Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonun va qarorlari REJA: 1. Ta’lim to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi va boblar yuzasidan mulohazali tahlil. 2. «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari. 3. Kasbiy ta’lim turi va tizimi. Kasbiy ta’lim rivojlanishining asosiy omillari. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TA’LIM TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari 6-modda. Ta’lim tizimi Ta’lim tizimi: davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini; davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |