Mavzu: O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi Savollarga javoblar: O’zbekistonda ko’p partiyaviylikning rivojlanishi


Download 19.9 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi19.9 Kb.
#99880
Bog'liq
11mavzu


Mavzu:O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi

Savollarga javoblar:



1.O’zbekistonda ko’p partiyaviylikning rivojlanishi

O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining qaror topishida 1996 –yil 25- dekabrda Oliy Majlis qbul qilgan “Siyosiy partiyalar to’g’risida” gi qonunning ahamiyati muhim bo’ladi. Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun yetakchi va ilg’or mamlakatlar mezonlari talablaridagi huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5- moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o’z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”. shuningdek, Qonunning 12-moddasida siyosiy hayotda birinchi marta siyosiy partiyalarning huquqlarini aniq va ravshan ko’rsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: - o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish; 22 - saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; - qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimyati organlari saylovlarida ishtirok etish; - partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar konfrensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa OAV dan foydalanish; - O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish. Siyosiy partiyalar ushbu qonunda hamda O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida nazarda tutilgan o’zga huquqlarga ham ega bo’lishlari ham mumkin1 ”. Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu – davlatning siyosiy institutlarida turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek huquqiy davlat fuqarolari – plyuralistik siyosiy madaniyatga ega bo’lgan shaxslarni shakllantirishdir. Shu maqsadlarda qonunning 13- moddasida Oliy Majlisdagi partiyaviy fraksiyalarning erkin faoliyat yuritishlari, ularning hozirgi davr ilg’or mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq jamiyatning siyosiy rivojlanishiga hissa qo’sha olish darajasiga ko’tarilishlarini huquqiy jihatlardan ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatilgan deputatlarning ta’sis yig’ilishlarida o’z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan o’tkazish uchun tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro’yxatga olinadi.



2.Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari

1996 yil 26 dekabrda Oliy Majlis tomonidan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat ko‘rsatish



prinsiplari, ular faoliyatining qafolatlari, siyosiy partiyalar ustavi va dasturi, siyosiy partiyalarga a’zolik, siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish, siyosiy partiyalarning huquqlari, siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlarigi partiyalar guruxlari, siyosiy partiyalar mulki, siyosiy partiyalarni mablag‘ bilan ta’minlashga oid qoidalar belgilangan. Qonunning 1-moddasida siyosiy partiyaga ta’rif berilib, uni quyudagicha izohlanadi: “Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qarashlar manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda jamiyatning muayyan qismining irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”1 O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonuni ayrim yo‘nalishdagi siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi. Ular quyudagilar: Birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi, Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi suveriniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, Uchinchidan, urishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, To‘rtinchidan, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatigi tajovuz qiluvchi, Beshinchidan, milliy va diniy ruxdagi partiyalar.

3.Demokratik institutlar tasnifi

Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin . Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o‘rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi. Bugungi kunda,O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy xujjatlar sifatida, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996 y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003 y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004 y.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991 y), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007 y), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997 y), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014 y) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.

4.NNTlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari milliy qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini amalga oshirish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mustahkam huquqiy asos va noyob mexanizm bunda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatining mustahkam huquqiy asoslari yaratilgani viloyatda sohani izchil rivojlantirish, NNTlar sonining ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda. 2012-yili viloyatda 286 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni 552 taga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi e’lon qilayotgan grant tanlovlari viloyatdagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2011-yil viloyatdagi beshta NNT mazkur tanlovlarda qatnashib, fondning 6 million 800 ming so‘m grant mablag‘ini olgan bo‘lsa, o‘tgan yili yigirmadan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti qariyb 267 million so‘m grant mablag‘ini qo‘lga kiritdi. Bu mablag‘lar, asosan qishloq yoshlarining ekologik bilimi, tibbiy, huquqiy madaniyati, kasb mahoratini yuksaltirishga, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrashga yo‘naltirilmoqda.

5.O’zbekistonda NNTning huquqiy asoslarini demokratiyalash jarayoni  

Demokratik jamiyat qurishga doir islohotlar siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini oshirishga yo’naltirilgan. 2004 yil dekabrda bo’ladigan saylovlarda siyosiy partiyalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatishning to’la huquqlari berilishi, xalq deputatlari kengashlari - vakillik organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada yuksak ko’tarishga qaratilgandir.


Fuqarolik jamiyatini shakllantirish omillaridan biri siyosiy maydonda demokratik mamlakatlarga xos bo’lgan partiyaviylik tizimini qaror toptirishdir. Faqat ko’p partiyaviylikka asoslangan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar majmuasigina fuqarolik jamiyatini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Har bir mamlakatdagi davlat, hukumat va parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalarning qanday mavqega egaligi, bu jarayonlardagi ishtirokining qanday kechishi, xalqning partiyaviylik tizimi asosida kechgan saylovlardagi faollik darajasi hozirgi davrga kelib demokratiya me'yorlarini belgilab bormoqda.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo’lgan siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha huquqiy asoslar Konstitutsiya va qonunlarda o’z ifodasini topdi. Jumladan, «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko’rsatish printsiplari, partiyaga a'zolik, siyosiy partiya faoliyatining kafolatlari, ustavi, ro’yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlarning mujassamlashgani O’zbekistonda ko’p partiyaviylik tizimini qaror toptirishning kafolatlaridan biriga aylandi. Mazkur qonunlarga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy irodalari shaklanishini ta'minlash uchun erkinlik huquqiga ega bo’ldilar, partiyalarning o’zaro huquqiy tengligi, shuningdek, ularning jamiyat oldidagi mas'uliyati qonunlashtirildi.

Shuningdek, respublikada ko’p partiyaviylik tizimi qaror topib, saylovlarni ko’p partiyaviylik asosida o’tkazish oddiy bir demokratik qadriyatga aylandi. Davlat hokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining taklif va istaklarini inobatga olish ham siyosiy hayot tarziga aylanib bormoqda. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroklarini ta'minlash va avj oldirish uchun ham barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilmoqda.



6.O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi

Hozirgi davrga kelib, O’zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to’g’risida»gi Qonuni (1991yil fevralda qabul qilingan, 1997 y. aprelda esa qo’shimcha va o’zgarishlar kiritilgan), O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni (1992 y.,iyul), O’zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi Qonuni (1996 y., dekabr), O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y., may) kabilar bilan muvofiqlashadi.


Oliy Majlis tomonidan 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi qonunga binoan «Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a'zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi» («Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga shar?lar. –T.: 2002, 14-bet.).

O’zbekistonda amaldagi qonunchilikka binoan nodavlat notijorat tashkilotlariga quyidagi huquqlar berilgan:
-o’z a'zolari va qatnashchilarining huquklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
-ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
-davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining karorlarini ishlab chiqishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
-o’z faoliyati to’g’risida axborot tarqatish;
-ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
-ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
-o’z ramziy belgilarini ta'sis etish;
-o’z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig’ilishlar, konferentsiyalar o’tkazish;
-qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.

7.O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutining shakllanishi va rivojlanishi

Konstitutsiyamizning uchinchi bo‘limidagi XIII bob “Jamoat birlashmalari” deb nomlanadi. Mazkur bobdagi moddalar fuqarolik jamiyatining an’analarini tiklash, jamoat birlashmalari maqomini huquqiy tarzda rasmiylashtirish, ularning real va barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy qoidalardan tashkil topgan. Eng muhimi, Konstitutsiyamizda fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari e’tirof etilgan, ularning davlat bilan o‘zaro hamkorligi tamoyillari belgilangan.

Ana shu konstitutsiyaviy normalarni amalda qo‘llash maqsadida “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”, yangi tahrirda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”, shuningdek, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

8.Demokratik institutlarning shakllanishi

Demokratik institutlar faoliyat ko‘rsatayotgan hozirgi sharoitda fuqarolarning jamiyatni boshqarishda ishtirok etishi turli yo‘nalishlarda kengayib bormoqda. Bular, a) mehnat jamoalarida (mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar); b) noishlab chiqarish sohalarida; v) ta’limtarbiya maskanlarida; g) mahallalarda; d) mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralariga saylanish va uning kengashlari orqali: e) turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar yoki harakatlar; yo) jamiyatda mavjud boshqa turli xil nosiyosiy institutlar orqali jamiyatni boshqarish jarayonlarida ishtirok etadi. Bular bilan fuqarolar umumdavlat, viloyat, tuman yoki qishloq darajasida jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti orqali turli insonlar, ijtimoiy-siyosiy guruhlar faoliyati bilan bog‘lanadilar. Boshqarishda u yoki bu darajada ishtirok etadilar. Bunda ular o‘z shaxsiy huquqlarini boshqa shaxslar huquq va erkinliklari bilan uyg‘un holda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, uni anglab etadilar. SHaxslar jamiyatni boshqarishda ishtirok etar ekan, o‘z huquqlarini boshqa shaxslar huquqlariga zid holda emas, aksincha konsensus holatida bo‘lish muhim ekanligini bu jamiyatni boshqarishning demokratik tamoyillar bilan mos tushushini to‘la hisobga olishga karatilgan siyosiy madaniyatga ega bo‘lib boradilar. Bu umumdemokratik rivojlanish qonunlari bilan mos tushadi. Fuqarolarning demokratik jarayonlarda ishtiroki bu qotib qolgan, o‘zgarmaydigan bir holat emas. U doimo rivojlanishga moyil va barcha fuqarolar orasida o‘zaro hamkorlik, kelishuv va o‘zaro ixtilofli holatlar sodir bo‘lganda sabr-qanoatli bo‘lib, ma’rifiylikni talab etadi. SHuning uchun ham fuqarolarning jamiyatni boshqarishdagi foaliyatlari, uning demokratik jihatlari insonning tabiati bilan, turli xil moyillik xususiyatlaridan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Jamiyatni boshqarishda fuqarolarning ishtiroki ulardan yuqori darajada fuqarolik madaniyati bo‘lishni ham taqazo etadi. Fuqarolik madaniyati qancha yuqori bo‘lsa, jamiyatda demokratik jarayonlar shuncha rivoj topib boradi. SHuning uchun huquqiy demokratik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekiston, fuqarolarning siyosiy ong va madaniyatini oshirishni ham ustuvor vazifa qilib qo‘yadi. YUksak ma’naviyatga, demokratik jamiyat qurilishining muhim omili sifatida qaraydi.Fuqarolar o‘zlarida yuksak madaniyatni shakllantirib, demokratiya ishiga katta ma’suliyat bilan yondoshib, o‘z erki va ozodliklariga yanada ma’suliyat bilan yondoshish zarurligini chuqurroq anglab etmoqdalar.



9.O’zbekistonda NNTni moliyalashtirish manbalari

Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar natijasida fuqarolarning davlat hokimiyatida ishtiroki jarayon sifatida yangicha mazmun bilan boyib bormoqda. Bu jamiyatda vujudga kelgan xilma-xil demokratik institutlar bilan bevosita bog‘liq. SHu nuqtai nazardan yondashganda, bugunga kelib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotida davlat hokimiyatidanfuqarolik institutlarining vazifalari kengayib borayotganligini kuzatamiz. Agar 1991 yilda respublikamizda 95 ta NNT qayd etilgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib ularning soni 2585 taga etdi. 2013 yilda esa 6 mingdan oshib ketdi59 . Bugungi kunda ularning soni 8250dan oshganini ko‘rsatmoqda.

NNTlar faoliyatini tartibga solish sohasidagi qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlarga ob’ektiv nazar tashlansa, mazkur ma’ruzaning xulosasi sifatida shuni qayd etish mumkinki, ularning barchasi: - birinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining muhim davlat qarorlarini qabul qilishdagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish; - ikkinchidan, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning farovonligini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishini yuksaltirish; - uchinchidan, NNTlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks choralarni amalga oshirish, NNTlar va boshqa fuqarolik institutlarini institutsional rivojlantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilganligini ta’kidlash mumkin.

10.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida siyosiy partiyalarning maqomi

O‘zbekistonda Prezident saylovlari birinchi bor (1991 yil dekabr) tashkiliy uyushqoqlik, siyosiy hamjihatlikda muqobillik asosida o‘tkazildi. Bu saylovlarning tarixiy va siyosiy ahamiyati shundan iboratki, u milliy zaminimizda ilk bor demokratiyaning asosiy talablaridan biri siyosiy hokimiyat ligitimligini ta’minladi. 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi biz tanlagan demokratik yo‘lning huquqiy asoslarini yaratib berdi. Konstitutsiyaning XIII bobida respublikada huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish va bunda ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirishning huquqiy asoslari o‘z ifodasini topdi. Jumladan, Konstitutsiyaning 60-moddasida "siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar" deb siyosiy partiyalarning vakolatlari belgilab berildi. Ayni paytda, 57-moddada "Konstitutsiyaviy tizimni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy 66 adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi" deb ularning mas’uliyati hamda javobgarligi ko‘rsatildi. Dastlabki islohotlar rivoji va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi bilan1991 yil 1 noyabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga asos soladi. O‘zbekistonda ayrim mamlakatlardagi "demokratiya"dan farqli o‘laroq, o‘z fuqarolarini yangi demokratik jamiyat qurish yo‘liga safarbar qilishi mumkin bo‘lgan siyosiy tashkilot mohiyatan butunlay boshqa tuzilmaga aylandi.



Bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurish borasidagi islohotlar, mulkchilik munosabatlarining chuqurlashuvi jamiyatda bu jarayonlar ifodachisi va bunday manfaatlarni uyg‘unlashtiruvchi harakatga bo‘lgan ehtiyojni taqozo eta boshladi. SHu tariqa, 1994 yil 24 mayda "Vatan taraqqiyoti" partiyasi vujudga kelib, u o‘z dasturida asosan ishbilarmon, tadbirkorlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirib, mamlakatimiz imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarish va shu yo‘l bilan O‘zbekiston xalqining farovon turmushga erishmog‘ini ta’minlash, erkin bozor munosabatlari asosida mamlakatni jahonning rivojlangan davlatlaridan biriga aylantirish kabi g‘oyalarni ilgari surdi. "Vatan taraqqiyoti" partiyasi 2000 yilga kelib o‘z maqsadi va vazifalari bilan yaqin bo‘lgan, 1998 yil 28 dekabrda tashkil topgan O‘zbekiston Fidokorlar Milliy Demokratik partiyasi bilan birlashdi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining rivojlanishida o‘ziga xos voqea bo‘ldi. Fidokorlar partiyasining vujudga kelishi jamiyatdagi siyosiy taraqqiyot natijasi bo‘lib, islohotchilik g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda jamiyatning shijoatkor, tadbirkor va yosh qatlam kuchlarini ifodalashga bo‘lgan intilish sifatida namoyon bo‘ldi.
Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling