Mavzu: O’zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning ahamiyati kirish


O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi


Download 91.5 Kb.
bet3/6
Sana24.04.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1393783
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning ahamiyati

2. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasi
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilish, jahon hamjamiyatida o'z o'rnini topishiga qaratilgan tashqi siyosat olib bormoqda. Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati jahon xo’jaligining faoliyat ko’rsatishi bilan bog’langan va muqarrar ravishda nafaqat milliy huquqiy me'yorlar, balki xalqaro huquq standartlari bilan ham tartibga solinadi. Tabiiyki, milliy huquq reglamentasiyalari bilan xalqaro iqtisodiy huquq o'rtasida muayyan ziddiyatlar mavjud. Bir tomondan, davlatlarning huquq sohasidagi suverenitetini e'tirof etmaslik mumkin emas, boshqa tomondan esa – xalqaro qoidalar ustuvorligini tan olish zarurati u yoki bu mamlakatlar suvereniteti sohasiga kattagina cheklovchi ta'sir ko’rsatadi. Milliy huquqiy xujjatlarni davlatlararo shartnomalarga muvofiq, tarzda muayyan darajada birxillashtirish hozirgi bosqichda ushbu muammoning eng maqbul yechimi hisoblanadi. Ya'ni xalqaro huquqning qoida va me'yorlari amaliyotda milliy qonun hujjatlari orqali ro’yobga chiqariladi. Mamlakagimizda iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy boshqarish strategiyasining o’ziga xosliklarini hamda ham mintaqaviy miqyosda, ham alohida mamlakatlar darajasida savdo-iqtisodiy hamkorligining tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat ob’ektlari. Oldi-sotdi yoki ayirboshlash ob’ekti bo‘lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari mazkur qonunda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy tamoyillari keltirib o’tilgan va ular quyidagilardan iborat:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining tengligi;

  • savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.

O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

  • O‘zbekiston Respeblikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentabrdagi “O‘zbekiston Respeblikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3303-sonli qarori;

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi "Investisiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5643-sonli farmoni;


Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling