Mavzu: O'zbekistonda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish tamoyili va samaradorligi. Reja


Download 24.04 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi24.04 Kb.
#1389856
  1   2   3
Bog'liq
IIKT2.1



Mavzu: O'zbekistonda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish tamoyili va samaradorligi.
Reja:
1. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga onlayn nazorat kassa mashinalari va virtual kassalarni joriy qilish haqida
2. Onlayn kassa apparatlaridan foydalanish samaradorligi
3. Onlayn_NKM va virtual kassa o’rnatilishi va ro’yhatdan o’tkazilishi tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi «Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5813–sonli Farmoni qabul qilindi.


Ushbu Farmon ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi №943-sonli “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.
Onlayn nazorat-kassa mashinasi – fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni fiskal maʼlumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi va qog‘ozga chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari hisoblanadi.

Virtual kassa — fiskal modulga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi va hosil qilingan fiskal hujjatlarni fiskal maʼlumotlar operatoriga real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi, cheklarni qog‘ozga chop etish yoki ularni elektron shaklda yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan dasturiy mahsulot va ularning komplekslaridir.

Fiskal modul — fiskal maʼlumotlar operator tomonidan ishlab chiqilgan, maxsus himoyalangan dasturiy taʼminotga ega bo‘lgan, o‘zi ulangan qurilmaning hisoblash quvvati va dasturiy mahsulotini ishlatmagan holda fiskal maʼlumotlarning qonun xujjatlarida belgilangan tartibda milliy standartlar asosida kriptografik himoyasini taʼminlovchi fiskal xotira vazifasini bajaruvchi ixtisoslashtirilgan fizik qurilma hisoblanadi.

Download 24.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling