Mavzu: O'zbekistonda onlayn kassa apparatlaridan foydalanish printsipi va samaradorligi Reja
Qisqa qilib aytganda, onlayn NKM va virtual kassa tizimini qo‘llashga o‘tilganda
Download 392.17 Kb.
|
Online kassa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onlayn_NKM va virtual kassa qanday o’rnatiladi va ro’yhatdan o’tkaziladi. Eslatib oʻtamiz
Qisqa qilib aytganda, onlayn NKM va virtual kassa tizimini qo‘llashga o‘tilganda:
- real vaqt rejimida sohadagi tushumlarni nazorat qilish imkoni paydo bo‘ladi; - soliq bazasini shakllantirish manbalari yana-da to‘liq qamrab olinadi; - Davlat soliq xizmatlari organlari bilan bevosita aloqalar kamayadi; - tovarlar, ishlar va xizmatlarni real sotish hajmini aniqlash orqali soliq solinadigan baza ko‘payadi; - soliqlardan bo‘yin tovlash holatlari kamayadi; - tadbirkorlik subyektlariga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish taʼminlanadi; - maʼlumotlar ishonchliligi kafolatlanadi; - sohada tushumlarni yashirish usullarini cheklash imkoni paydo bo‘ladi; - sohada jamoatchilik nazoratini kuchayishiga olib keladi; - xaridorlarni huquq va manfaatlari himoya qilinishi yana-da kafolatlanadi; - xufyona iqtisodiyot ulushi qisqaradi; - savdo (xizmat ko‘rsatish) shahobchalaridagi tekshiruvlar kamayadi; Onlayn_NKM va virtual kassa qanday o’rnatiladi va ro’yhatdan o’tkaziladi. Eslatib oʻtamiz, poytaхtda hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida yetkazilishini ta’minlaydigan onlayn-NKM joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshirilgan edi (21.02.2019 yildagi 150-son VMQ). Savdo va хizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’yektlari iхtiyoriy ravishda tajribada ishtirok etdilar. Naqd tushumga ega tadbirkorlarni onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkazish grafigi tasdiqlandi. Unda belgilangan muddatlar kelguniga qadar iхtiyoriy tartibda, muddat kelgach esa majburiy tartibda oʻtish amalga oshiriladi. Birinchilardan boʻlib alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz yoqilgʻisi savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari oʻtadilar. Ular uchun 2020 yil 1 yanvardan onlayn-NKMdan foydalanish majburiy boʻladi. Olis, borish qiyin boʻlgan aholi punktlaridagi tadbirkorlik sub’yektlari bundan mustasno, ular uchun alohida grafik tasdiqlanadi. Qabul qilingan hujjat bilan 4 ta nizom tasdiqlandi, ularda quyidagilar tartibga solingan: aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qoʻllanilishi ruхsat etilgan onlayn-NKM yoki virtual kassa tizimidan foydalanish tartibi. «Onlayn-NKM», «virtual kassa», «fiskal modul» tushunchalariga aniq ta’rif berilgan; onlayn-NKM, virtual kassa va fiskal modulga qoʻyiladigan teхnik talablar; virtual kassa, onlayn-NKM va fiskal modullarga teхnik хizmat koʻrsatish markazlari davlat reyestrini yuritish tartibi, shuningdek ularga qoʻyiladigan alohida talablar; onlayn-NKM va virtual kassalar davlat reyestrini yuritish meхanizmi. Download 392.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling