Mavzu: O`zbekiston yalpi ichki mahsulotining faoliyat turlari bo`yicha tahlili


yilda O‘zbekiston YAIM hajmi 80,4 mlrd dollarga ko‘tarildi


Download 108.87 Kb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi108.87 Kb.
#1441803
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston respublikasining yaimning tarkibidagi o’zgari00000000

2022 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi 80,4 mlrd dollarga ko‘tarildi

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 2255 dollargacha oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.


O‘zbekistonda 2022 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 888,34 trln so‘mga yetdi, deb xabar berdi prezident huzuridagi Statistika agentligi.
2021 yil darajasiga nisbatan real o‘sish sur’ati 5,7 foizni tashkil etdi. YAIMda sanoat mahsulotlarining ulushi 484,7 trln so‘mga (+5,2 foiz), xizmatlar ko‘rsatish — 343,3 trln so‘mga (+8,5 foiz), mahsulotlarga sof soliqlar — 60,3 trln so‘mgacha oshdi.

Savdo, turar joy va oziq-ovqat xizmatlari sohasi 9,3 foizga, transport, axborotlashtirish va aloqa sohasi 14,7 foizga o‘sdi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3,6%) nisbatan past o‘sish sur’atlari kuzatildi.
O‘rtacha kurs bo‘yicha AQSh dollarida hisoblanganda nominal YAIM 80,38 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 11,18 mlrd dollarga ko‘p.
Aholi jon boshiga YAIM real ko‘rinishda 3,5 foizga — 21,15 mln so‘mdan 24,91 mln so‘mga (2254,9 dollar) o‘sdi. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 5,3 foizga, 2020 yilda pandemiya yilida esa 0,1 foizga o‘sish qayd etilgan.
2021 yil yozida prezident Shavkat Mirziyoyev 2026 yilga borib O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 1,5 barobarga oshirish va YAIM hajmini kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi.

  1. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash

Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi. Ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko‘pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o‘taydi. Shu sababli YaIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko‘p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg‘arish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo‘shilmaydi.

Download 108.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling