Mavzu: O'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi va istiqbollari Reja
Respublika qishloq xo`jaligining malakat iqtisodiyotidagi o`rni
Download 187.5 Kb.
|
O\'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi
Respublika qishloq xo`jaligining malakat iqtisodiyotidagi o`rni
Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki qishloq xo`jaligi O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng yirik tarmog`i hisoblanib, yildan yilga uning ulushi kamayib bormoqda. Bu borada shuni ta`kidlash lozimki 2000-2004 yillarda qishloq xo`jaligida barqaror qsish yuz berdi. Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning, xizmat ko`rsatish tizimining nisbatan tez rivojlanib borishi tufayligina qishloq xo`jaligining ulushi kamaygan. Bu juda ijobiy jarayon hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti jadal o`sib borgan sari unda qishloq xo`jaligining ulushi kamayib boradi. Natijada rivojlangan sanoatlashgan, xizmat ko`rsatish sohalari taraqqiy topgan mamlakatga aylanishimiz ta`minlanadi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning muvaffaqiyati ko`p jihatdan qishloq ho`jaligining rivojlanish darajasiga bog`liq. Chunki qishloq ho`jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan soha bo`lib, u quyidagi funksiyalarni bajaradi: mamlakatmizni oziq ovqat fondini shakllantiradi; yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini ta`minlaydi; qishloq ho`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun hom ashyo yetkazib beradi; aholini ish joylari bilan ta`minlaydi. O`zbekiston Respublikasi qishloq ho`jaligi o`simlikchilik va chorvachilik tarmoqlaridan iborat. O`simlikchilik tarmog`ida paxta, donli ekinlar (asosan bug`doy), kartoshka, sabzavot, poliz, tamaki, yem-xashak ekinlari, o`simlik yog`i beradigan ekinlar (masxar, kungaboqar), bog`dorchiik va uzumchilikdan iborat. Chorvachilikda qoramolchilik, qo`y va echkichilik, parrandachilik, otchilik (yilqichilik), kuyonchilik, tuyachilik, cho`chqachilik tarmoqlari shakllangan va rivojlangan. Bundan tashqari respublika qishloq xo`jaligida pillachilik, asalarichilik va baliqchilik sohalari ham yaxshi rivojlanib kelmoqda. Respublikada hozirda 6,2 mln. bosh qoramol, 11,1 mln. bosh qo`y va echkilar bor. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining tarkibi, (% da) 2-Jadval. O`ganilayotgan davrda qishloq xo`jaligi mahsulotlari tarkibida katta o`zgarishlar yuz bermagan. 2000 yilda o`simlikchilik tarmog`ining ulushi 52,6 foiz bo`lgan bo`lsa 2004 yilga kelib 53,7 foizni tashkil etgan yoki 1,1 punktga oshgan. Shu yillarda chorvachilik mahsulotlarining qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotdagi ulushi 47,4 foizdan 46,3 foizga tushib qolgan. Buning asosiy sababi 2004 yil qishloq xo`jaligi uchun juda qulay kelishi sababli o`simlikchilik tarmog`i yalpi mahsulotining chorvachilik yalpi mahsulotining o`sishidan tez sur`atlarda bo`lganligidadir. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi yer-suv, asosiy aktivlar (asosiy fondlar), mehnat resurslari va boshha ishlab chiqarishni tashkil etish va olib borish uchun zarur resurslarga ega. O`zbekiston Respublikasining yer fondi va uning foydalanuvchilar bo`yicha taqsimlanishi
Download 187.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling