Mavzu: O’zbekistonada islom moliyasining rivojlanishi. To’siqlar va tavsiyalar


Download 216.67 Kb.
bet1/5
Sana05.02.2023
Hajmi216.67 Kb.
#1167423
  1   2   3   4   5

Mavzu: O’ZBEKISTONADA ISLOM MOLIYASINING RIVOJLANISHI. TO’SIQLAR VA TAVSIYALAR.


Reja:
  • 1Rivojlanishning dastlabki va joriy holati.
  • 2 joriy qonunchilik.
  • 3 Islom taraqqiyot banki guruhining O’zbekistondagi faoliyati .
  • O’zbekistonda islomiy moliyalashning boshlanishi.
  • O’zbekistonda islomiy moliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga oshirish 2004 yildan boshlangan va bu o’zbekistonning 2003 yil sentyabrda islom taraqqiyot bankining a’zoligiga qo’shilishi bilan bog’liq. 2004 yilda islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan energetika va sog’liqni saqlash sohasida loyihalarni moliyalashtirish uchun «ijara» va «murobaha» shartnomalaridan foydalanilgan.

Islomiy moliyalashtirishning vaqf yo’nalishi


Islomiy moliyalashtirishning vaqf yo’nalishi Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelgan davrdan boshlab yoyila boshlangan va Amir Temur bobomiz davriga oid vaqf hujjatlari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Rus imperiyasi mamlakatimiz hududini bosib olgandan keyin Sovet tuzumi davrida vaqf yerlari va binolari Sovet Ittifoqi hisobiga o’tib ketdi. Shu bilan vaqf mulklari va vaqfga doir munosabatlar asta-sekinlik bilan o’z poyoniga yetdi.

Hozirgi kunda O’zbekiston a’zosi hisoblangan islomiy infratuzilma tashkilotlari

  • Islom taraqqiyot banki
  • Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi.
  • Korporasiya ITB guruhiga kiradi va u tomondan 350 million dollardan ortiq loyihalarni moliyalashtirish ma’qullangan. Korporasiya mamlakatdagi o’z faoliyatida asosan «murobaha» moliyalashtirish usulidan foydalanadi.

O’zbekistonda birinchi islomiy moliyaviy muassasa.

  • «TAIBA LEASING» MCHJ CHk o‘zining O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini 2011-yilda, Xususiy Sektorni Rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) kompaniyasi 3-Toshkent xalqaro lizing forumida taqdim etilgan paytdan boshladi. «TAIBA LEASING» kompaniyasi Islom Taraqqiyot banki Guruhiga kiruvchi XSRIKning 100% sho‘ba korxonasi hisoblanadi.
  • TAIBA LEASING O‘zbekiston Respublikasi hududida lizing xizmatlarining keng doirasini taqdim etish maqsadida tashkil qilingan. Yangi moliyaviy vositalarni joriy etish, ayniqsa, raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning yuqori darajasiga ega bo‘lgan kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‘maklashish TAIBA LEASING kompaniyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Download 216.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling