Mavzu: O'zbekistonda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmlari Reja: Kirish
Moliya bozorining regulyativ infratuzilmasi
Download 52.06 Kb.
|
3-mavzu Eldor
Moliya bozorining regulyativ infratuzilmasi. Moliya bozorining regulyativ infratuzilmasi institutlariga quyidagi davlat organlari kiradi va ular qonunchilik bilan biriktirilgan tegishli vakolatlarga ega.
Asosiy organlarga Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish Qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi (quyida qisqacha Markaz deb yuritamiz) kiradi. Moliya bozorida antimonopol siyosatni ko'rsatib o'tilgan organlar bilan birgalikda monopoliyadan chiqari, raqobatni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash Davlat Qo‘mitasi amalga oshiradi. Moliya bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi fiskal siyosatni esa Moliya vazirligi, Davlat soliq Qo‘mitasi va Davlat bojxona Qo‘mitasi birgalikda olib boradi. Moliya bozoriga oid tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq masalalami O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi (Agentligi) iqtisodiyot vazirligi birgalikda amalga oshiradi. Milliy moliya bozorining bank kapitali, pul va valyuta bozorlarini Markaziy bank va Moliya vazirligi, sug‘urta bozorini O‘zdavsug‘urtanazorat, korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorini Markaz, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini Moliya vazirligi va Markaziy bank tartiblashtiradi. Bu institutlami har biri alohida davlat organi sifatida barchasi milliy bozorining bir butun davlat tartiblashtirish tizimini tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, moliya bozori hozirda (toki tegishli O‘O‘M tashkilotlar ochilmagunicha) bir vaqtning o‘zida bir nechta davlat organlari tomonidan tartiblashtiriladi. Aytish joizki, O‘zbekistonda fond bozorini tartiblashtirish tizimiga o‘zini o‘zi muvofiqlashtirish ( O‘O‘M) tashkilotlar ham kiritilgan. Bu bilan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartiblashtirish modeli uzoq kelajakda anglo-sakson va yaqin muddatda Rossiya modellariga yaqinlashadi. Yuqorida sanab o'tilgan davlat institutlari moliya bozorining umumiy regulyativ infratuzilmasini tashkil etib, ulaming har biri o‘ziga xos regulyativ funktsiyalami bajaradi, ya’ni ular o‘z vakolatlari vasohasi maqsad-manfaatlari doirasida moliya bozori qatnashchilari faoliyatini tartiblashtirishda bir vaqtning o‘zida ham nazorat va ham qonuniy tartib-qoidalarni o‘matuvchi davlat organlari funktsiyasini bajaradi. Bu esa ko‘pincha ular tomonidan regulyativ me’yorlar va nazoratiy harakatlarni amalga oshirilishi chog‘ida nomutanosibliklar va qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarmoqda. Boshqacha qilib aytilsa, davlat regulyativ organlarining faoliyatlari bir-birlari bilan moslashtirilmaganligi, unifikatsiyalashtirilmaganligi, uyg‘unlashtirilma- ganligi, umuman bir butun samarali regulyativ tizimga keltirilmaganligi moliya bozorini tartiblashtirish mexanizmida sezilarli bo’lmoqda. Download 52.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling