MAVZU: O‘ZBEKISTONDA DAVLAT TOMONIDAN IQDISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING BEVOSITA USULLARI VA UNING MAKROIQTISODIY TAHLILI
MUNDARIJA
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1. Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli
2 Iqtisodiyotni boshqarish organlari
3. Bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish zarurati
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
KURS ISHINING DOLZARBLIGI: Bugungi kunda mamlakatimizdagi islohotlar, eng avvalo, dunyoda, shu jumladan, jahon iqtisodiyoti kon’yunkturasida yuz berayotgan turli o‘zgarishlarga mos holda amalga oshirilmoqda. Tanlab olgan yo‘limiz global inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlanish sur’atlari pasaygan bir sharoitda o‘zining barqarorligi va hayotiyligini ko‘rsatayotir.
Ekspertlarning tasdiqlashicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik tashqi salbiy ta’sirlarga samarali qarshi turish imkonini berayapti.
Ayni vaqtda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar izchil ro‘yobga chiqarilmoqda. Ushbu dasturiy hujjat mamlakatimizning mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga o‘tishi uchun yo‘l ochib berdi. Ekspertlar fikricha, Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi O‘zbekiston uchun katta qadam bo‘lib, mamlakat bu borada izchil va ishonchli harakat qilib, zarur mustahkam asosni yaratgan edi.
Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini ko‘rib chiqish zarur.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot mutlaq hajmining va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdorining o‘sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sishni YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi aholi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Bu borada islohotlar samaradorligini oshirish, tizimli chora tadbirlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagicha to‘xtalib o‘tgan edi: “...tashqi bozordagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish lozim.Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobida shunday deyiladi: «Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’navyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir», 1
Do'stlaringiz bilan baham: |