Mavzu: O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy


Download 1.1 Mb.
Sana22.01.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1109954
Bog'liq
Nodavlat notijorat tashkilotlar


Mavzu: O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy
hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik
Bajardi:Ishchanov Behruzbek
6-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqiy maqomi
Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘ladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi.
Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda dеmokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o`z salohiyatlarini ro`yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta`minlashga ko`maklashmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarini tobora rivojlantirish, ularning mustaqil ish yuritishi va chinakam mustaqilligini ta`minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyatini tashkiliy-huquqiy, moddiy-tеxnikaviy jihatdan qo`llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Nodavlat tashkilotlarning huquqlari:
-oʻz a'zolari va qatnashuvchilarining huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish.
-ijtiomiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish va takliflar kiritish.
-davlat hokimyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish.
2017- yilda faoliyat koʻrsatgan notijorat tashkilotlar soni viloyatlar kesimida.
Ijtimoiy sheriklik - davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.
Ijtimoiy sherikchilik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
- nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
-ijtimoiy sheriklik sub’yektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va
muzokaralar o'tkazish.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati:
1. I. Zokirov ,,Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik huquqi". Toshkent, ,,Adolat",2006 y.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., 2005 y.
3. I.A.Karimov. ,,Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli". T.,1992 y.
Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling