Mavzu: O’zbekistonda davlat boshqaruvi sohasidagi dastlabki isloxotlar Davlat hokimyati tuzulmalarining shakllantirilishi ularning demokratik mazmuni
Download 1.06 Mb.
|
O’zbekistonda davlat boshqaruvi sohasidagi dastlabki isloxotlar Davlat hokimyati tuzulmalarining shakllantirilishi ularning demokratik
Hozirgi kunda davlat xizmati tizimini takomillashtirish ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi akademik hamjamiyati bu borada davlatga faol ko‘maklashadi. Ushbu o‘zaro hamkorlikning salmoqli natijalaridan biri "Taraqqiyat"istiqbolli rahbar kadrlarni tanlash bo‘yicha respublika tanlovini o‘tkazish bo‘ldi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va "Buyuk Kelajak" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etildi. Tanlov har 3 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shartlarga ko‘ra, tanlovda 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, oliy ma’lumotli va tegishli sohada boshqaruv lavozimlarida kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida yuqori lavozimlarga tayinlanadi, tanlov finalchilari esa rahbar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish borasida qator islohotlar amalga oshirildi. Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi ijrosi doirasida 12 ta yangi davlat organlari tashkil etildi, 20 ta vazirlik va idoralarning faoliyati tubdan o‘zgartirildi. Keyingi uch yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohaning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq konsepsiya va strategiyalar qabul qilindi. Kelgusi besh yilga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, sanoat tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi, yalpi ichki mahsulotni qariyb ikki barobarga oshirish – 58 milliard dollardan 100 milliard dollargacha va aholining hayot darajasini oshirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali davlat boshqaruvisiz amalga oshirish mumkin emas.
Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling