Mavzu: O'zbekistonda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmlari Reja: Kirish


Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o'zaro bog'liqlikdagi faoliyati


Download 52.06 Kb.
bet3/9
Sana22.04.2023
Hajmi52.06 Kb.
#1382113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu Eldor

1.2. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o'zaro bog'liqlikdagi faoliyati
Jahon amaliyotida moliya bozorlarining mavjud regulyativ modellarini infratuzilmaviy (funktsional va tuzilmaviy tarkiblari) mezonlariga (kriteriylariga) asosan quyidagicha ajratish mumkin.
Moliya bozori infratuzilmasini faqat davlat organlari tomonidan tartiblashtirish modeli. Unga asosan moliya bozorining har bir segmenti (bank kapitali, pul va valyuta, sug‘urta, fond bozorlari) regulyativ infratuzilmasini mos ravishda davlat organlari muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Masalan: Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Vengriya, Venesuela, Germaniya, Gonkong, Daniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Lyuksemburg, Niderlandiya, Tayvan, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya, Shvetsiya, Shveytsariya. Misol tariqasida hozirda (1996 yildan beri) O‘zbekistonni ham keltirish mumkin, ya’ni milliy moliya bozorining bank kapitali, pul va valyuta bozorlarini Markaziy bank va Moliya vazirligi, sug‘urta bozorini O‘zdavsug‘urtanazorat, korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorini Davlat mulki Qo‘mitasi qoshidagi qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi (quyida uni qisqacha Markaz deb nomlaymiz), davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini Moliya vazirligi va Markaziy bank tartiblashtiradi. Bu institutlami har biri alohida organ sifatida barchasi milliy moliya bozorining bir butun davlat tartiblashtirish tizimini tashkil qiladi.
Moliya bozori infratuzilmasini davlat organlari, vakolatli muassasalar va o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi ( O‘O‘M) tashkilotlar tomonidan tartiblashtirish modeli. Unga asosan moliya bozori infratuzilmasi ushbu modelning tarkibiga kiruvchi organ, muassasa va tashkilotlar tomonidan uyg‘unlikda muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi. Masalan: AQSh misolida O‘O‘M tashkilotlar na faqat o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi funktsiyalarni, balki bozomi tashkillashtirish funktsiyasini ham bajaradi. Xususan, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dilerlarning Milliy assosiasiyasi O‘O‘M tashkilot sifatida tuzilgan boiib, unga birjadan tashqari bozor va uning elektron savdo tizimlari (masalan, NASDAQ) biriktirilgan. AQSh fond birjalari esa O‘O‘M tashkilotlari maqomini olganlar. Bunday model Rossiyada ham qabul qilingan (quyidagi juftliklar misolida: MMVB - NFA, RTS - NAUFOR). Yangi Zelandiya, Polsha, Koreyada faqat birgina O‘O‘M tashkiloti kiritilgan. AQSh, Kanada, Yaponiya va Norvegiyada esa O‘O‘M tashkilotlar ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘zbekistonda yangi qabul qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi» qonun (2007 yil) bilan milliy tartiblashtirish tizimiga O‘O‘M tashkilotlar ham kiritilmoqda.
Moliya bozori infratuzilmasini vakolatli kvazi-hukumat
umummilliy organ (makroregulyator) tomonidan tartiblashtirish modeli. Masalan, Buyuk Britaniyada awal «super-0‘O‘M tashkiloti» bo‘lgan bo‘lsa, hozirda Moliya vazirligiga hisobot beruvchi kvazi-hukumat organi (FSA) moliya bozori makroregulyatori funktsiyasini bajaradi. Bu mamlakatdan boshqa yana bir qator davlatlarda ham makroregulyator qabul qilingan (9.5-paragrafga qaralsin).
Jahon amaliyotida mavjud makroregulyatorlami shartli ravishda ikki katta guruhga ajratish mumkin:

  1. faqat (yoki ko‘proq) nazorat funktsiyalarini bajaruvchi makroregulyatorlar (masalan, bundaylari Yaponiyada 1998 yildan, Janubiy Koreyada 1998 yildan, Vengriyada 1996 yildan, Daniyada 1988 yildan, Norvegiyada 1986 yildan, Shvetsiyada 1991 yildan, Finlyandiyada 1991 yildan, Janubiy Afrika Respublikasida 1990 yilda tuzilgan);

  2. ham nazorat, ham me’yorlashtiruvchi (tartib-qoidalami o‘matuvchi) funkiyalami bir vaqtning o‘zida amalga oshiruvchi makroregulyatorlar (masalan, bundaylari Buyuk Britaniyada 1997 yilda, Avstraliyada 1998 yilda, Kanadada 1987 yilda, Singapurda 1998 yilda, Shveytsariyada 1997 yilda tuzilgan).

Ko‘rsatib o‘tilgan barcha mamlakatlarda bunday organ (makroregulyator) moliya bozorini o‘zaro uyg‘unlikda, bog'liqlikda va mutanosiblikda tartiblashtiradi. Bunda ushbu davlatlar makroregulyatomi o‘zlarida joriy qilish chog‘ida uning ijobiy oqibatlaridan, mavjud va zaruriy resurslarda, milliy moliya bozorining bunday makroregulyatorga tayyorliligi darajasidan kelib chiqqanlar. Olz vaqtida ba’zi davlatlar makroregulyator kontseptsiyasiga skeptik qaraganlar. Ammo, hozirga kelib makroregulyator kontseptsiyasi o'zining hayotiyligini samaraliyligi bilan isbotladi. Natijada, oxirgi yillarda dunyoning yirik davlatlaridan bo‘lmish Rossiya ham makroregulyator kontseptsiyasini o‘zlarida qo'llashni ma’qul topmoqda.
Tartiblashtirish tizimlarini yana quyidagi belgilar bilan ham tasniflash mumkin:
Pog'onalariga ko'ra tartiblashtirish global ko'p (5) pog‘onali (bir- biri bilan. bog'liq tartiblashtirishning xalqaro, milliy, regionlararo, regional va munisipal pog‘onalari) va milliy ko'p pog'onali (federal, regional, munisipal pog‘onalar) muvofiqlashtirish va nazorat qilish modeli ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Tartiblashtirish usullari bo'yicha - administrativ, indikativ (makroiqtisodiy), makroregulyatorli va gibrid (aralash) usullariga asoslangan modellar. Bu modellarda moliya bozoriga umumiqtisodiy darajadagi bilvosita (kredit-pul, byudjet-soliq, ijtimoiy, valyuta, xususiylashtirish va h.k. siyosatlar negizida) va bevosita (administrativ) ta’sir ko‘rsatishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Tartiblashtirishning milliy tizimini tashkillashtirishda qabul qilingan yondashuvlari bo'yicha - hukumat tomonidan to'g'ridan to'g'ri tartiblashtirish (masalan, Irlandiya, Niderlandiya, Portugaliya), moliya va bank tizimlarini regulyatorlari bo'lmish organlar tomonidan tartiblashtirish (masalan, Belgiya, Daniya, Yaponiya, Qozog'iston), maxsus tuzilgan vakolatli davlat tashkiloti tomonidan tartiblashtirish (masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Frantsiya, Ispaniya va h.k.), vakolatli davlat organlari va O'O'M tashkilotlari bilan birgalikda tartiblashtirish modellari.
Manfaatlami himoyalanishi bo'yicha - davlat manfaatlariga (Pokiston, Eron), yirik (strategik) investorlar manfaatiga (Germaniya, Frantsiya, Belgiya va h.k.), minoritar (mayda) investorlar manfaatlariga (anglo-sakson), aralash manfaatlarga qaratilgan tartiblashtirish modellari.
Iqtisodiy tuzum shakli bo'yicha - ochiq (barcha industrial hamda ko'pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar) va yopiq (Eron, Pokiston va shu kabi yopiq ravishda rivojlanayotgan davlatlar) iqtisodiyot modellariga asoslangan tartiblashtirish modellari.

Download 52.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling