MAVZU: O’ZBEKISTON RYeSPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O’RNI VA NUFUZINI ORTIB BORISHI
REJA:
Xalqaro reyting va indekslar tuShunchasi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston pozitsiyasi.
Xalqaro reyting va indekslar tuShunchasi. Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topayotir.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.
Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo'llanib kelinadi.
Aholi turmush darajasini oshirish, davlat organlarining xalq manfaatlari uchun xizmat qilishida davlat siyosatidagi ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalar oqimini jadallashtirish va investor mulkini davlat tomonidan himoya qilish kabi mamlakatda turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni dunyo hamjamiyatiga namoyon etish maqsadida turli sohalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tuziladigan xalqaro reyting va indekslar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida ishbilarmonlardan tortib dunyo aholisi barcha qatlamining e’tibori Shu mamlakatga qaratiladi: investitsion muhit, turizm, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush darajasi va farovonligi yaxshilanadi.
Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat yo‘nalishiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga ajratish mumkin. Bunda iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, sanoat, investitsiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga, huquq, korrupsiya, demokratiya hamda boshqaruv sifatini siyosiy-huquqiy sohalarga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar bo‘yicha davlat organlari tomonidan e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar hamda turli xalqaro tashkilotlarning (World Economic Forum, World Bank, International Monetary Fund, UN, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari natijalariga asoslanib, indikatorlar natijalarini hisoblaydi hamda o‘zining rasmiy veb saytlarida e’lon qilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |