Mavzu: O'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi va istiqbollari Reja
Qishloq xo`jaligi- agrosanoat majmuasining asosiy bo`g`ini. Uning o`ziga xos xususiyatlari
Download 187.5 Kb.
|
O\'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi
Qishloq xo`jaligi- agrosanoat majmuasining asosiy bo`g`ini. Uning o`ziga xos xususiyatlari
Qishloq xo`jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat natjasida olinayotgan daromadlarning olinish davri o`rtasida farq katta. Boshqacha qilib aytganda, yil davomida faqat xarajatlar qilinadi. Chunki yerni ekishga tayyorlash, urug`lik, o`g`itlar, yoqilg`i-moylash materiallari xarid qilish va sarflash, mehnatga haq to`lab borish kabi xarajatlar har oyda qilinadi. Ekin turlari hosili esa ma`lum davrlada pishadi. Yetishtirilgan hosil sotiladi va undan keyin pul darmodlari kelib tushadi. Albatta, amaliyatda shartnomalar asosida qishloq xo`jalik korxonalariga avanslar berish, kreditlardan foydalanish yoki ayrim xizmatlarni tashkil etish natijasida ma`lum miqdoridagi pul tushumlari bo`lishi mumkin. Lekin, umuman olganda, yil davomida xarajat sarflanishi, daromadlarning esa ayrim davrlardagina tushishi o`ziga xos obyektiv talablarni keltirib chiqaradi. Agrar siyosat bu xususiyatni hisobga olgan holda yuritilish zarur. 5. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi. Bu, o`z navbatida, ishlab chiqarishni, aholi punktlarini joylashtirishda ma`lum talablarni keltirib chiqaradi, qishloq xo`jaligining moddiy – texnika bazasini shakllantirishda hisobga olishni talab qiladi. 6. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarining bir qismni o`zi urug`lik, yem – xashak, oziq – ovqat sifatida imte`mol qiladi. 7. Qishloq xo`jaligi maxulotlarining ko`p turlarini uzoq saqlash mumkin emas. Bu muammo qishloq xo`jaligi mahsulotlarning deyarli bir davrda pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu, o`z navbatida, yetishtirilgan mahsulotni tayrlovchi, qayta ishlovchi tashkilotlarning bir me`yorda tinmasdan ishlashini, bk esa ayrim davrlarda juda katta quvvatlarning bo`lishini talab qiladi. Yilning qolgan darvlarida esa bu quvvatlarning nisbatan bo`sh qolishi kuzatiladi. Bu xolat qayta ishlash tarmoqlarining katta omborxonalari bo`lishini talab etadi. Bunday holat, o`z navbatida, mahsulotning tannarxiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bu kabi o`zga xosliklarni, albatta, chuqur o`rganish va doimo hisobga olgan holda ishlab chiqarishni tashkil etish qishloq xo`jaligining samarali ishlashini ta`minlaydi. Shubhasiz, fan, texnika taraqqiyoti o`sgan borgan sari qishloq xo`jaligining bu xususiyatlari ta`siri nisbatan kamayib boradi, lekin butunlay yo`q bo`lib ketmaydi. Download 187.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling