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |