Ikkinchidan, bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish bilan bogʻliq islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari va vazifalarini qayta koʻrib chiqish, hududlarni boshqarishni samarali tashkil etish zaruratini yuzaga keltiradi. Boshqacha aytganda, mahalliy boshqaruv tizimida shaklan va mazmunan mutlaqo yangi oʻzgarishlarni amalga oshirish zarur. Shuning uchun ham davlat boshqaruvi tizimining ajralmas qismi sifatida mahalliy boshqaruvning nazariy-metodologik va ilmiy-amaliy jihatlarini tadqiq etishga yoʻnaltirilgan alohida tizimni joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. - Ikkinchidan, bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish bilan bogʻliq islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari va vazifalarini qayta koʻrib chiqish, hududlarni boshqarishni samarali tashkil etish zaruratini yuzaga keltiradi. Boshqacha aytganda, mahalliy boshqaruv tizimida shaklan va mazmunan mutlaqo yangi oʻzgarishlarni amalga oshirish zarur. Shuning uchun ham davlat boshqaruvi tizimining ajralmas qismi sifatida mahalliy boshqaruvning nazariy-metodologik va ilmiy-amaliy jihatlarini tadqiq etishga yoʻnaltirilgan alohida tizimni joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
- Uchinchidan, hozir Davlat boshqaruvi akademiyasiga davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan boʻlib, ushbu muassasada davlat boshqaruvining siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va sotsiologik jihatlariga doir ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Yettita ixtisoslik boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti mavjud. Biroq ushbu tajriba davlat boshqaruvining dolzarb muammolariga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni kompleks hamda tizimli amalga oshirish imkonini bermaydi. - Yettita ixtisoslik boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti mavjud. Biroq ushbu tajriba davlat boshqaruvining dolzarb muammolariga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni kompleks hamda tizimli amalga oshirish imkonini bermaydi.
- Mamlakatimizda davlat boshqaruvini zamon talablari asosida bosqichma-bosqich yangilash jarayoni kechmoqda. Davlat boshqaruvini takomillashtirish vazifasi esa qator muammolarning hal qilinishini talab etadi. Jumladan, davlat va jamiyatda yuz berayotgan oʻzgarishlar boshqaruv kadrlari tayyorlash jarayonida sifat oʻzgarishlari yasashni, aniqrogʻi, taʼlim bosqichlaridagi mavjud uzilishni bartaraf etishni taqozo etadi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi yoʻnalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni tizimga solish mazkur yoʻnalishda ilmiy maktablar yaratilishiga, soha ekspertlari, olim va tadqiqotchilarining koʻpayishiga turtki boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, davlat boshqaruvi sohasida yuzaga kelayotgan muammolarning ilmiy yechimlarini topishga xizmat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |