Mavzu: O’zbekistonda astronomiya fani rivojlanishi reja: Astronomiya xaqida tushuncha Astronomiya fanining rivojlanish


Astronomiya rivojining qisqacha tarixi


Download 97.02 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi97.02 Kb.
#1412068
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekistonda Astronomiya fani rivojlanishi

Astronomiya rivojining qisqacha tarixi.
Astronomiya ham boshqa barcha fanlar singari jamiyatning amaliy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan.
Astronomiyaning kurtaklari Bobil, Misr, Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlarda bundan bir necha ming yil avval mavjud bo‘lgan. Qadimgi YUnon astronomlari kuzatishlar bilan bir qatorda, kuzatilgan astronomik hodisalarning kelib chiqish sabablarini tushuntirishga ham harakat qilganlar. Xususan, Pifagor Erning sharsimon shaklda ekanligini aytib o‘tgan.
Aristotel esa “Olamni markazida harakatsiz Er joylashgan”, degan geotsentrik sistemaga asos solgan. Aleksandriyalik Eratosfen miloddan avvalgi uchinchi asrda birinchilardan bo‘lib, Er meridiani yoyini va keyinchalik shu asosda planetamizning radiusini o‘lchadi. Mashhur grek olimi va faylasufi Gipparx yuzlab yulduzlarning koordinatalarini o‘zida aks ettirgan birinchi yulduzlar jadvalini tuzdi. Eramizning ikkinchi asrida, mashhur yunon astronomi Klavdiy Ptolemey “Megale sintaksis” nomli asarida yunon astronomiyasi yutuqlarini umumlashtirib planetalarning ko‘rinma- sirtmoqsimon harakatlarini tushuntira oladigan va asosida Aristotel va Gipparxlarning geotsentrik nazariyasi yotgan, olam tuzilishi haqidagi yangi ta’limotini yaratdi.
Bu ta’limotga ko‘ra, o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan beshta sayyora epetsikl deyiluvchi aylanalar bo‘ylab, mazkur epetsikllarning markazi esa, er atrofida deferent deyiluvchi katta aylana bo‘ylab aylanadi. Garchi geotsentrik bu nazariya olam tuzilishining haqiqiy manzarasini aks ettirmagan bo‘lsada, biroq bu salkam o‘n besh asr davomida tan olinib kelindi.
IX-XV asrlarda, YAqin va O‘rta SHarq hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yirik astronomik rasadxonalar qurib ishga tushirildi. Ularda Al-Battoniy, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Abdurahmon as-Sufiy va Ibn YUnus kabi mashhur ajdod olimlarimiz ijod qildilar.
Xususan, Al-Battoniy yunon astronomiyasi erishgan yutuqlarni umumlashtirib, oy harakatiga doir ba’zi ma’lumotlarni aniqladi. Al-Farg‘oniy yozgan “Astronomiya asoslari” nomli asari o‘sha davr uchun astronomiyadan o‘ziga xos ensiklopediya xizmatini o‘tadi. Oy va uning harakatlari to‘g‘risidagi kashfiyotlari, Er meridiani uzunligini o‘lchash bo‘yicha ishlari bilan Abu al-Vofa dunyoga tanildi. X-XI asrda yashab ijod etgan mashhur o‘zbek allomasi Abu Rayhon Beruniyning astronomiyaga oid 40 dan ortiq asari bizgacha etib kelgan. Olimning “Xronologiya” asarida Evropa va Osiyodagi deyarli barcha xalqlarning turli davrlardagi taqvim (kalendar) tizimlari batafsil bayon qilingan bo‘lib, ularda bu taqvimlarning asoslari va biridan ikkinchisiga o‘tish usullari bayon qilingan.
Beruniyning “Geodeziya”, “Qonuni mas’udiy” va “YUlduzlar ilmi” asari to‘laligicha astronomiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda quyosh, oy va sayyoralarning harakatlariga oid ko‘plab ma’lumotlar, er doirasini o‘lchashning o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan bir necha usullari keltirilgan. Beruniyning izdoshi Umar Hayyom ham koinot haqida bir qator falsafiy fikrlar bildirib, nihoyatda katta aniqlikka ega bo‘lgan quyosh kalendarini ishlab chiqqan. XV asrda sharq astronomiyasining yana bir buyuk namoyondasi Mirzo Ulug‘bek Samarqandda dunyoda eng yirik astronomik rasadxonasini ishga tushirdi. Rasadxonaning bir necha o‘n yillik faoliyati davomida Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Qoshiy va Ali Qushchi kabi taniqli olimlardan iborat astronomiya maktabi shakllandi. Astronomiyaning keyingi ravnaqi Evropada bir qator olimlarning astronomiya sohasidagi fundamental kashfiyotlari bilan bog‘liq.
Bu borada Polshalik astronom N. Kopernik (1474-1543) italiyalik J. Bruno (1548-1600) va G.Galiley (1563-1642), nemis Iogann Kepler (1572-1630) hamda ingliz olimi I. Nyuton (1643-1727) larning ijodiy faoliyatlari ayniqsa barakali bo‘ldi. XVI asrdan XX asrning boshlarigacha tabiatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha qilingan asosiy kashfiyotlar va qonuniyatlarning aksariyati yuqoridagi olimlarning nomlari bilan bog‘liq. SHuningdek, bu davrda taniqli olimlardan O.K. Ryomer, E.Gollen, V.U.Struve, F.B.Bessel va boshqalarning astronomiya fanining rivojlantirishdagi xizmatlari yuksak baholanadi. XX asrning o‘rtalarida spektral analizning kashf etilishi va astronomiyada fotografiyaning qo‘llanilishi natijasida astronomiyaning yangi ufqlari ochildi. Bu osmon jismlarining fizik tabiatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan yangi fan astrofizikaga asos soldi.

Download 97.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling