Mavzu: O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy asoslarning yaratilishi va takomillashtirilishi Reja: 1


Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar va O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy asoslarning yaratilishi


Download 40.3 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi40.3 Kb.
#1004229
1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy asoslarning yaratilishi va takomillashtirilishi

Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar va O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy asoslarning yaratilishi

Yuridik atamalar qomusiy lug‘ati‖da korrupsiya tushunchasiga ―davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi‖, deb ta’rif berilgan.

BMTning xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumotida shunday deyilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy maqsadlarda naf ko‘rish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”.


Korrupsiya tushunchasiga berilgan shunga o‘xshash ta’rifga Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham duch kelish mumkin: korrupsiya – bu ―shaxsiy naf ko‘rish yo‘lida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish‖.

BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari :


  1. “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksi” (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan);

  2. Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar (BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi rezolyusiyasi bilan 1989 yil 24 mayda qabul qilingan);

  3. Davlat mansabdor shaxslarining Xalqaro xulq-atvor kodeksi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1996 yil 12 dekabrda qabul qilingan);

  4. BMTning Xalqaro tijorat operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1996 yil 16 dekabrda tasdiqlangan);

  5. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1999 yil 9 dekabrda qabul qilingan);

  6. BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan);

  7. BMT Forumining ofshorlar bo‘yicha Kommyunikesi (Kayman orollari, 2000 yil 30-31 mart);

  8. BMT Bosh kotibining korrupsiyaga oid ma’ruzasi (Vena, 2001 yil 8-17 may);

  9. Korrupsiyaga qarshi kurash choralari. Pulni tozalashga qarshi kurash choralari. Jinoyatchilik va odil sudlov: XXI asr chorloviga javoblar to‘g‘risidagi Vena deklaratsiyasini amalga oshirish harakat Rejasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2002 yil 15 aprelda qabul qilingan)

  10. BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan).


Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling