Yo’l quyidagi ish turlaridan iborat: - Yo’l quyidagi ish turlaridan iborat:
- hovuzli yuza qurish; poyandozli qatlam qurish;
- chaqilgan toshni ish joyiga tashib kelish va uni joylashtirish;
- chaqilgan toshni bir me’yorli qalinlikda tarqatish;
- suv sepib katok yordamida shibbalash;
- maydaroq zarrali chaqilgan toshni tashib kelish;
- tarqatgich yordamida tarqatib misvok bilan supurib yoyish;
- suv sepib katok bilan zichlash;
- chaqilgan toshning maydasini tashib kelish; uni tarqatgich bilan yoyish;
- so’ng misvokda supurib yoyish va yuzani katok bilan zichlash.
Ikki qatlamli asos qurishda yana uch jarayon qo’shiladi: chaqilgan toshni ostki qatlamga tashib kelish, uni tarqatish va zichlashlar. Ostki qatlamdagi chaqilgan tosh oralig’i mayda zarralari bilan to’ldirib borilmaydi. Chaqilgan toshli qatlamlar ifloslanish va ortiqcha sarflashdan saqlanish uchun hovuzli yuzada quriladi. - Ikki qatlamli asos qurishda yana uch jarayon qo’shiladi: chaqilgan toshni ostki qatlamga tashib kelish, uni tarqatish va zichlashlar. Ostki qatlamdagi chaqilgan tosh oralig’i mayda zarralari bilan to’ldirib borilmaydi. Chaqilgan toshli qatlamlar ifloslanish va ortiqcha sarflashdan saqlanish uchun hovuzli yuzada quriladi.
- Hovuzli yuzani qurib, poyandoz qatlam tayyorlangach, transport yordamida chaqilgan tosh tashib keltiriladi. So’ng, tarqatgich mashinasi yordamida tarqatiladi. Bunday mashina yo’q joylarda ashyo avtogreyder yoki buldozer yordamida tarqatiladi.
- Avtogreyder bilan tarqatishda chaqilgan tosh yo’l o’qi bo’ylab to’kib chiqiladi. Agar yo’l chetiga to’kilsa, so’ng yo’l o’qiga surib boriladi. To’kilgan ashyolar oralig’i chaqilgan toshli qatlam qalinligi, zichlanishlik
koeffitsienti (1,25-1,30) va to’kilgan gumbaz hajmiga qarab aniqlanadi.Qumli poyandoz asosda chaqilgan toshni tarqatish ancha mushkul hisoblanadi . Chunki, greyder bilan chaqilgan toshni tekislab yoyish vaqtida qum bilan aralashib, uni zichlash qiyinlashadi va qatlamlar tekisligi buziladi. Ayrim hollarda bunday qatlamlarni qaytadan qurishga to’g’ri keladi.Bunday buzilishga chek qo’yish uchun chaqilgan toshli chelni yoyishdan avval qumli asos yuzasini suv sepuvchi mashina bilan me’yor holda namlanadi va bu yuzaga mayda (3—5 mm. li) chaqilgan tosh chiqindisi, chig’anoq kabilardan 1—2 sm qalinlikda qatlam hosil qilish lozim. Qulay uslub tarqatgich yordamida bajarilib, birdaniga asos eni bo’yicha bir tekis yoyishga imkon yaratiladi. - koeffitsienti (1,25-1,30) va to’kilgan gumbaz hajmiga qarab aniqlanadi.Qumli poyandoz asosda chaqilgan toshni tarqatish ancha mushkul hisoblanadi . Chunki, greyder bilan chaqilgan toshni tekislab yoyish vaqtida qum bilan aralashib, uni zichlash qiyinlashadi va qatlamlar tekisligi buziladi. Ayrim hollarda bunday qatlamlarni qaytadan qurishga to’g’ri keladi.Bunday buzilishga chek qo’yish uchun chaqilgan toshli chelni yoyishdan avval qumli asos yuzasini suv sepuvchi mashina bilan me’yor holda namlanadi va bu yuzaga mayda (3—5 mm. li) chaqilgan tosh chiqindisi, chig’anoq kabilardan 1—2 sm qalinlikda qatlam hosil qilish lozim. Qulay uslub tarqatgich yordamida bajarilib, birdaniga asos eni bo’yicha bir tekis yoyishga imkon yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |