Mavzu: O'zbekistonda diniy bag'rikenglik
Download 18.58 Kb.
|
O\'zbekistonda diny bag\'rikenglik
Mavzu: O'zbekistonda diniy bag'rikenglik. Reja : Kirirsh : Dinga ehtirom. Yurtimiz hududida qadim davrlardan etnik va diniy xilma-xillikka hurmat bilan qarab kelingan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar faoliyat ko'rsatib, turli millat va dinga mansub qavmlar o'z diniy amallarini emin-erkin ado etib kelganlar. Tariximizning eng murakkab, og'ir davrlarida ham ular o'rtasida diniy asosda mojarolar bo'lmagani, xalqimizning diniy bag'rikenglik borasida katta tajriba to'plaganidan dalolat beradi. O'zga xalqlar tili, urf-odatlari va an'analariga chuqur hurmat, ularning o'zligini saqlab qolish, madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini ro'yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va har tomonlama yordam ko'rsatish bag'rikenglikning yorqin xususiyatlaridandir. Aynan mana shunday bag'rikenglik, sabr-bardoshlilik madaniyatimizning benazir namunalarini saqlab qolish, asrlar sinovidan olib o'tish, kamol toptirish hamda o'zga madaniyatlarning ahamiyatli natijalari bilan boyitishga sharoit yaratdi. Asosiy qism.
O'zbekistonda diny bag'rikenglikni rivojlanishi. 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so'ngi 3 yil davomida diniy bag'rikenglikni ta'minlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: BMT Bosh Assambleyasi 2018 yilning 12 dekabr oyida o'tkazilgan yalpi majlisda «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. O'zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha a'zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi. Mazkur rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yil sentyabr` oyida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surildi. 2018 yilning 16 aprelida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
2019 yil 4 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha Qo'mitaning Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston yoshlar Ittifoqi, O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi bilan jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-ma'rifiy muhit barqarorligi kafolatlarini ta'minlash maqsadida mustahkam va doimiy hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi. Bundan tashqari, Din ishlari bo'yicha qo'mita tarkibida ayollar bilan ishlash bo'limi tashkil etildi, shuningdek, ushbu yo'nalishdagi ishlarni nazorat qiluvchi rais o'rinbosari lavozimi ham joriy etildi. Xotin-qizlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika targ'ibot guruhi tashkil etildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi huzurida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu kabi boshqa ob'ektlarning rekonstruktsiyasini moliyalashtirish, ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda ushbu soha xodimlarini moddiy qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. 2018 yilning yanvar`-aprel` oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qur'oni karim tilovati bo'yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi. O'zbekistonda Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o'rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi. Islom tsivilizatsiyasi markazi tomonidan O'zbekistonda Markaziy Osiyo musulmon mutafakkirlarining jahon tsivilizatsiyasi rivojidagi roliga bag'ishlangan 10 dan ortiq kitob va risolalar tayyorlandi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-siyosiy markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o'zbek tiliga tarjima qilindi. 3.Torelantlik.Tolerantlik (lot. Tolerantia — sabr-toqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda tolerantlik oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. Tolerantlikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. Tolerantlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida YUNESKO «Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»ni qabul qilgan (1995-yil 16 noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan tolerantlik munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Xulosa :Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi- xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin va bir vatanda oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat yashashini anglaydi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi.odamlarni halollik va poklik, mehr-shavfqat va bag’rikenglikka da’vat etadi.
Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar o’rtasidagi hamkorlik, millatlar aro totuvlik, dinlararo bag’rikenglik tamoili ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi.ular o’rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo’lmagan va bu xalqimizning azaliy bag’rikengligini ko’rsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo tolerantlikning yaqqol namunasidir. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar o’rtasidagi hamkorlik, millatlar aro totuvlik, dinlararo bag’rikenglik tamoili ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi.ular o’rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo’lmagan va bu xalqimizning azaliy bag’rikengligini ko’rsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo tolerantlikning yaqqol namunasidir. Download 18.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling